So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Bolalar futboli. Qashqadaryo jamoasi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lishdi Yangiliklar

Bolalar futboli. Qashqadaryo jamoasi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lishdi

Teglar :  Qashqadaryo
Xabaringiz bor, joriy yilning 3-8 noyabr kunlari mamlakatimizning turli hududlarida 2003 yildan 2007 yilgacha tug'ilgan futbol mahorati maktablari tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Professional futbol maktablari ligasi”ning O'zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati futbol mahorati maktabining 2007 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ham Andijon shahrida o'tgan mazkur chempionatda ishtirok etdi. Qashqadaryo jamoasi ushbu o'yinlardan keyin bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat futbol mahorati maktabining alohida dastur-rejasi bo'lib, ushbu tashrif ham beshta muhim tashabbus ijrosini taminlashiga xizmat qiladi.

- Serqirra ijodkor, istedodli shoirimiz Muhammad Yusuf sherlarini o'qish, o'rganish, ijodini keng targ'ib qilish, ayniqsa, yoshlarimizning zo'r qiziqish bilan kitoblarini o'qishi ularning tafakkur olami kengayishga xizmat qiladi, - deydi Qashqadaryo viloyat futbol mahorati maktabining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'ziev.- “Besh tashabbus kelajagimiz poydevori” shiori ostida ushbu ijodiy sayohatni tashkil etdik. Ijod maktabi jamoasining munosib kutib olishi, o'quvchilarining shoir ijodidan sherlar o'qib berishi, muzeyni tomosha qilishi yosh futbolchilarimizda bir olam tasurot qoldirdi. Fursatdan foydalanib ijod maktabi jamoasiga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика