So’nggi yangiliklar

12:47"Бавария" хавбеки Евро-2024да ўйнамаслиги мумкин  1 12:20"Тоттенхэм"нинг икки футболчиси мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  0 11:58Германия Чемпионлар Лигасида қўшимча йўлланмани қўлга киритди  4 11:35Футбол мухлислари қалайсиз энди, Парижда музқаймоқ ялайсиз энди!  8 11:15 Ашраф Ҳакими: "ПСЖ ўз имкониятларидан фойдалана олгани йўқ"  1 10:45Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   1 10:15Даврон Файзиев "Боруссия Дортмунд" - ПСЖ учрашуви ҳақида нима деди?  5 09:35Эдин Терзич: "Парижда дуранг қониқтиради, лекин биз ғалабани истаймиз"  3 09:05ПСЖнинг Дортмунддаги "қора" анъанаси давом этади   4 08:40Русланбек Жиянов: "Япония терма жамоаси билан икки йил аввал ҳам тўқнаш келганмиз"  7 08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  4 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   5 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  1 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  5 06:30 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Боруссия Д" - ПСЖ 1:0   0

Bollivudda hamma narsaning yo'lini qilish mumkin, futbolda-chi? Yangiliklar

Bollivudda hamma narsaning yo'lini qilish mumkin, futbolda-chi?

Futbolchilar tomon yo'llanayotgan izohlar terma jamoamiz omadsizligiga sabab bo'lishi mumkin.

Bir vaqtlar og'izdan tanobni qochiradigan romantik filmlar ishlashni qoyillatadigan Bollivud vatani vakillari endilikda futbollivud borasida ham raqobatga kirishishni boshlab yuborgan. Bir zamonlar yigirma nafar chamasi yigit bir davraga saf tortib, "La Ja La Ja" deb yurgan bo'lsa, bugun ular singari o'g'lonlar maydonda turnaqator bo'lib shug'ullanishni boshlab yuborishgan. Kinoda banandan pistolet o'rnidan foydalangan millat vakillari futbolda hozircha mo'jiza ko'rsata olgani yo'q.

O'zbekiston terma jamoasi uchun musobaqa omadli boshlanmadi. To'g'rirog'i, omadsizlik qita birinchiligi startidan ilgariroq yuz berdi: terma jamoa etakchisi jarohat olib, musobaqani televizor qarshisida kuzatadigan bo'ldi. Biroq bu istagan terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazgan murabbiy uchun bahona bo'lmasligi kerak. O'rtoqlik uchrashuvlari asosiy tarkib bilan bir qatorda, unga o'rinbosar tarkibni shakllantirish uchun xizmat qilishi kerak edi. Janob murabbiyimiz esa natijasi 88:0 bo'lishidan qati nazar hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan o'yinlarda ham asosan, bitta tarkib bilan harakat qildi va zaxira o'yinchilarini etarlicha sinab ko'rmadi. 1-turda esa yo'qotishlar ortidan Ali Valining, Vali Alining poziciyasida o'ynashiga to'g'ri keldi. Natijada, na ular o'z o'yinini ko'rsata oldi, na chipta sotib olgan muxlislar tablodagi tuxumsimon raqamlarning o'zgarishini ko'ra oldi. Dastlabki turdan so'ng futbolchilarimiz etarlicha tanqidlarga uchradi. Ayniqsa, Farruh Sayfiev va Jaloliddin Masharipov manzili tomon iliq bo'lmagan so'zlar yangradi. Biroq bu kabi tesha tegmagan so'zlar hozirda faqatgina zararimizga ishlashi mumkin. Maktabdagi adabiyot darsligida muguzi bor Iskandar to'g'risidagi rivoyatni eslasangiz kerak. Mamlakatda qolgan oxirgi sartarosh ichidagi dardini faqatgina quduqqa ayta olardi. Bizda esa badjahl boshliqqa aytolmagan gaplardan xalos bo'lish uchun quduq qidirib ovora bo'lish shart emas, eshitishga butun boshli terma jamoamiz muntazir. Aslida, muxlislarning fikrida jon bor, ular ham sevimli ishini bir chetga yig'ishtirib turib, rafiqasi bilan uzoq vaqt televizor pultini talashib yoki boshqa chorasini topib, muxlislik qilsa-yu, salkam ikki soat davomida kutgan natijasiga erisha olmasa! Biroq terma jamoa futbolchilari mamlakatdan uzoqda muxlislar qo'llab-quvvatloviga muhtoj hisoblanadi. Ular ham yangiliklardan xabardor bo'lish bilan bir qatorda, kommentlarni ham o'qishadi va bu ularning ruhiyatiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin. Yuqoridagi ikki futbolchi to'g'risida bejizga to'xtalmadim. Ular ham siz-u biz kabi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hisoblanadi, eng asosiysi, ular asosiy tarkib futbolchilari sanaladi. SHu bois, ular hozirgi sharoitda haqoratdan ko'ra ko'proq daldaga muhtoj. 

Masharipov hozirda jamoa sardori hisoblanadi va eng katta masuliyat aynan ushbu futbolchiga yuklatiladi. Vaziyat tashkil etishda asosiy ijrochilardan biri bo'lgan futbolchi kutilganidek o'yin namoyish eta olmagan bo'lsa-da, qiyofamizni qalampir rangiga mos ko'rinishga soladigan harakatlar amalga oshirmadi. Jumladan, o'zbekistonlik yarim himoyachilar orasida eng ko'p vaziyat yaratgan (2 ta) hamda raqibdan eng ko'p to'pni olib qo'ygan (3 ta) futbolchi bo'ldi. Qolaversa, Mashripovning jarohati hamda SHomurodov singari sherik yo'qligi ham uning o'yiniga o'z tasirini o'tkazdi.

Sayfievning o'yini chiqmagani ham etarlicha sabab topiladi. Ulardan biri Alijonov zaxiriga olinishi tufayli chap qanotga moslashgan himoyachining o'ziga noqulay bo'lgan poziciyada harakat qilishi edi. Deyarli yarim himoyachi sifatida maydonda ter to'kkan jamoadoshlari ichida eng ko'p yakkakurashlarda yutib chiqqan o'yinchi bo'ldi (8 ta). SHu jumladan, ikkinchi qavatdagi kurashlarda engib chiqish borasida ham Sayfiev eng yaxshi natijani qayd etgan (4 ta).

Albatta, bu futbolchilarning ko'rsatkichi xafa qiladigan jihatlari ham talaygina, biroq hozir buning mavridi emas, yakuniy xulosani turnirdan keyin chiqarish to'g'riroq bo'lardi.

Hindiston ko'pchilik oson raqib bo'lib ko'rinishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoaning 1-turdagi o'yiniga qarab baho berish ham to'g'ri emas. Avstraliyadek raqib kerak bo'lsa, bizni ham o'z yarim maydoniga qamal qilib qo'yishi mumkin.

Xorvatiyalik mutaxassis Igor SHtimac boshqarayotgan jamoa o'tgan yil ikki marotaba Kuvaytni "er tishlatdi" hamda Qirol kubogi doirasida Iroq bilan jangovar durang qayd etdi.

Qolaversa, yaqinda "Real Madrid" "Barselona"ni qay ahvolga solgan bo'lsa, okean qirg'og'ida joylashgan yarimorol mamlakati saralash bosqichida Gongkong, Afg'oniston va Kambodja bilan xuddi shu ishni takrorladi.

"Moviy yo'lbarslar" bilan hozirga qadar 5 marotaba to'qnash kelgan hamyurtlarimiz to'rttasida raqibning peshonasidagi ajinlari sonini ko'payishiga sababchi bo'lgan, yana bir o'yinda esa kuchlar teng kelgan.

Jamoaning barcha shunqorlari mahalliy chempionatda to'p tepadi. Bu esa ularning tezda bir-birini tushunib olishiga yordam beradi. Qolaversa, futbolga investiciyalar kiritilmoqda. Jumladan, Osiyo CHempionlar ligasida "Navbahor" bilan bir guruhda ishtirok etgan "Mumbay Siti" klubining 65% akciyasi "Manchester Siti", "Jirona" kabi etakchi klublarga egalik qiladigan City Football Group ixtiyorida jamlangan.

SHuningdek, tarkibda tajribali futbolchilar bilan bir qator ko'pgina yoshlar ham jamlangan, bu esa jismoniy tarafdan jamoaga foyda keltiradi.

Qolaversa, Hindistonni musobaqaning norasmiy ikkinchi mezboni deyish ham mumkin. Sababi, taxminan 3 million kishi istiqomat qiladigan Qatarning 750 ming aholisini hindlar tashkil etadi. Bu esa Hindiston ishtirokidagi o'yinlarda stadionning hindlar bilan to'lishi hamda ularning 12-futbolchi bo'lib berishini anglatadi. Demak, garchand Qatarda bo'lmasangiz-da, ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoani qo'llab-quvvatlashingiz muhim ahamiyatga ega.

Biroq qancha kuchli taraflarini sanamaylik, Hindiston O'zbekistondan kuchsiz raqib sanaladi, shu bois terma jamoamizdan faqat va faqat g'alaba kutiladi. Raqib jamoa yilni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazganiga qaramay, yil so'ngida "benzini o'tirib qoldi". Biz daraxtzorlardan iborat Toshkentni qanchalik sog'insak, hindistonliklar ham g'alabaga shunchalik intiq bo'lishmoqda.

Xullas, ertangi o'yin, umuman musobaqa so'ngiga qadar futbolga shinavanda ishqibozlardan tishlarini tishlariga qo'ygancha qo'llab-quvvatlashlarini iltimos qilib qolardim. G'alabani siz kabi biz ham xohlaymiz, biroq qo'limizdan kelgani shu, xolos.

Katta ehtimol, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Farruh Sayfiev kelgusi uchrashuvda maydonga tushiriladi. Farruh akaning shaxsiy xabarnomasiga tug'ilgan kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz, ehtimol, uning ertaga ikki karra kuch bilan harakat qilishiga sabab bo'ladi. Masharipov ham boshlang'ich tarkibda maydonga tushsa kerak. Ko'p narsa jamoa sardoriga ham bog'liq. SHuningdek, Fayzullaev, Sergeev, Abdixoliqov singari tinib-tinchimas o'g'lonlarimizga ham etarlicha imkoniyat taqdim etiladi degan umiddaman. SHu bois, mamlakat uchun barchamizning qo'llovimiz darkor. Sarhisobni esa musobaqadan keyin qilamiz. 

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Katanecga esa savollar talaygina, biroq hozirdan xulosa chiqarishga erta. Ehtimol, sloveniyalik mutaxassis turnir davomida tilimizni tishlashga majbur qilar. Bo'lajak uchrashuv ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Umid qilamanki, Hindiston, yana bir marta takrorlayman, Hindistonga qarshi o'yinda tarkibimizda hujumchi bor ekanligini esdan chiqarib qo'ymaydi.

Futbolchilar jurnalistlarni yoqtirmasligi mumkin, biroq muxlislarini yaxshi ko'rishadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика