Bolalar futboli. Navoiyda “O'FA Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi
11 iyu 2018 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/443265_original.jpg)
![](/upload/storage/443265_220.jpg)
Bolalar futboli. Navoiyda “O'FA Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi
Navoiy viloyati Karmana tumanida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston futbol associaciyasi Kubogi uchun musobaqa o'tkazildi.
“Yoshlik” stadionida o'tgan mazkur musobaqada “Uyrot”, “Azamat-1”, Azamat-2”, “Yoshlik”, “Beshkent”, “Arg'un” jamoalari o'zaro kurash olib borishdi.
Musobaqa finalida “Uyrot” va “Azamat” jamoalari kuch sinashishdi va finalda 2:0 hisobida g'olib chiqqan “Azamat” jamoasi O'FA Kubogi g'olibi bo'ldi.
G'oliblariga O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan sertifikat, futbolka va futbol to'plari topshirildi.
O’xshash yangiliklar
09:41
Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" 15
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar