Birinchi ligaga davogarlar kurashni boshlashyapti
28 noy 2013 09:09
Yangiliklar

Birinchi ligaga davogarlar kurashni boshlashyapti
28 noyabrdan Toshkent va Buxoroda II liganing hududiy g'oliblari ikki guruhga bo'lingan holda o'zaro kurashga kirishishmoqda va 3 dekabrgacha davom etadigan bahslar orqali kelgusi mavsumda birinchi ligada to'p suradigan to'rt jamoani aniqlashadi.
27 noyabr kuni O'zbekiston Professional futbol ligasi ofisida Toshkent qabul qiladigan “A” guruhi o'yinlari taqvimini tuzishga qura tashlandi.
Eslatib o'tamiz, “A” guruhida quyidagi besh jamoa to'p suradi: “Bunyodkor-Geofizika” (Toshkent viloyati), “Obod” (Toshkent shahri), “O'zDong-Ju” (Andijon), “Dinamo” (Farg'ona) hamda “Bunyodkor” (Toshkent). Uchrashuvlar ikkita stadionda o'tadi: Toshkent viloyati chempioni, “Bunyodkor-Geofizika” jamoasining “Geofizika” stadionida va “Obod” klubining uy arenasi – suniy qoplamali “Tashselmash” stadionida.
Raqiblar haqida ikki og'izdan malumot berib o'tsak. “Bunyodkor-Geofizika” jamoasini o'tmishdagi taniqli futbolchi, Farg'onaning “Neftchi” klubida hujumchi ortidagi poziciyada uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli to'p surgan Sergey Ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostidagi futbolchilardan muxlislar G'ulom Halimtoev (jamoa sardori), Yashar Mutalibov, SHuhrat Qozoqboev, Pavel Tyulkinlarni ozmi-ko'pmi bilishadi.
O'zbekistonning 2013 yilgi chempioni va mamlakat kubogi sohibi “Bunyodkor”ning farm-klubiga O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Sergey Lushan ustozlik qilyapti. Yosh “qaldirg'ochlar” turnirga Samarqandda o'tkazilgan jismoniy tarbiya jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogining finalchilari sifatida yo'llanma olishgan edi.
Toshkent shahri chempioni “Obod” jamoasi (bosh murabbiy Farhod Safarov) ham, qolgan barcha qatnashchilar kabi, o'z oldiga birinchi ligaga chiqish vazifasini qo'ygan.
“A” guruhi taqvimi
1-tur. 28 noyabr
BUNYODKOR-GEOFIZIKA – BUNYODKOR (“Geofizika” stadioni)
OBOD – DINAMO (“Tashselmash” stadioni)
2-tur. 29 noyabr
O'zDONG-JU – DINAMO (“Geofizika” stadioni)
OBOD – BUNYODKOR (“Tashselmash” stadioni)
3-tur. 30 noyabr
BUNYODKOR-GEOFIZIKA – OBOD (“Geofizika” stadioni)
BUNYODKOR – O'zDONG-JU (“Tashselmash” stadioni)
1 dekabr – dam olish kuni
4-tur. 2 dekabr
BUNYODKOR-GEOFIZIKA – O'zDONG-JU (“Geofizika” stadioni)
DINAMO – BUNYODKOR (“Tashselmash” stadioni)
5-tur. 3 dekabr
BUNYODKOR-GEOFIZIKA – DINAMO (“Geofizika” stadioni)
OBOD – O'zDONG-JU (“Tashselmash” stadioni)
“Geofizika” va “Tashselmash” stadionlarida o'yinlar har kuni soat 11:00da boshlanadi.

Farg'ona viloyati chempioni – “Dinamo” jamoasi boshlig'i lavozimida sobiq taniqli futbolchi Bahrom Haydarov faoliyat olib bormoqda. Jamoa murabbiysi – asosan “Neftchi”ning o'rinbosarlari tarkibidagi o'yinlari bilan esda qolgan Xushbek Qosimov.
Toshkent shahri chempioni “Obod” jamoasi (bosh murabbiy Farhod Safarov) ham, qolgan barcha qatnashchilar kabi, o'z oldiga birinchi ligaga chiqish vazifasini qo'ygan.
Buxoro mezbonlik qiladigan “B” guruhida quyidagi qatnashchilar o'zaro bahslashishadi: Qoraqalpog'iston Respublikasi chempioni, Buxoro viloyati chempioni, Samarqand viloyati chempioni, Qashqadaryo viloyati chempioni va “Bahor-Geolog” Samarqand (jismoniy tarbiya jamoalari kubogi sohibi).

Fikrlar