So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Boks va futbol uyg'unligi... Yangiliklar

Boks va futbol uyg'unligi...

Boksga uncha qiziqmayman. Aniqrog'i, umuman qiziqmas edim, desam ham bo'ladi. SHu qadarki, hatto Hasanboy Do'stmatov degan yigit Olimpiada chempioni bo'lganini jonli efirda ko'rmadim.

Qiziqish yo'q-da. Ammo keyin, ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv ko'tarilgach, Hasanboyning chempionlik jangini internetdan qidirib topdim, ko'rib oldim.

Keyin esa boshlandi. Avval Hasanboy Do'stmatovning chempionlik kurashini tomosha qildim. Keyin esa qiziqishim oshib ketib, u o'tkazgan oldingi janglarni ko'rib chiqdim. So'ngra boshqa bokschilarimizning ishtirokini tomosha qilishga mayl paydo bo'ldi - Bektemir Meliqo'ziev, SHaxram G'iyosov, SHahobiddin Zoirov, Rustam To'laganov, Bahodir Jalolov. Qisqa qilib aytganda, Elshod Rasulovdan boshqa barcha bokschilarimiz g'alaba ketidan g'alabaga erishibdilar. Biznikilar yutib tursa, tomosha qilishdan ham charchamas ekansan. Kamiga xorijlik sharhlovchilar bokschilarimizni tilidan bol tomib shunaqa maqtashadi-ki, qanday qilib keyingi jangga o'tib ketganingni bilmay qolarkansan. Xullas, shunday qilib butun boshli bir kunim bokschilarimizning Olimpiadada o'tkazgan janglarini tomosha qilishga ketdi.

Keyin esa o'ylanib qoldim. Yurtimizda futbolga bo'lgan qiziqish yuqori emasligidan noliymiz va buning sabablarini qidiramiz. Biroq agar o'yinlar qiziqarli o'tsa, nahotki, muxlislar stadionga kelishni istashmaydi. Mana men - boksga mutlaqo qiziqmaydigan odam butun boshli bir kunimni uni tomosha qilish uchun sarfladim-ku. Agar o'sha janglar shiddatli va kurashga boy o'tmaganida tomosha qilishga kimnidir majburlay olarmidingiz? Yo'q, albatta. Ammo bahs qiziqarli va eng muhimi - muxlis qalbiga yo'l topa olsa, u albatta, tomosha qilish uchun vaqt topa oladi. Yana o'zimdan qiyos...

Biz O'zbekistonda futbolni birinchi raqamli sport turi, deb bilamiz. SHunday deb atashga ko'nikib qolganmiz. Ammo shu bilan birga, har birimiz millionlar o'yiniga mutlaqo qiziqmaydigan o'nlab odamlarni taniymiz, bilamiz. Hatto qiziqaman, deya davo qiladiganlar orasidan ham Rivaldo nima uchun O'zbekiston terma jamoasida o'ynamaganiga hamon tushunmaydiganlar etarlicha topilishidan ham xabardormiz. Bilasizmi, aslida, mana shu holat odatiy va tabiiy hisoblanadi. CHunki har qanday mamlakatda ham futbolga qiziqish uning rivoji bilan belgilanadi. Yutuq yo'qmi, shunga yarasha qiziqish ham past bo'ladi. Masalan, Nepal va Bangladesh termalarining qachondir mundialda ishtirok etishini o'ylab ko'rish ham kulguli.

Afsuski, bu borada o'zimiz ham maqtana olmaymiz. Biz Osiyo chempionatida biror marta g'olib chiqmaganmiz, jahon chempionatida-ku, umuman ishtirok etmaganmiz. SHunga yarasha klublarimiz ham xalqaro musobaqalarda ancha kamtarlar. Nasafning OFK kubogida g'olib chiqqanini pisanda qiladiganlar hozir o'sha turnirda o'zbek klublari umuman ishtirok etmayotganini ham unutmasliklari lozim. Bu musobaqa nufuzi biz o'ylagandan ham ancha past ekanini tushuntirish shart bo'lmasa kerak.

Demoqchimiz-ki, sport, xususan, futbolga bo'lgan qiziqish ham eng avvalo, natijaga va albatta, shiddatli kurashlarga bog'liq bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi hech qachon muxlissiz qolmagan. Haytovur, uchrashuvlarning nufuziga qarab tomoshabinlar ham stadionga kelib turishadi. Har bir bahsda arena juda ham to'lib ketadi, deyish qiyin, ammo kelgan mana shu 5-6 ming tomoshabinning ashaddiy ishqibozlar ekanliklarini ham inkor eta olmaymiz. Bu yaxshi, albatta, biroq futboli rivojlangan o'lkalarga mos keladimi? Mana shu savolga javob berish juda qiyin.

Bizda muxlislarning stadionga kelmasliklari haqida yonib, achitib gapirish kabi yomon odat bor. Ammo bir narsani yaxshilab uqib olishni istamaymiz, muxlis - mijoz degani. Futbol esa - mahsulot. Agar mahsulot yaxshi bo'lmasa, mijoz hech qachon uni sotib olmaydi. Muxlislar stadionga yopirilib kelishlari uchun ham o'sha futbol etarlicha saviyada bo'lishi lozim. Nimaga Buxoro, Qizilqum va So'g'diyona g'irt o'rtamiyona klub bo'lsa ham stadionlari liq to'ladi-yu, Lokomotiv, Bun-yodkor va Paxtakorning muhtasham arenalari huvillab yotadi?

Xullas, boksni tomosha qilish asnosida mana shular xayoldan o'tdi. Men nima uchun umrim davomida qiziqmaganim - boks bilan bir kunimni o'tkazdim? CHunki unda o'sha o'zim kutgan shiddat, kurash va jozibani ko'rdim. Eng muhimi - bokschilarimiz paydar-pay yutib turishdi. Mag'lub bo'lishganda tomosha qilarmidim? Balki keyinroq, boksga butun vujudim bilan muxlis bo'lib qolsam kuzatarman, ammo hozir bunday qila olmasam kerak. Futbolga endi muxlislik qiladiganlar bilan ham shunday bo'ladi. Ular endi millionlar o'yiniga ko'ngil qo'ya boshlaganlarida u xoh terma jamoa bo'lsin, xoh klublar - shunaqa mag'lubiyatga uchrab beradilar-ki, har qanday ishqibozni etti qir oshib ketish darajasiga olib kelishadi. Endi o'ylab ko'ring, bunday holatda qiziqishni oshirib bo'ladimi?

Ammo hammasi o'zgarishi mumkin. Juda qisqa muddatda barchasi tubdan o'zgarib ketishi hech gap emas. Faqat buning uchun futbolchilarimiz yaxshilab ter to'kishlari lozim bo'ladi. Mana, yaqinda JCH-2018 saralashining so'nggi bosqichi boshlanadi...


maqolaning davomini "InterFutbol" gazetasi saytida o'qish mumkin

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика