So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Birlashish vaqti Yangiliklar

Birlashish vaqti

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun erta tongda Toshkent-Dubay reysi bilan BAAga uchib ketdi.

Vakillarimiz u erda Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etib, hal qiluvchi JCH-2022  saralash bahslarini o'tkazgani Saudiya Arabistoniga yo'l olishadi. 

Hozirda ortiqcha gap aytishni, uzundan uzoq terma jamoa haqida gapirishni mavridi emas. Bo'lar ish bo'lib bo'ldi. Qilinishi kerak bo'lgan ishlar uchun etarlicha vaqt berildi. Aytiladigan gaplarning ko'pi aytildi. Abramovning eksperimentlari ham tugadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda aniq bir tarkibni tanlab, etiborni Saudiya Arabistonidagi uchta o'yinga qaratish payti keldi. U erda faqat mezbonlar bilan o'yin kutib turgani yo'q, dastlab Singapur va Yaman to'sig'idan o'tish kerak. Agarda mana shu ikki o'yinni unutib hayol faqat Saudiyada bo'lsa, bu katta xato. Hozir yangi nomlarni sinovdan o'tkazadigan payt hisoblanmaydi, kerakli va terma jamoaga yordam bera oladigan, o'z poziciyasidagi eng kuchlilarni aniqlab olish qoldi, xolos. 

O'ylantirayotgan ikki jihat bor: darvoza va markaziy himoya. Odatda, biror ciklda darvozabon masalasida bunchalik xavotirli vaziyat bo'lmagan. To'g'ri, avvalgi mundial saralashida Lobanovning darvozada turishi keskin tanqidlarga sabab bo'lgandi. Muhimi, o'shanda terma jamoada aniq kiper bo'lgan. So'nggi ikki Xitoy va Janubiy Koreya bilan to'qnashuvlarda Nesterov jonimizga oro kirgani yodimizda. Lekin hozirda rasmiy uchrashuvlarda darvozamizni qo'riqlashi mumkin bo'lgan aniq bir posbonni ayta olmaymiz. BAAga Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") olib ketildi. Rasmiy o'yinlarda darvozamizni kim qo'riqlashi esa mavhumligicha qolmoqda. Nematovda katta va darajasi yuqori o'yinlarda tajriba etishmasligi pand berib qoladi, degan xavotir bor. Valijon Rahimov esa hali terma jamoada o'ynamagan. Birgina variant qolmoqda - Sanjar Quvvatov. Ushbu kiperda xalqaro o'yin tajribasi, ko'nikmasi bor. Faoliyati davomida bunday darajadagi uchrashuvlarda ishtirok etgan. Lekin standart vaziyatlarda to'pni qaytarishga qiynaladi. Asosiy kamchiligi shu. Buning uchun himoyachilarimiz hushyor harakat qilishi darkor. 

Markaziy himoyada kim o'ynashi ham jumboqligicha qolmoqda. Ro'yxatda Islomjon Qobilov, Umarbek Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Islom To'xtaxo'jaev, Husniddin Aliqulov bor. Agarda gavdasi va jismoniy tomondan baquvvatligi, to'p bilan yaxshi muoamala qilishini hisobga olsak, Rustam Ashurmatov mudofaa markazida asosiy vazifani bajarishi mumkin. Boz ustiga jamoamizning so'nggi rasmiy o'yinlarida mazkur himoyachi o'ynaganini inobatga olish lozim. Uning yonida Islom Qobilov yoki Islom To'xtaxo'jaev o'ynashi ehtimoli mavjud.  To'xtaxo'jaev  ayni paytgacha o'tkazilgan 6ta o'rtoqlik ("Zenit", Iordaniya, "SHaxtyor", Gana, Iroq, Turkmaniston) uchrashuvining 3tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Qobilov ham 3ta o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan. Tanlov Abramovning qo'lida. Yakuniy qarorni esa bosh murabbiyning o'zi qabul qiladi. 

Rasmiy o'yinlar boshlanishiga hech qancha vaqt qolmadi. Ayni paytda barchamizdan talab qilinadigan yagona narsa - birlashish va qo'llab-quvvatlash.  Keling mazkur uchta o'yinda birlashgan holda vakillarimizni olqishlab turaylik. Mayli bir kishimi yoki ming kishimi, zero xalqimizda birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar degan ajoyib naql bor. CHunki qo'limizdan keladigani shu. Futbolchilarimizga Saudiya Arabistonidan yorug' yuz bilan qaytishlarini tilab qolamiz. Ishonch va umid so'nggi pallada so'nadi. Olg'a O'zbekiston!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика