So’nggi yangiliklar

13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  0 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  1 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  5 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6

Boku-2017 kundaligi. OKSANA CHUSOVITINAning raqibalari, u faoliyatini boshlaganida... Yangiliklar

Boku-2017 kundaligi. OKSANA CHUSOVITINAning raqibalari, u faoliyatini boshlaganida...

Kecha hisobimizga yana bitta oltin medalni qo'shib qo'ygan Oksanaxon CHusovitinaning faoliyat yuritayotganiga roppa-rosa 27 yil bo'libdi.

Menimcha, CHusovitina, Bakuda davom etayotgan "Islom birdamlik o'yinlari" musobqasida qatnashayotgan sportchilar ichida eng ko'p medalga ega ishtirokchi. Bunga shubha qilmasak ham bo'ladi. Uning yoshida sportning gimnastikasi turi bilan shug'ullanish katta matonat hisoblanadi. 


Qizig'i, CHusovitinaga murabbiyni ham keragi yo'q. Badiiy gimnastikada bir dasta medallarni yutib bergan delegaciyamiz Toshkentga qaytib ketishgach, CHusovitinani bir o'zi qoldi. Tunga yaqin, CHusovitina "shtab" vakillaridan birini "murabbiylik"ka taklif etdi. Bu lavozimga, Kamoliddin Ergashev munosib ko'rildi. U qilishi bo'lgan ish shundan iborat edi-ki, mezbonlar inventarlarni to'g'ri qo'yilganligini nazorat qilish. Sportning bu turida har bir sm katta rol o'ynaydi. 

SHu tariqa musobaqa boshlandi. Oksana CHusovitina raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda g'oliblik nashidasini surdi.


Endi sizlarga bir qiziq faktlarni taqdim etaman. Oksana CHusovitina va uning raqibalarining yoshlariga etibor qaratamiz.

1996 yil Mutlu Demet, Nekrasova Marina va Tishkova Eketerina endi bir yoshga to'lib, "mami, papi", deb tili chiqqanida, CHusovitina Belgiyadagi jahon chempionatida KUMUSH medalni olgan.

Huddi shu yili Atlanta Olipiadasida qatnashayotgan payti, Yuliya Inshina ham bir yoshga to'lgan edi.

Oksana CHusovitinaning faoliyatida kichik pauza bo'lgan payt Devira Tacsa hamda Amartiani Armartianilar dunyoga kelishdi. Bu paytda Oksana 22 yoshda edi.

2002 yilgi jahon chempionatida OLTIN medalni qo'lga kiritgan payti, Rifda Irfanalutfi va Ekin Morova endigina bog'chaning uch yoshlilar guruhiga o'tgan ekanlar.

Hamyurtimiz professional faoliyatini 1990 yilda boshlaydi. O'sha yili Sanlilar xonadonida qiz farzand dunyoga keladi va unga Uktash deb ism qo'yadilar.


Bugun Oksana Germaniyaga uchib ketdi. Ketishdan avval "shtabimiz"ga kirib o'tdi. Ancha suhbatlashib o'tirdik. Ko'ngli ochiq ayol. Hech qanday yulduzlik alomatini ko'rmaysiz. Barcha savollaringizga javob beradi, o'zi ham savol beradi. U yoqdan, bu yoqdan deb shunga aytishadi. Hozircha faqat Yangi Zellandiyaga bormagan ekan. Dunyo kezib chiqqan. 

Afsuski, Oksana CHusovitina faoliyatini yakunlaydigan bo'lsa, O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan sport gimnastikachimiz qolmaydi. Fokin ham faoliyatini yakunladiki, bironta o'g'il bolamiz yo'q. Badiiy gimnastika bilan adashtirib yubormang. Badiiy gimnastikadagi natijalarimizga gap yo'q. Sport gimnastikasini esa noldan boshlashimiz kerak. Buning uchun ham vaqt, ham mablag' lozim.


Oksanadan so'radim, - O'zbekistonda "Oksana CHusovitina" akademiyasini ochmaysizmi?

"Niyatim bor. Faqat hozir emas. Avval sportchilik faoliyatimni tugatishim kerak. Aks holda yoshlar bilan ishlashga vaqt bo'lmaydi. Ochganda ham shunchaki qilib emas, professional faoliyat yuritadigan qilish kerak. Hozir ko'pchilik farzandini sport gimnastikasiga bermay qo'ydi. Ko'p yoshlarni ko'rayapman, uch martadan ko'p turnikda tortilishni bilmaydi. Bolalarda sport gimnastikasiga mehr uyg'ota olishimiz kerak, meni ishni avval shundan boshlashim kerak", - deydi. 

Haqiqatdan ham, O'zbekistonda "Oksana CHusovitina" akademiyasi ochiladigan bo'lsa, biz uchun katta yutuq bo'lardi. Eng muhimini uning o'zida bu narsaga qiziqishi katta. Uni dunyo sport gimnastikasi tan olgan. So'nggi 20 yillikning eng mashhurlari unga "labbay", - deb javob beradi. Futboldan kelib chiqib aytaman, bironta xorijiy yulduzni Toshkentga master klassga taklif etsak qanaqa shou bo'ladi, lekin bu bizga juda qimmatga tushadi. Oksanadan foydalansak, bunday master klasslar bizga bepulga tushadi. Mana shu ayoldan foydalangan holda sport gimnastikamizga qayta jon berishimiz kerak.


Boku shahridan

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика