"Shalke-04" yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng "Al-Ittihod"ning tibbiy ko'rigidan o'ta olmadi.
Saudiya futbol klubi futbolchi bilan ikki yillik shartnomaga kelishib qo'ygan edi va undan Madrid klinikasida tibbiy ko'rikdan o'tishni so'rashdi. Tibbiy tekshiruv natijalari "Al-Ittihod"ni qoniqtirmadi va kelishuv amalga oshmadi.