So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Bobur Akbarov: "Ashurmatov qo'l ostida o'ynagan hech bir futbolchining noliganini eshitmaganman" Yangiliklar

Bobur Akbarov: "Ashurmatov qo'l ostida o'ynagan hech bir futbolchining noliganini eshitmaganman"

Oxirgi yillarda Namanganning "Navbahor" klubida o'tkazgan Bobur Akbarov 2016 yilgi mavsumni vodiyning boshqa bir klubida boshlaydi.

Himoyachi "Andijon" klubining mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Andijon viloyatida tug'ilgan Akbarov bundan oldin oliy ligada "Guliston", "Bunyodkor" va "Navbahor" klubi safida faoliyat olib borgandi. Nihoyat futbolchi o'zi tug'ilgan viloyat bosh jamoasida o'ynaydigan bo'ldi. Biz "Andijon"ning Toshkentda olib borayotgan yig'ini vaqtida Bobur Akbarov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- "Andijon"ga o'tishingiz qanday ro'y berdi?
- Aslida meni "Andijon"ga o'tgan yil dekabr oyida taklif etishgandi. O'sha paytda oldimda bir qator takliflar bor edi. Ular ichida "Nasaf" klubi ham bor edi. Bu jamoa Osiyo chempionlar ligasida o'ynashini agar "Nasaf" bilan kelisha olmasam albatta "Andijon"ga qaytishga vada bergandim. "Nasaf"ga borib shifokorlar nazoratidan o'tgach jarohatim bitishiga yana ozroq vaqt kerakligini bildim va ortga qaytdim. SHu kungacha uyda jarohatimni davolashga harakat qildim. Bu vaqt ichida ham takliflar to'xtamadi lekin ularga o'z minnatdorchiligimni bildirib "Andijon" jamoasiga vada berib qo'yganimni aytdim. O'z uyimda o'ynash niyatida ekanligimni tushuntirdim. Mana hozir jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladim.



- Baxtiyor Ashurmatov bilan bundan oldin "Guliston" va "Navbahor" klubida ham birga ishlagansiz. Yana shu murabbiy bilan yo'llaringiz kesishdi...

- SHu kungacha Ashurmatovning qo'l ostida faoliyat olib borgan hech bir futbolchining noliganini eshitmaganman, shu qatori men ham. Baxtiyor Azamovich jamoada ish boshlagani "Andijon" jamoasi qolaversa, barcha muxlislar uchun ayni muddao bo'ldi deb o'ylayman. Negaki "Andijon" so'nggi yillarda oliy ligada autsayderlar qatoriga tushib qolayotgan edi. Ashurmatov kelajakda "Andijon"ni yuqori saviyadagi jamoaga aylantirishiga ishonchim komil.

- Siz Andijonda tug'ilgansiz. Lekin shu kunga qadar "Andijon"da o'ynamagandingiz. Sababi nimada?

- To'g'risi deyarli har yili klubdan taklif bo'lar edi. Nasib etmagan shekilli boshqa klublarda faoliyat olib bordim. Mana vaqti keldi. "Andijon" jamoasiga o'z mehnatim bilan yordam berishga tayyorman.

- Bobur Akbarov yoshligida qaysi himoyachilarning o'yinlarini miriqib kuzatgan?

- Italiyalik Paolo Maldini hammadan ham ko'prok yoqardi. "Milan" afsonasining o'yinlarini qoldirmay ko'rib borishga harakat qilardim.

- "Guliston"dan so'ng "Bunyodkor"ga o'tgansiz. Biroq "qaldirg'ochlar" safida uzoq ushlanib qolmagansiz. Bu xato qadam edimi?

- Yo'q, bu xato emasdi menimcha. "Bunyodkor"da Mirjalol Qosimov ko'l ostida yana ham o'sishga erishib terma jamoa darajasidagi o'yinchiga aylanmoqchi edim. Baxtga qarshi jiddiy jarohat olib bunga erisha olmadim. 2 yil davomida aynan o'sha jarohat bilan futbol o'ynadim. Oxiri operaciya yo'li bilan undan qutilayapman. Operaciyadan so'ng endi mashg'ulotlarni boshladim.


- "Navbahor"ni tark etishingizga nima sabab bo'ldi? Klub muxlislariga tilklaringiz.
- "Navbahor"dan ketishimning asosiy sababi bazi bir qo'shtirnoq ichidagi muxlislar. Nega desangiz shunday muxlislar bor ediki futbol nimaligini tushunmaydi, lekin stadionga kelib futbolchilarni behurmat qiladi. Bu holat butun mavsum davomida takrorlanib turdi. Ularga maydonda mehnat qiladigan emas, o'zini ko'rsatadigan, jamoa emas o'zining mavqei uchun har xil qiliq chiqaradigan o'yinchi afzal. Bu bilan men yaxshi o'yinchiman degan fikrdan yiroqman. Tan olaman o'tgan yilning birinchi turida o'z uyimizda "Mashal"ga qarshi bo'lgan bahsda aynan mening xatoim tufayli gol o'tkazib yuborganmiz. SHu o'yinda o'z muxlislarimiz oldida mag'lubiyatga uchraganmiz. Bu haligacha ko'z oldimda turadi. Uchrashuvdan keyin "Navbahor"ning haqiqiy muxlislari "xafa bo'lma, futbolda bunday holatlar bo'lib turadi" deb ko'nglimni ko'tarishgan. Ularga doim o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Aynan shunday ashaddiy muxlislar borligi uchun ham "Navbahor" kelajakda medallar uchun kurashadigan jamoa bo'lishini tilab qolaman.

- Bilamizki "Andijon" muxlislari juda ham faol va talabchan. Ular tomonidan bo'ladigan tanqidlar va maqtovlarga tayyormisiz?

- Bir yarim yil "Navbahor"da o'ynab bunga ko'nikib qoldim. Menimcha futbolda tanqid va maqtovlar yonma-yon tursa kerak va men bunga tayyorman. Futbolchi tanqid qilinsa o'z ustida yana ham ko'proq ishlab yaxshi o'yini bilan bunga javob berishi kerak. SHunisi aniqki jamoaga foyda keltirish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

- "Andijon" klubining va shaxsan sizning maqsadingiz qanday?

- "Andijon"ning bu yilgi maqsadi grand klublar qatorida bo'lish. So'nggi yillarda "burgutlar" asosan oliy ligada qolish uchun kurashishgan, bu yil barchasi boshqacha bo'lishiga ishonamiz. Men esa shu yo'lda qo'limdan kelganicha yordam berib, jamoa rahbarlari hamda muxlislar ishonchini oqlashni istayman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика