So’nggi yangiliklar

21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  5 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  18 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3

Boburbek Yo'ldoshev: "Qizilqum"da o'tkazgan mavsumimdan afsuslanmayman" Yangiliklar

Boburbek Yo'ldoshev: "Qizilqum"da o'tkazgan mavsumimdan afsuslanmayman"

Yakunlangan mavsum "Qizilqum" Superligada 5-o'rinni egalladi.

Aslida jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashgandi. Aftidan, yangi mavsum oldidan jamoada o'zgarishlar amalga oshadigan ko'rinadi.

Jamoada to'p tepgan tajribali himoyachi Boburbek Yo'ldoshevning "Qizilqum"dagi faoliyatidan qanchalik ko'ngli to'ldi? Yangi mavsum oldidan jamoada qoladimi? SHular yuzasidan uning fikrlariga quloq tutdik. 



- Superliga-2022 mavsumidan olgan taassurotlaringiz qanday?

- Mavsum aslida yomon bo'lgani yo'q. Hamma guvohi bo'ldi, oxirgi turlarga qadar o'tkinchi o'yinlar o'tkazilmadi. Aytaylik, chempionlik nomi ham so'nggi turga kelib aniqlandi. SHundan ham bilish mumkin, Superliganing yakunlangan mavsumi juda qiziqarli va murosasiz kechdi. 

- Mavsum shaxsan o'zingiz uchun qanday xotiralar bilan yodda qoldi?

- Yomon emas. Lekin yaxshi ham emas. O'zim kutganchalik bo'lgani yo'q. Men bundan ko'prog'ini kutgandim. 

- Jamoada qolasizmi?

- Hozircha bu borada biror narsa deya olmayman. SHartnomam 20 dekabr kuni yakunlanadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 



- "Qizilqum"ning maqsadi jiddiyligi uchun shu klubni tanlaganingiz haqida aytgandingiz. Ushbu jamoaga o'tishingiz siz uchun noto'g'ri qaror bo'lmadimi?

- Qaror qabul qilib bo'lingandi. Buni ortga qaytarishning iloji yo'q. "Qizilqum"da o'tkazgan mavsumimdan afsuslanmayman. O'ylashimcha, jamoa mavsumni yomon o'tkazgani yo'q. SHu sabab bundan ko'p tashvishga tushishga hojat yo'q. 

- Superliganing boshqa jamoalaridan takliflar bormi?

- Albatta, takliflar bor. 

- Sizni legioner sifatida ham ko'rib qolishimiz mumkinmi?

- Ha, albatta legioner sifatida faoliyatimni boshqa chempionatda davom ettirishim ham mumkin. Oldindan bir narsa deyish qiyin.

- JCH-2022da qaysi jamoalarga muxlislik qilyapsiz?

- Mazkur mundialda Braziliya va Angliya terma jamoalariga muxlislik qilyapman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика