So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  0 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

"Biz o'zbekistonlik futzalchilarni hurmat qilamiz" - Mohammad Nazemoshahria Yangiliklar

"Biz o'zbekistonlik futzalchilarni hurmat qilamiz" - Mohammad Nazemoshahria

Litvada bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 final uchrashuvlari davom etadi.

Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 final uchrashuvini o'tkazadi. Litvada bo'lib o'tayotgan musobaqaning nimchorak finalida futzalchilarimiz Eron futzal termasiga qarshi kurash olib borishadi. 

Albatta, bugungi o'yin juda muhim, qolaversa raqib ham ancha kuchli. Eronlik futzalchilarning kuchini hammamiz yaxshi bilamiz. 2016 yilgi jahon chempionatida Eron uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. 

Bugungi bahs oldidan eronliklar bosh murabbiyi Mohammad Nazemoshahria shunday dedi: 

- Biz guruh uchrashuvlarini muvaffaqiyatli yakunlab 1/8 finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Argentinaga qarshi o'yinda ikki nafar o'yinchimiz jarohat sabab o'ynay olishmadi. Ular bo'lajak o'yinga tayyor. 

- O'zbekiston futzal terma jamoasi kuchli, chunki jahon chempionatida kuchsiz jamoalar ishtirok etmaydi. Biz hech bir raqibga past nazar bilan qaramaymiz, o'zbekistonlik futzalchilarni ham hurmat qilamiz.

- Biz O'zbekistonga qarshi iyul oyida Tailandda o'tkazilgan musobaqada bahs olib borgandik. SHundan beri oradan vaqt o'tdi va raqib ancha kuchaydi. O'zbekiston jahon chempionatiga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Guruh bahslarida garchi ikki bor mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, bu hech narsani anglatmaydi. Negaki pley-offda har narsa ro'y berishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Eron futzal terma jamoasi ushbu jahon chempionatida Serbiya va AQSH ustidan g'alaba qozonib, Argentinaga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqdi. 

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz esa Gvatemala bilan Rossiyaga imkoniyatni boy berib, Misrni mag'lub etgan holda keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. Bugungi muhim bellashuv bizning vaqt bilan 19:30da start oladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика