So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  7 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Bobur Zuhriddinov: "Italiyalik murabbiylar uslubiga befarq emasman" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Italiyalik murabbiylar uslubiga befarq emasman"

Teglar :  FutbolObodBobur
O'zining 23 yoshida oliy liga jamoasiga bosh murabbiylik qilgan istedod egasini taniysizmi?

U o'zidan yoshi anchagina katta futbolchilarni o'z izmiga bo'ysundira oldi, so'zini o'tkazdi. Jarohat sabab butsalarini muddatidan ancha avval mixga ilgan Bobur Zuhriddinov futboldan yiroqlashib keta olmasdi. SHu bois o'zini murabbiylik sohasida sinab ko'rishga qaror qildi, aniqrog'i, Toshkentning Obod jamoasida ish boshladi.

Avvaliga ikkinchi, keyin esa birinchi ligada muvafaqiyatga erishgan klub kuchlilar safida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Obod ana shu yo'lni yosh murabbiy Bobur Zuhriddinov bilan birga bosib o'tdi. Aynan shu mutaxassis klubni oliy ligaga olib chiqdi. Keyinchalik bu klubda bosh murabbiy vazifasini Rauf Inileev, Jafar Irismetov bajarishdi.

Zuhriddinov esa Sergey Lushanning taklifiga ko'ra Bunyodkorga ko'chib o'tdi. Bobur qaldirg'ochlarning ikkinchi ligadagi jamoasida ishladi. Hozir esa klub akademiyasining 8 yoshlilar guruhiga ustozlik qilyapti. Muxlislar istedodli murabbiyni bir zumga yo'qotib qo'yishdi. Biz Bobur Zuhriddinov bilan uchrashib, undan ayni mavzu yuzasidan intervyu oldik.

- Bobur, futbol muxlislari bir zumga istedodli murabbiyni yo'qotib qo'yishdi. Bugungi kunda nimalar bilan mashg'ulsiz?

- Avvalo, bizni unutmaganingiz uchun rahmat. Faoliyatimga keladigan bo'lsam, bugungi kunda Bunyodkor akademiyasida murabbiylik qilyapman. Sakkiz yoshlilar guruhiga millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgatyapman. Albatta, bolalar bilan ishlashning o'ziga yarasha qi-yinchiliklari bor ekan. Ularning xarakteri turlicha bo'ladi, shu bois murabbiydan katta sabr talab qilinadi. Kerak paytda kichkintoylarning injiqliklariga chidash kerak. Bazida qattiqqo'llikni ham unutmaslik lozim. Bu yoshdagilar o'yinqaroq bo'lishadi. Asosiysi, ularga futboldan saboq berish shaxsan menga huzur bag'ishlayapti. Umuman olganda, hozirgi ishimdan to'liq qoniqyapman.

- Obodni boshqargan paytingizda xorijlik hamkasblaringizning ish uslublarini o'rganishga harakat qilardingiz. Intervyularingizda ko'proq Andre Villash-Boash, Joze Mourinoning faoliyatini kuzataman, degandingiz. Aynan shu narsani, yani xorij metodikasini bolalar futboliga ham tatbiq etyapsizmi?

- Bugungi kunda Bunyodkor akademiyasida bolalar futbolini yangicha tizimga o'tkazish bo'yicha ish olib borilyapti. Tabiiyki, bunda o'rgatish jarayonida o'quv metodlari ham o'zgaradi. Akademiyadan boshlab to asosiy jamoagacha piramida shaklida bir tizimga o'tkaziladi.

- Hozirda hatto 3 yoshdan ham bolalarni futbol maktablariga qabul qilishyapti. Zamonaviy futbol tendenciyalaridan kelib chiqqan holda xohlovchilarni necha yoshdan to'garaklarga qabul qilgan maqul, deb hisoblaysiz?

- SHaxsiy fikrimcha, eng maqbul variant - 6 yosh. Bunyodkor akademiyasining eng yosh guruhi ham shu yoshdagi bolalardan iborat. Bunday davrda shogirdingiz siz o'rgatgan narsalarni qabul qilishda qiynalmaydi. Uch yasharlilar esa hali o'zi nima qilayotganini bilmaydi. Balki siz aytgan guruhlarda o'yinga asoslangan noananaviy usullardan foydalanish orqali bolada futbolga bo'lgan mehrni uyg'otishayotgandir?! Lekin shaxsan men bu yoshdan futbol bilan shug'ullanishni tavsiya qilmasdim. Bunyodkor akademiyasi murabbiylari mash-g'ulot chog'ida bolalarning bir joyda turib qolmasliklari uchun harakat qilishadi. Tarbiyalanuvchilar bir yarim soatli mashg'ulot paytida muntazam ravishda harakatda bo'lishlari shart. Biz murabbiylar shu narsani taminlashga etibor qaratyapmiz.


- Dastlab hamma xohlovchilar futbol guruhlariga qabul qilinadi. Ulardan futbolchi chiqish yoki chiqmasligini aniqlash uchun qancha vaqt talab etiladi?

- Yuqorida Bunyodkor akademiyasiga 6 yoshdan bolalarning qabul qilinishini aytib o'tdim. Ular bu erda ikki yil mobaynida 8 nafar murabbiydan futbol sir-asrorlarini o'rganishadi. 8 yoshga to'lgach esa imtihon topshirishadi. Bu jarayonda eng yaxshi 25 nafar bola saralab olinadi. SHundan so'ng eng kuchlilar bilan mashg'ulot o'tkazish davom etadi.

- 23 yoshingizda Obod bosh murabbiyi sifatida oliy ligada debyut qilgansiz. Bu davrda o'zidan yoshi anchagina katta futbolchilarni maydonga boshlab tushish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Umuman, bu chorlovni qanday qabul qilgansiz? Hayajon, bosim bo'lgandir?

- Albatta, bo'lgan. Birinchi ligada Kosonsoy jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda bosh murabbiy sifatidagi debyutimni nishonlaganman. Bilasizmi, birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng stadiondan chiqib ketmoqchi bo'lganman. CHunki bosim juda kuchli edi. SHunda klub rahbarlarining qo'llab-quvvatlashi sabab fikrimdan qaytganman. Ular Hammasi yaxshi bo'ladi, biz senga ishonamiz, deyishgan. Bu esa menga juda qiyin vaziyatda dalda bo'lgan. O'sha mavsumni yuqori notada o'tkazib, oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritganmiz. Muvaffaqiyatimiz zamirida juda ahil jamoaning shakllangani mujassam edi. Futbolchilar bir-birlarini tushunib harakat qilishardi. Klub rahbarlari har tomonlama yordam berishgan. Muhimi, futbolchilarning aksariyati yosh bo'lib, eng kuchga to'lgan, jismonan baquvvat va ayni yuguradigan payti edi. Ana shu men sanab o'tgan omillar tufayli oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritganmiz.

- Elitadagi birinchi o'yin qanday kechgan?

- Ilk uchrashuvni hech qachon esdan chiqarmayman. Mehmonda Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi kechgan. Stadionga juda ko'p muxlis kelgandi. O'sha bahsda biz 0:1 hisobida yutqazganmiz. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, menga o'yin maqul kelgandi. Futbolchilar kuchli raqibdan hech ham hayiqmay harakat qilishgan. Oliy liga harorati qanchalik yuqori ekanligini birinchi uchrashuvdayoq sezganman. Quyi diviziondan katta farq qilishini tushunib etdim. To'g'risini aytsam, o'yin boshlanishi oldidan hayajon bo'lmagan. Faqat bir narsadan qo'rqqanman, u ham bo'lsa noto'g'ri qaror chiqarib qo'yishdan. CHunki bunday holat ro'y bersa, futbolchilar meni aslo kechirishmasdi.

- Mashg'ulot chog'ida o'yinchilarning munosabati qanday bo'ldi? CHunki futbolchilarning ayrimlaridan yosh jihatidan kichik, bazilari bilan tengdosh bo'lgansiz. Ular topshiriqlaringizni jiddiy qabul qilishganmi yoki mensimaslik holatlarini ham sezganmisiz?

- Yo'q, bunday holatlar kuzatilmagan (kuladi). Ahil jamoa yig'ilgani uchun ishlash osonroq kechgan. Noqulay vaziyatlarga zamin yaratmaslik uchun har bir mashg'ulotni qiziqarli o'tkazishga harakat qilganman. Ularning hatto gapirishlariga ham fursat bermasdim. Birinchi va ikkinchi mashqning o'rtasida umuman nafas rostlashga vaqt qoldirmasdim. Jismoniy yuklamalar juda ham kuchli bo'lgan. Balki shungadir, mashg'ulotdan so'ng gaplashishga vaqt topilmasdi. Umuman olganda, futbolchilarimizning hammasi professional bo'lib, o'z ishlariga to'g'ri yondashishardi. Ular bilan maydondan tashqarida do'st, uning ichida murabbiy sifatida gaplashardim. Futbolchilarning o'zlari ham xuddi shunday munosabatda bo'lishardi.

- Sir emaski, o'zbek futbolida murabbiylar ko'proq jismoniy tayyorgarlikka emas, aksincha, to'p bilan muomalaga etibor qaratishadi. Buning natijasida futbolchilarimiz 90 daqiqa bir maromda o'ynay olishmaydi. Milliy terma jamoamiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. Mag'lubiyatga uchragan o'yinlarida asosan 85-daqiqadan so'ng o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. SHaxsan siz murabbiylik faoliyatingizda ko'proq nimalarga etibor qaratasiz?

- O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, hujumkor futbolni yaxshi ko'raman. Birinchi ligada ishlab yurgan kezlarim Obodning bosh shiori hujum bo'lgan. SHu sabablimi, raqib jamoalarni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etganmiz. Elitaga chiqqanimizdan so'ng fikrim biroz o'zgardi va buning natijasida o'yin taktikasiga ham o'zgartirish kiritdik. Yaxshi himoyaga ega bo'lmagan jamoaning hujumkor o'yin namoyish etishi mantiqsizlikdan o'zga narsa emasdi. Futbolda har bir uzatma aniq bo'lishi shart. To'pni to'g'ri nazorat qila oladigan jamoaning muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ortadi. Bizda aynan shu jihatlarda oqsash kuzatilyapti. Futbolchilar ko'proq to'psiz harakat qilishgani bois, bahsning so'nggi daqiqalariga borib charchab qolishyapti. Demak, jismoniy tayyorgarlikka alohida etibor qaratish lozim. Bu mening shaxsiy fikrim. Tajribali murabbiylarning futbol qarashlari biroz boshqacha bo'lishi ham mumkin.

- O'ylashimcha, futbolchilarimiz to'pni tezroq o'zlaridan soqit qilishga intilishadi, hujumga o'tishga qo'rqishadi. Bu borada fikringiz qanday?

- Futbolchilarimizning harakatlari va bunga murabbiylarning qanday munosabat bildirishi xususida nimadir deya olmayman. Ammo o'zimning qarashlarim va kuzatishimdan kelib chiqib shaxsiy fikrimni bildiraman. Siz aytgan holatning hammasi mashg'ulotdagi ishtirok bilan uzviy bog'liq. Agar futbolchi shug'ullanish jarayonida hujumkor taktikaga asoslangan harakatlarni bajarsa, o'yin vaqtida istasa-istamasa, shunga o'rganadi. Yani faqat oldinga intiladi. Mabodo, aksi bo'lsa, bellashuv chog'ida ham o'sha manzaraga guvoh bo'lamiz. Demak, futbolchining qanday taktika asosida o'yin ko'rsatishi murabbiyga bog'liq. Futbolchi har doim jamoa ustozining ko'rsatmalariga tayanadi.

- O'z mashg'ulotlaringizda aynan hujumkor futbol tarafdori bo'lgansiz, shundaymi?

- Ha. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Agar buning aksi bo'lsa, maydonga chiqmagan afzal.

- Elitada ishlashni qo'msayotgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Xohish juda baland. Oliy va birinchi liga jamoalarida ishlash istagidaman. Hammasini vaqt ko'rsatadi, bunga hali ulguraman.

- Murabbiylik kurslarida tahsilni davom ettirasizmi?

- Hozir menda S licenziyasi bor. Nasib qilsa, bir oylardan so'ng V guvohnomasi uchun o'quv kurslari boshlanadi. Navbati bilan A hamda PROga ham o'qish niyatim bor.

- Xorijlik hamkasblaringizdan kimlarni kuzatib borasiz?

- Italiyalik murabbiylarning ish uslubiga befarq emasman. Boisi, ular har bir narsani mayda detallarigacha o'ylab, keyin qaror chiqarishadi. Mashg'ulotlari ham shu asosda tuzib chiqiladi.

- Xitoy termasiga qarshi kechgan bahsda Marchello Lippining harakatlari va o'yinga tanlagan taktikasi fikringizga tasdiq bo'la oladi...

- Menga o'sha uchrashuvda Lippining bir qarori maqul keldi. U ham bo'lsa, birinchi navbatda, milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedovni zararsizlantirishga etibor qaratdi. SHu tariqa termamiz o'yini kuchsizlandi. Natija esa o'zingizga ayon. Xullas, murabbiyning topqirligi xitoyliklarga qo'l keldi.

- SHu o'rinda o'zingizning murabbiylaringiz haqida ham malumot bersangiz...

- Futbolning ilk saboqlarini Krasnogorov Nikolay Vasilevichdan o'rganganman. Bu insondan bir umr minnatdorman. Keyinchalik Aleksandr Volkov, Vadim SHokirjonovichdan saboq oldim. Afsuski, 20 yoshimda jarohat sabab futbolchilikdan ketdim. Faoliyatimning asosiy qismi Bunyodkorda o'tdi. Birinchi liga, o'rinbosarlar jamoasida to'p surdim. Lekin elitada o'ynash nasib qilmadi. Murabbiylik faoliyatim juda qiziq boshlangan. Kattagina zavod jamoasida murabbiylik qilardim. Bu muassasa Obod stadioni yaqinida joylashgani uchun bir kun klub mutasaddilari ko'rib qolishdi. Mashg'ulotlarni qiziqarli tarzda olib borayotganim uchun meni ishga taklif qilishdi. O'shanda Doniyor Hasanov bosh tashabbuskor bo'lgandi. Baxtli tasodif tufayli murabbiylik faoliyatim boshlandi. Keyinchalik Doniyor qo'l ostimda futbol o'ynadi. Bugungi kunda u Qo'qon-1912 jamoasida to'p suryapti.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика