"Bolton" - "Brentford" o'yini bekor qilindi, mezbon jamoa futbolchilari maydonga tushishdan bosh tortishdi
27 apr 2019 12:44
Yangiliklar


"Bolton" - "Brentford" o'yini bekor qilindi, mezbon jamoa futbolchilari maydonga tushishdan bosh tortishdi
"Bolton" hamda "Brentford" o'rtasidagi CHempionshipning 45-tur o'yini bekor qilindi.
"Bolton" futbolchilari maoshdagi qarzdorliklar yopilmaguniga qadar maydonga tushmaslikni malum qilganidan so'ng Angliya futbol ligasi o'yin boshlanishiga 16 soat qolganida bahsni bekor qildi.
O'yin taqdirini intizom qo'mitasi hal qiladi. Mezbon jamoa jazolanishi mumkin.
Oldinroq, "Bolton" Angliyaning uchinchi darajali ligasiga tushib ketgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar