So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  0 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  22 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7

Bobur Yo'ldoshev: "OCHL guruh bosqichiga chiqish bitta o'yinga bog'liq ekanligini va masuliyatini barchamiz tushunib turibmiz" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "OCHL guruh bosqichiga chiqish bitta o'yinga bog'liq ekanligini va masuliyatini barchamiz tushunib turibmiz"

Xabaringiz bor, Olmaliqning AGMK jamoasi 7 aprel kuni OCHL pley-off doirasida "Al Garafa"ga qarshi maydonga chiqadi.

Kecha AGMK jamoasi delegaciyasi Toshkent-Dubay-Doha yo'nalishi bo'ylab Qatar poytaxtiga etib bordi. Biz esa bu borada himoyachi Bobur Yo'ldoshevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Assalomu aleykum. Bobur ayni paytda kayfiyatlar qanday? Jamoa Qatarga yaxshi etib bordimi?

- Qatar poytaxtiga sog' va salomat etib keldik. Kayfiyat alo darajada. Nasib qilsa o'zimizga kerakli bo'lgan natija yani OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. 

- AGMKning OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olishi bitta o'yinga bog'liq ekanligi qay darajada bosim yuklaydi?

- Barchasi bitta o'yinga bog'liq ekanligini va bosimni barcha tushunib turibdi. Lekin har doim maksimal darajada harakat qilib ijobiy natijaga erishish mumkin. Qo'limizdan kelgancha bor kuchimizni ishga solamiz. 

- Avvallari klublarimiz fevral oyida xorijda yig'inni yakunlab, sparring raqiblar bilan o'ynab so'ng OCHLdagi ishtirokini boshlar edi. Endi bo'lsa vaziyat boshqacha...

- To'g'ri. Oldingi yillarda rasmiy o'yinlar o'tkazmay turib OCHLda maydonga chiqar edik. Ichki chempionatimizda to'rtta tur o'tdi. Biroz bo'lsada jamoa formaga kirib oldi. Mazkur jarayon bizga qo'l kelishiga ishonaman. "Al Garafa" bilan bo'ladigan o'yinda muxlislarni xursand qilishni niyat qilganmiz. O'ylaymanki ortimizga OCHL guruh bosqichi yo'llanmasi bilan qaytamiz. 

- "Al Garafa"ni o'rganish jarayoni qanday bo'lyapti?

- Bu erga kecha etib keldik. Muhitga tezroq moslashishimiz lozim. Albatta raqibni ham kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganmoqdamiz. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика