"Birmingem"dan 9 ochko olib tashlandi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 18:45
Chempionshipda ishtirok etadigan "Birmingem" klubidan 9 ochko olib tashlandi.

Klub so'nggi uch yilda o'rtacha 15 mln. evrodan zarar ko'rgani uchun bunday jazo qo'llanildi. Ingliz futbol qoidalari klublar zarar ko'rishiga imkon bermaydi.

Ma'lum bo'lishicha, "Birmingem" endi jazolanmaydi.

Ochko olinishidan avval "Birmingem" 50 ochko bilan 13-o'rinda edi. Hozir ular 18-o'ringa tushib ketishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС