Birxoff: “Germaniya terma jamoasi hozircha hech narsaga erishgani yo'q”
09 iyu 2014 11:06
Yangiliklar
Birxoff: “Germaniya terma jamoasi hozircha hech narsaga erishgani yo'q”
Germaniya terma jamoasi menedjeri Oliver Birxoff Braziliya va Germaniya o'rtasida bo'lib o'tgan mundialning yarim final uchrashuvini tahlil qildi.
Yoaxim Lyov shogirdlari braziliyalik raqiblarini 7:1 hisobida yanchib tashlashdi.
“Braziliyaliklar o'yin tizginini butunlay qo'ldan boy berishdi. Biz bu imkoniyatdan foydalanishga tayyor edik. Jamoamiz juda yaxshi futbol namoish etdi. Maydonda bizning ustunligimiz to'liq sezildi. Ammo biz hozircha hech narsaga erishganimiz yo'q. Final uchrashuvida kuchlar yana teng bo'ladi” – deydi Birxoff.

Fikrlar