"Boka Xuniors" Kavani bilan muzokaralar olib bormoqda
09 mar 2021 14:37
Yangiliklar


"Boka Xuniors" Kavani bilan muzokaralar olib bormoqda
"Boka Xuniors" "Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani bilan muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, argentinaliklar futbolchiga 3 yillik shartnoma tayyorlab qo'yishgan.
Kavanining MYU bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlarda shartnomani yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati bor, ammo bu katta ehtimol bilan amalga oshmaydi. Urugvaylik futbolchining agenti "Boka"ga yozda erkin agent maqomida o'tish varianti ko'rilayotganini tasdiqladi.
34 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar