So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

Bobur Zuhriddinov: "Bu mag'lubiyat biz uchun g'alabaga teng" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Bu mag'lubiyat biz uchun g'alabaga teng"

"Obod" murabbiyi Bobur Zuhriddinov "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun ajoyib futbol bo'ldi. "Nasaf"ga qarshi o'yin doimo qiziqarli. 0:1 hisobidagi mag'lubiyat biz uchun yutuqqa teng. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman va ularga CHempionlar Ligasi o'yinlarida omad tilayman.

-"Obod" oldiga ushbu mavsumda qanday vazifa qo'yilgan? SHuningdek, sizdek yosh murabbiyga Oliy Liga jamoasini boshqarish qiyin emasmi?

-"Obod" jamoasi oldiga aniq bir vazifa qo'yilmagan. Iloji boricha, kuchimiz etganicha oldinga intilish. SHunindek, "Obod" da faqat men faoliyat olib bormayman. Jamoamizga katta mehnati singayotgan insonlar bor. Ular: Farhod Safarov, SHavkat Abduxo'jaev, shuningdek, Jafar Irismetovlar bor. Ularning ajoyib maslahatlarini inobatga olgan holda o'yinlarga tayyorlanamiz. Vaqtida men ham futbolchi bo'lishni istaganman. Biroq, bu menga armon bo'lib qolgan. Sog'lig'im bilan bog'liq muammolar tufayli futbol o'ynay olmaganman. SHundan so'ng murabbiylikni tanlaganman.

-Jamoa uchta turda bir ochko ishladi. Gollar ham urilmayapti. Buni qanday izohlaysiz?

- Milliy chempionatimizda gol urishimiz uchun ozgina vaqt zarur bizga. Yosh jamoamiz, bazi vaqtlarda tajriba etishmaydi, shoshilib qolishimiz natijasida imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Bu narsa vaqtinchalik deb o'ylayman.

-Jamoaga legioner futbolchilar jalb etish imkoniyati bormi?

-Hozircha bu haqida o'ylamayapmiz. CHunki, ko'rib turganingizdek yosh jamoamiz. Maqsadimiz O'zbekistonda o'z o'rnimizni topish va milliy terma jamoaga futbolchilar etishtirib berish.

-"Nasaf"ning sobiq futbolchisi Sanjar Baratov haqida nima deya olasiz?

-Sanjar Baratov jamoamiz safiga dekabr oyida kelib qo'shildi. SHijoatli, mehnatkash, driblingi yuqori darajadagi futbolchi. Jamoamizga ko'nikib bormoqda.

"Obod"dagi sharoitlar? Moddiy jihatdan o'zimizga yarasha imkoniyatlarimiz bor. Bizga yaratilayotgan sharoitlar qoniqtirmoqda.

"Nasaf" juda kuchli jamoa. O'ylashimcha, ular keyingi o'yinda ham g'alaba qozonadi", - deydi Zuhriddinov.


"Nasaf" matbuot xizmati

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика