So’nggi yangiliklar

15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  0 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3

Bolalar futboli. O'FA tomonidan o'tkazilgan musobaqalar soni 555taga etdi Yangiliklar

Bolalar futboli. O'FA tomonidan o'tkazilgan musobaqalar soni 555taga etdi

Teglar :  O'FABolalar futboli
Yil boshida O'zbekiston futbol Associaciyasining birinchi Vice-Prezidenti Umid Ahmadjanov tomonidan 2018 yilda 1000ta musobaqa o'tkazilishi aytilgan edi.

2018 yilning 1 iyul sanasiga qadar qilingan hisob kitoblarga ko'ra, O'FA minglik marrasining ekvatoridan o'tdi. Yil davomida O'FA va hududiy Associaciyalar bilan hamkorlikda 550ta musobaqa o'tkazib bo'lindi. Eng quvonarlisi shundaki, musobaqalar endi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti, balki butun Respublikani o'z ichiga olgan holda chekka-chekka qishloqlarga ham kirib bordi.

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o'tkazilgan "CHarm To'p" musobaqasida 15 000 nafardan ko'p bolani qatnashgani katta natija bo'ldi. Ayni paytda, O'FA tomonidan vodiy haftaligi o'z yakuniga etdi. U erda "Al Farg'oniy", "Oltin Vodiy", "Zahiriddin Muhammad Bobur" kuboklari bo'lib o'tdi. Keyingi haftalik mezboni voha bo'lib, u erda "Amir Temur" va "Voha" Kubogi musobaqalari O'FA tomonidan yuqori saviyada tashkil etiladi.

SHuningdek, ayni paytda yozgi oromgohlarda "Yoz — o'tmoqda soz" shiori ostida barcha viloyatlarda futbol musobaqalari tashkil qilinayapti. Bu shior ostida mahallalarda ham chempionatlar tashkil qilindi. Unda jami 10 000 nafarga yaqin bolalarga O'FA tomonidan maxsus esdalik sovg'alari tuxfa qilinmoqda va qilinadi.

Quyida, O'FAning hududiy Associaciyalarining musobaqa o'tkazish bo'yicha reytingini havola qilamiz.

1. Toshkent shahar 92
2. Andijon 45
3. Qashqadaryo 44
3. Namangan 42
4. Navoiy 40
4. Toshkent viloyati 40
5. Samarqand 39
6. Xorazm 38
7. Farg'ona 37
7. Qoraqolpog'iston Respublikasi 37
8. Jizzax 34
9.Sirdaryo 32
10.Surxondaryo 25
11. Buxoro 10

Toshkent shahar futbol Associaciyasi musobaqa o'tkazish bo'yicha etakchilikni o'z qo'liga olgan. Bu erda musobaqalar 6 yoshdan boshlab o'tkazilyapti. SHu bilan bir qatorda Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Toshkent viloyati, Navoiy va Samarqand viloyatlari ham faollikni oshirganlar. Farg'ona viloyatiga yangi rahbar tayinlanganiga ko'p bo'lmadi, shu boisdan u erda keyingi 6 oylikda ish sifati oshishini kutamiz.

O'FA oldida yana bir qator musobaqalar turibdi, ular orasida eng katta turnirlardan biri bu - Mustaqillik Kubogi bo'ladi. Undan tashqari, Avgust oyida "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan katta musobaqaning geografiyasi ham kengayishi kutilayapti.

O'FA 1000ta musobaqani vada qilgan edi, yil so'ngiga kelib musobaqalar soni yana oshadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика