Mavsumning so'nggi turida "Paxtakor" o'rinbosarlari bilan hisob-kitob qilgan "Obod" yoshlari mag'lubiyatga uchradi. Bellashuvdan keyin mehmonlar ustozi Bobur Zuhriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Uchrashuv yaxshi o'tdi, deya olaman. Ob-havoning noqulayligi o'yinning borishiga ta’sir qildi, albatta. Har ikkala jamoa a'zolarida ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Mezbonlardan farqli ravishda biz golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Aksincha, maydon egalari darvozamizni ishg'ol qilib, g'alaba qozonishdi.
Mavsumning ikkinchi qismidan boshlab o'rinbosarlar bilan ishladim. Oliy ligada tajribali futbolchilar bilan ishlar edim. Shu bois yoshlar bilan ishlashda biroz qiyinchilikka duch keldim. Yani, nimani xohlayotganimni tushuntirish borasida ozgina qiynaldim. Lekin aytishim mumkin, o'rinbosarlar tarkibida iqtidorli bolalar etarlicha. Agar ular o'z ustida ishlashni to'xtatmasa, kelasi mavsum asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Obod FK matbuot xizmati