So’nggi yangiliklar

13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  1 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  0 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  30 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  3 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  5 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  9 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  39 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  4 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  6 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  2 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  5

Bizga ham Arab Kubogiga o'xshash musobaqa kerak Yangiliklar

Bizga ham Arab Kubogiga o'xshash musobaqa kerak

Bugun Qatarda navbatdagi Arab Kubogi musobaqasiga start berildi.

Tarix bo'yicha olib qarasak, bu 10-musobaqa bo'ladi. Lekin nom jihatdan birinchisi. Nima uchun deganda bungacha Arab Kubogi deb nomlanib kelgan musobaqa bu yildan FIFA Arab Kubogiga o'zgardi. Yani, ushbu musobaqa endilikda FIFA bayrog'i ostida o'tkaziladi. Bundan ko'rinib turibdiki, arablar bu ishning uddasidan chiqishdi. 

Barcha chempionlar

Ushbu musobaqa ilk bor 1963 yil o'tkazilgan. Dastlabki turnirga Livan mezbonlik qilgan. Quyida musobaqa o'tkazilgan yillar va chempionlarni keltirib o'tamiz. 

1963 yil. Mezbon - Livan. CHempion - Tunis

1964 yil. Mezbon - Quvayt. CHempion - Iroq.

1966 yil. Mezbon - Iroq. CHempion - Iroq. 

1985 yil. Mezbon - Saudiya Arabistoni. CHempion - Iroq.

1988 yil. Mezbon - Iordaniya. CHempion - Iroq. 

1992 yil. Mezbon - Suriya. CHempion - Misr. 

1998 yil. Mezbon - Qatar. CHempion - Saudiya Arabistoni. 

2002 yil. Mezbon - Quvayt. CHempion - Saudiya Arabistoni. 

2012 yil. Mezbon - Saudiya Arabistoni. CHempion - Marokash. 

2021 yil. Mezbon - Qatar. CHempion - ???

Arablar musobaqa dunyo etiborini tortishi uchun FIFA Arab Kubogi deb nom berishdi. Bu esa o'yinlar FIFA diqqat-markazida turishini va o'z navbatida ko'pchilikning kuzatishiga sabab bo'lishini anglatadi. 


U-20 Arab Kubogi

SHu yilning iyun oyida Misrda U-20 Arab Kubogi ham o'tkazildi. Bunda O'zbekiston U-18 terma jamoasi ishtirok etib qaytdi. Ko'ryapsizmi, arablarda ikkita Arab Kubogi musobaqasi bor: ham yoshlar, ham kattalar o'rtasida. Bu tomonlama ham ularga qoyil qolsa arziydi. 


MDH Kubogi esingizdami? 

Bir paytlar MDH davlatlari chempionlari o'rtasida MDH Kubogi musobaqasi bo'lardi. Bu musobaqada 2007 yil "Paxtakor" g'olib chiqqanini yaxshi eslasangiz kerak. 1993 yil yo'lga qo'yilgan ushbu musobaqa 2011 yilga qadar o'tkazildi. SHundan so'ng 4 yilga to'xtab qoldi. 2016 yildan esa yana qayta yo'lga qo'yilib, bu safar faqat U-21 jamoalar ishtirok etishi belgilab qo'yildi. 

2017 yildan beri o'tkazilgani yo'q. Lekin bu musobaqani qayta tiklasa bo'ladi va endilikda MDH Kubogida klublar emas, balki terma jamoalar ishtirokini yo'lga qiyish mumkin. Mayli, milliy terma jamoalar qatanashmasin, mayli klublarning asosiy tarkibida to'p tepayotgan futbolchilar kelmasin, lekin aytaylik, U-21, U-22, U-23lar uchun ajoyib turnir bo'ladi. 

Masalan, olimpiya yoshdagi futbolchilar qatnashsa, judayam yaxshi. SHu orqali milliy terma jamoalar bosh murabbiylari nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib oladi. Biz MDH Kubogi deb aytishga o'rganib qolgan musobaqa ruschada Kubok Sodrujestva, ingliz tilida esa Commonwealth Cup deyilardi. Aytaylik, musobaqa bir tekis davom etishi uchun FIFAni hamkorlikka chaqirish mumkin. SHunda musobaqa FIFA MDH Kubogi yoki FIFA Commonwealth Cup deb yuritiladi. Axir arablar FIFA Arab Cup deyishyapti-ku. 


Kimlar ishtirok etadi? 

Agar MDH Kubogi terma jamoalar o'rtasida yo'lga qo'yilsa, kimlar qatnashishi ham malum. Yani, musobaqada sobiq Ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakat jamoalari ishtirok etadi. Bular - Rossiya, Ukraina, Latviya, Litva, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, O'zbekiston, Moldova, Qozog'iston, Qirg'iziston, Belarus, Estoniya, Armaniston, Tojikiston. 

FIFA Arab Kubogida 16ta jamoa qatnashyapti. MDH Kubogida esa 15ta jamoa bo'lyapti. 16-jamoa sifatida masalan Eronni taklif qilsa bo'ladi. CHunki Eron ham kuchli, ham ko'pincha musobaqasiz qolib ketadi. 


Futbol xalqlarni birlashtiradi

FIFA siyosatga etibor bermasdan futbolni ko'tarishga harakat qilyapti. Hozir bazi arab davlatlarida o'zaro aloqalar yaxshi emas. SHunga qaramay, ular hamjihat bo'lib futbolni yo'lga qo'ya bilishdi. Bunga FIFA ham aralashgan bo'lishi tabiiy. 

MDH davlatlari o'rtasida ham bazi kelishmovchilik bo'lib turibdi, lekin bir narsa unutmaylik, futbol xalqlarni birlashtiradi. Qolaversa futbol siyosatdan xoli bo'lishi kerak. 

Faraz qiling, MDH Kubogi FIFA nomi bilan qayta tiklansa va mezbon mamlakatga boshqa jamoalar tashrif buyursa, bu haqiqiy spektaklga aylanadi. Evropa-Osiyo futboli o'zaro kuch sinashib, jamoalar o'z mahoratini oshirib oladilar, musobaqa selekcionerlar ehtiborini tortadi. OAV musobaqani alohida yorita boshlaydi. 

Agar MDH davlatlari futbol federaciyalari o'zaro kelishib, so'ngra bu borada FIFAga murojaat qilishsa, o'ylaymizki, FIFA ham qo'llab-quvvatlaydi. Bundan esa faqat futbol yutadi, muxlislar yana chiroyli o'yinlar guvohi bo'lishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика