"Boka Xuniors" kelasi yili Kavani bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
17 may 2021 11:26
Yangiliklar
"Boka Xuniors" kelasi yili Kavani bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
"Boka Xuniors" vice-prezidenti Xuan Roman Rikelme klub 2022 yilda Edinson Kavanini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligini aytdi.
"Kavani kelasi yili biz bilan bo'ladi deb o'ylayman. U bizga intizorlik bilan borishni xohlayotganini aytdi. U uchun eshiklar doimo ochiq. Uning qaytishi muxlislarning stadionga qaytishi bilan bog'lanib ketishi kerak. Ammo, bugun bizda auditoriya yo'q", - deydi Rikelme.
Kavani MYU bilan 10 mayda bir yilga mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Urugvaylik o'yinchi 2020 yilning oktyabrida "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylangan edi.
Urugvaylik joriy mavsum turli musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar