So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  1 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Bolalar futboli. O'FA Superkubogi yakuniga etdi. Natijalar bilan tanishing Yangiliklar

Bolalar futboli. O'FA Superkubogi yakuniga etdi. Natijalar bilan tanishing

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi va Toshkent shahar futbol associaciyalari hamkorligida ilk marotaba Toshkentda ikki yirik musobaqa g'oliblari o'rtasida Superkubok o'yinlari bo'lib o'tdi.

Superkubok o'yinlarida viloyat terma jamoalari g'oliblari, Respublika akademiyalari g'oliblariga qarshi maydonga chiqmoqda. 2008 yillar o'rtasida o'tgan dastlabki uchrashuvda Zayniddin Tojiev, Temur Jo'raev murabbiyligidagi Toshkent terma jamoasi surxondaryolik tengqurlarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi.

U-12. 2008

Toshkent - Surxondaryo 7:0

Gollar: A.Jo'raboev (dubl), J.To'xtaboev, M.Xabibullaev, A.Adxamov, M. Fayzullaev, SH.Nizamov

Ikkinchi uchrashuvda Aleksandr Xvostunov va Jahongir Usmonov ustozligidagi Toshkent-2007 terma jamoasi Namanganning xuddi shu yosh toifasidagi terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.

U-13. 2007 

Toshkent - Namangan 3:0 

Gollar: M.Nematov(dubl), A.Mutalov


Navbatdagi bahsda Leonid Koshelev, Sergey Arslanov va G'ulom Halimtoev murabbiyligidagi Toshkent U-14 terma jamoasi Xorazm vakillarini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

U-14. 2006

Toshkent - Xorazm 4:1 

Gol: A.Saidov, O.Karimov, O.Boltaev, A.Abdullaev - D.Qurbanov

Sergey Arslanov (Toshkent U-14 terma jamoasi murabbiyi): - Avvalo ajoyib tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldira olishdi. Farg'onada o'tgan musobaqada ham birinchi o'rinni egallagan edik. O'sha turnirda ham tashkilotchilik yuqori darajada bo'lgandi. SHogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Birinchi bo'limda harakatlarimiz biroz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yanada ochildi, harakatlarimiz o'xshadi. Bu g'oliblik keyingi musobaqalarga yaxshigina motivaciya bera oladi. 

Pandemiya sabab tayyorgarlikda uzilish bo'ldi. Avgustdan boshlab ruhsat berilgach hozirlikni kuchaytirdik. Qo'l ostimda yomon futbolchilar jamlanmagan. Biz hozirda futbolchilarning holatini yana bir bor ko'zdan kechirib oldik. Umuman bu yoshda kuchli futbolchilar ko'pligini ko'rishimiz mumkin. Maqsadimiz yaxshi jamoani shakllantirish. 


SHohruh Eshanov murabbiylik qilayotgan Andijon U-15 terma jamoasi Baxtiyor Nuraliev, Jamaliddin Rahmatullaev ustozligidagi Toshkent U-15  terma jamoasini mag'lub etdi va bosh sovringa ega chiqdi. 

U-15. 2005

Toshkent - Andijon   1:2

Gollar: H.Karimov, O.Abdumalikov, SH. Bekmatov

SHohruh Eshanov (Andijon U-15 terma jamoasi murabbiyi) - Musobaqa tashkilot tomonidan ajoyib tarzda o'tkazildi. Bunday Superkubok o'yini birinchi bor tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. SHogirdlarimga katta rahmat aytaman. G'alaba qozondik va Superkubokni Andijonga olib ketadigan bo'ldik. Hakamlik, tashkilotchilik borasida muammo bo'lmadi. Jamoalarning keyingi o'yinlariga omad tilayman, Eng muhimi bolalar o'z viloyatlariga sog' va salomat ketishmoqda. Jarohatlar olishmadi. Oxirgi besh daqiqalikda raqib bosimni oshirdi va ko'plab hujumlar uyushtirdi. SHunga qaramasdan bolalar himoyada yaxshi harakat qilishdi.

Farg'ona viloyati – 2004. U-16

Farg'ona TJ  - Farg'ona FMM 2:1

Gollar: O.Raxmatov 3, F.Muhammadov 52, N.Jo'nashev 63

Dmitriy Kim, Alisher Bazarov, Ildar Magdeev ustozlik qilayotgan Toshkent U-17 terma jamoasi Superkubok bahsida Andijon terma jamoasi bilan to'qnash keldi. Murosasiz kechgan uchrashuvning asosiy bo'limida durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida omad andijonlik futbolchilarga kulib boqdi 4:5. Yakunda Andijon U-17 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

U-17. 2003

Toshkent - Andijon 2:2

Gollar: N.Otayorov, SH.Umarov - D.Toirov, A.Ohtoev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика