Bobur Zuhriddinov: “Futbolga kirib kelayotgan boladan tezda natija kutish noto'g'ri”
08 noy 2016 16:24
Yangiliklar
Bobur Zuhriddinov: “Futbolga kirib kelayotgan boladan tezda natija kutish noto'g'ri”
Toshkentning “Obod” jamoasi tashkil topganiga to'rt yil bo'lgan bo'lsada joriy yil ilk marotaba oliy ligada ishtirok etmoqda.
Yosh bo'lishiga qaramay Bobur Zuhriddinov ushbu jamoada chempionatimizning birinchi davrasida murabbiylik postida ish olib bordi. Ikkinchi davradan esa “Obod” klubining yosh futbolchilariga millionlar o'yinining sir asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Biz “Obod” jamoasi o'rinbosarlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov bilan uchrashib undan intervyu oldik.
- Jamoa oliy ligada qolishga yaqin turibdi. Umuman klub uchun ilk musobaqa juda ham og'ir o'tmoqda. Siz uchun jamoaning chempionatdagi ishtiroki qoniqarlimi?
- Albatta, fikringizga qo'shilaman. Bu yil oliy liga bahslari “Obod” jamoasi uchun juda ham og'ir o'tmoqda. Birinchi davrada klubda ishlaganimda o'yinimizdan qoniqish hosil qilmagandim. Ohirgi paytda jamoa ijobiy tarafga o'zgardi va o'yinimiz ham kuchaydi.
- Birinchi davraga qaragandi ikkinchi davrada "Obod" mazmunli o'yin o'tkazdi, deb ayta olasizmi?
- Albatta, buni natija ham ko'rsatib turibdi. Birinchi davraga qaraganda ikkinchi davrada ko'proq ochko jamg'ardik. Ayni damda men o'rinbosarlar bilan ishlayapman. Asosiy jamoa ishlariga aralashmayapman. Lekin shuni bilamanki, jamoa “Andijon” bilan bo'ladigan muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
- Ikkinchi davradan o'rinbosarlar tarkibida ishlayapsiz. Buni o'zingiz istadingizmi?
- Birinchi davrada Aleksandr Mochinov bilan birga ishladim. Ikkinchi davradan esa bor etiborimni yoshlar jamoasiga qaratdim. O'rinbosarlar tarkibida iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Ularni futbolchi sifatida bilimlarini oshirishga yordam berish ishtiyoqi menda paydo bo'ldi. Hozirgi kunda yoshlarga bor bilimlarimni bermoqdaman.
- Kelasi yili ushbu yosh iqtidorlardan birortasini oliy ligada ko'rishimiz mumkinmi?
- Albatta. Zeroki “Obod” jamoasi yoshlarga juda katta etibor qaratadi.
- Qaysi futbolchilarni etirof etishingiz mumkin?
- Keling bu sir bo'la qolsin. Bo'lmasam jamoadagi yosh futbolchilar o'qib qolishsa erkalanib ketishi mumkin. Takidlash kerakki, o'rinbosarlarimizda 5 nafar ajoyib futbolchimiz bor.
- Aytib o'tdingiz “yoshlarga katta etibor qaratyapman”, deb. Bizda ayrim jamoalar natija ketidan quvib sifatni yo'qotib qo'yishmoqda. Bunga qanday fikr bildirasiz, shu to'g'rimi?
- Bu fikringizga qo'shilmagan bo'lardim. CHunki ikkinchi davrada yoshlar jamoasida ishlab, barcha oliy liga klublarining o'rinbosarlari tarkibida talaygina istedodli futbolchilarni ko'rdim.
- To'g'ri, lekin iqtidorli, yosh futbolchilar tez ko'tarilib, tez so'nishmoqda. Bu biz uchun, o'zbek futboli uchun fojea emasmi?
- Meni fikrimcha o'sha yosh iqtidorli futbolchilarga vaqtida etibor qaratilsa, ular uzoqqa borishadi. Bu masala bo'yicha hech qanday fojea ko'rmayapman.
- “Obod” futbol maktabida millionlar o'yiniga ilk qadamlarni qo'ygan bolakaylar necha kun ko'rikda bo'ladi?
- Ushbu jarayon bir oy davom etadi. Bizda murabbiylar bolalarni muntazam ravishda kuzatib borishadi.
- Futbol maktabiga ilk qadamlarni qo'ygan bolakaylardan biror narsani talab qilishi, yoki murabbiy bolakaylardan uni lol qoldirishini istashi, to'g'rimi?
- O'ylashimcha bu noto'g'ri. Millionlar o'yini bo'lmish futbolga bola ilk qadamlarni qiziqish tufayli qo'yadi. O'sha qiziqishni tajribali murabbiylar uni to'g'ri tarbiyalab, kelajakda kuchli futbolchi qilib etishtirishi mumkin.
- 3 kun ichida futbolga ilk qadamlarni qo'ygan bolakaydan nimanidur kutishi, yoki natija talab qilishi to'g'rimi, bu bolalar futbolidagi murabbiyning saviyasi pastligidan dalolat bermaydimi?
- Futbolga endigina kelgan bola uch kun ichida hech nimani ko'rsata olmaydi. Menga yosh bolakaylar bilan ishlash nasib qilmadi. Bu borada aniq fikr bildirmayman. SHuni bilamanki, futbolga kirib kelayotgan boladan tezda natija kutish noto'g'ri, deb o'ylayman.
- Kelasi yili ham yoshlar bilan ishlaysizmi?
- Albatta. Menga ulkan tajriba juda ham zarur.
- Yosh futbolchilar bilan ishlash siz uchun qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Xoh yoshlar bo'lsin xoh kattalar, unchalik ahamiyati yo'q. Eng asosiysi futboldagi o'z g'oyalarimni, tushunchalarimni amalga oshirish uchun biroz bo'lsada menga ishonadigan jamoa bo'lsa bas.
- Demak, siz bolalar futboliga o'zingizni yangi g'oyalaringizni olib kirmoqchisiz, to'g'rimi?
- Yo'q. Bolalar futboli borasida hozircha unchalik ko'p bilimga ega emasman. Lekin kattalarga yoki yoshlar jamoasiga, ha.
- Sir bo'lmasa qanday g'oyalar?
- Futbolda o'z uslubimni yaratish. “Obod” jamoasida yangi uslubimni qo'llashga harakat qilmoqdaman.
- Misol uchun siz ko'proq nimalarga etibor qaratasiz?
- Himoyaviy o'yin va tezkor qarshi hujumga. Ushbu taktikani o'rinbosarlarda qo'llayapman.
- Demak siz kelajakda kuchli murabbiy bo'lmoqchisiz to'g'rimi?
- Yo'q. Unday emas. Qaysi jamoada ishlamay, faqat foydam tegsa bo'lgani.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Fikrlar