Birinchi zarbda tizzagacha, ikkinchi zarbda beligacha. "CHelsi"ga nimalar bo'lyapti?
31 avg 2022 12:59
Yangiliklar


Birinchi zarbda tizzagacha, ikkinchi zarbda beligacha. "CHelsi"ga nimalar bo'lyapti?
Angliya Premer-ligasida 5ta o'yin o'tkazgan Londonning "CHelsi" klubi 7 ochko jamg'ardi.
Bu jamoa ayni payt turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Qizig'i shundaki, "CHelsi" APLning oxirgi ikkita safar o'yinida mag'lubiyatga uchradi.
Londonliklar avvaliga "Lids" maydonidan 0:3 hisobida mag'lubiyat bilan qaytishdi. Kecha esa "Sautgempton"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu ketishda "aristokratlar" chempionlik kurashidan chiqib ketadi-yov.
Xullas, "CHelsi" mehmonda ikkita og'ir mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Jamoa keyingi safar o'yinini 10 sentyabr kuni "Fulxem"ga qarshi o'tkazadi. London derbisida ham mag'lubiyat kuzatilsa bormi...
O’xshash yangiliklar

Fikrlar