So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Bobir Abdixoliqov: "Kumush medalga ega chiqishimizda "Nasaf" oilasidagi barchaning hissasi bor" Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: "Kumush medalga ega chiqishimizda "Nasaf" oilasidagi barchaning hissasi bor"

Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliga 24-turida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi va mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda kumush meddalari masalasini o'zi uchun ijobiy hal qildi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng joriy mavsumda ko'plab gollari bilan jamoasining g'alabalariga munosib ulush qo'shayotgan Bobir Abdixoliqovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Kumush medalni qo'lga kiritishimizda  murabbiylar, futbolchilar umuman "Nasaf" oilasidagi barchaning hissasi bor. Jamoadagi futbolchilar yosh bo'lishiga qaramasdan har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishdi va medallarga ega chiqish uchun 200 foiz kuch bilan harakat qilishdi. Buning mevasini mana bugun ko'rib turibmiz. Har bir uchrashuvda gol urish uchun intilaman, chunki bu vazifamdir. Balki bu yil o'sishga erishdim deyishim mumkin. Lekin ko'p vaziyatlardan foydalana olmayapman. Buning uchun o'z ustimda ishlashdan to'xtamasligim kerak. Ayrim pallalarda yuz foizlik imkoniyatlar bo'ladi. 

Jamoada o'yinni shakllantirish va yo'lga qo'yishda murabbiyimizning tajribasi katta rol o'ynadi. Aksariyat futbolchilar bilan klub akademiyasida birga katta bo'lganmiz. Ichki muhit, o'zaro munosabat, o'yin barchasi yaxshi bo'lgani uchun  ham oraliqdagi tanaffuslardan so'ng qiyinchiliklar bo'lmadi. Moliyaviy muammolar bo'ldi. Ammo biz rahbariyatga ishonamiz. "Nasaf" hech qachon bunday holatga tushmagan edi. Biz futbolchilar maydonda borimizni berib o'ynashimizni kelishib olgan edik. Muxlislarimizga qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman ",- deydi Bobir Abdixoliqov. 

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика