Bolt jarohati bois “Manchester Yunayted” – “Barselona” uchrashuvini o'tkazib yuboradi
17 avg 2017 23:54
Yangiliklar
Bolt jarohati bois “Manchester Yunayted” – “Barselona” uchrashuvini o'tkazib yuboradi
Faoliyatini yakunlagach, o'zini futbolda sinab ko'rmoqchi ekanligini bir necha bor takidlagan yamaykalik sportchi 2 sentyabr kuni “Old Trafford”da o'tkaziladigan xayriya uchrashuvida maydonga tushishi kutilgandi.
“Afsuski jarohatim bois uch oy reabilitaciya o'tashim lozim. Odatda men sog'lig'im bilan bog'liq muammolarim haqida gapirmayman. Ammo bu safar juda ko'p kishi haqiqatan ham jarohat olganligim haqida so'rashdi. Men hech qachon o'z muxlislarimni aldamaganman va mening jahon chempionatida (engil atletika) so'nggi bor ishtirok etishni juda istagandim”, deya Boltning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Eslatib o'tamiz, Bolt 4x100 metrga estafeta yugurish bahslarida ishtiroki chog'ida jarohat olgandi. Natijada sakkiz karra olimpiya chempioni faoliyatidagi so'nggi musobaqasida yugurish chog'ida jarohat oldi va finish chizig'iga etib kela olmadi.
Fikrlar