So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  1 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  6 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  8 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

Birinchi liga. “Xorazm”ning yirik g'alabasi Yangiliklar

Birinchi liga. “Xorazm”ning yirik g'alabasi

Mubolag'a emas, urganchlik futbolchilar ikkinchi bosqichni ko'tarinki ruhda boshlashdi.

Vaholanki, vohaliklar birinchi turda safarda poytaxtning “Oqtepa” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonishib, muhim uch ochkoni olishga muvaffaq bo'lishgandi. Bu safar o'z maydonida “Kosonsoy” ustidan yirik hisobda ustun kelishdi.

Umuman, mazkur uchrashuvning birinchi bo'limi “Xorazm”liklarning to'la ustunligida o'tdi. Bundan Vali Sultonovning shogirdlari maydonga faqat va faqat g'alaba uchun  tushishganini ilg'ash mushkul emasdi. O'z navbatida Marks Quramboev, Omadjon Toyloqov, Nizomjon Norov, Jasur Otajonovlar bir necha marotaba “Kosonsoy” jamoasi darvozasiga to'p kiritish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Biroq, bazi vaziyatlarda kosonsoyliklar darvozaboni Dilmurod Mamayusupovning mahorati bunga yo'l qo'ymadi. O'yinning ushbu qismida mehmonlar asosan himoyada harakat qilishgani, mezbonlar tomonidan ko'plab qarshi hujumlar uyushtirilishiga imkon yaratgani bor gap. Bo'lim tugashiga ikki daqiqa qolgandagina kosonsoylik futbolchilar G'ayrat O'daev qo'riqlayotgan darvozaga tomon ikki marta zarba uyushtirishdi. Ushbu holatda Bobirjon Mamajonov va Doston Ubaydullaevlar tepgan ikkala to'p ham darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'lim ham dastlabkisi singari maydon egalarining tinimsiz hujumlari ostida kechdi. Buni inkor etib bo'lmaydi, albatta. Nihoyat, 65-daqiqaga kelib urganchliklar niyatlariga erishishdi. O'ng qanotdan Marks Quramboev oshirib bergan to'pni Ilyos Xayrov boshi bilan darvoza to'riga yo'lladi, 1:0. Bundan ruhlangan mezbonlar qarshi hujumni yanada avjiga chiqarishdi. Uchrashuv tugashiga o'n daqiqa qolganida Marks hisobni bir to'pga oshirgan bo'lsa, 81-daqiqada esa tinib-tinchimas Temur Bekchanov hisobni yirik ko'rinish olishi taminladi, 3:0. Qolgan daqiqalarda jamoalarga hisobni o'zgartirish nasib etmadi. SHu tariqa o'yin poyoniga etdi.

 Vali SULTONOV (“Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi): - Ochig'i, har qanday raqibga oddiy nazar bilan qaramaslik lozim. Bugun shogirdlarim oson yutuqqa erishishni o'ylashdi chog'i, birinchi bo'limda o'zlarining samarasiz harakatlari bilan bizni biroz hayojonga solishdi. Ikkinchi bo'limda tavsiya va ko'rsatmalarimdan to'g'ri xulos chiqarishib o'ynashgani bois, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Qolaversa, buning barobarida o'yingohimizga yig'ilgan muxlislarimizga xush kayfiyat ulashdik. Bundan juda mamnunmiz.

 Mehmon SOLIJO'JAEV (“Kosonsoy” jamoasi bosh murabbiyi): -  Umuman, bugun nafaqat ishqibozlar, biz ham qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. O'z navbatida ikkala jamoa ham chiroyli o'yin namoyish etishdi. Omad esa “Xorazm” jamoasi tomonida bo'ldi. Yutuq bilan mezbonlarni tabriklayman. Bugungi uchrashuvda futbolchilarimiz tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlab, keyingi o'yinlarda o'z muxlislarimizni quvontiramiz, degan umiddamiz.

Ikkinchi bosqich.  2- tur. 18 avgust (seshanba)

“Xorazm” (Urganch) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) – 3:0 (0:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 1241 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin (Tashkent) – 8,5, D. Sarsenov (Nukus) – 8,3, B. Qannazarov (Nukus) – 8,3, A. Alimov (Urganch) – 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Tashkent).
Gol: I. Xayrov (65), M. Quramboev (80), T. Bekchanov (81).
Ogohlantirish: D. Isoqulov (26), N. Otaniyozov (71) – S. Sotvoldiev (41), I. Ismoilov (52), A. Qurbonov (82).
Maydondan chetlatish: D. Isoqulov (ikkinchi ogohlantirish, 36) – S. Sotvoldiev (ikkinchi ogohlantirish, 69).

“Xorazm”: 35. G'ayrat O'daev (1.Ravshan Jumaniyozov, 82), 2. Dilshod Isoqulov, 4. Jasur Otajonov,  5. Temur Ismoilov, 7. Marks Quranboev, 8. Xayrullajon Jakparov (10.Temur Bekchanov, 51). 9. Nizomjon Norov (3. Sardorbek Matmurotov, 80), 13. Mirzobek Quryozov (12. Nizomiddin Otaniyozov, 62), 15. Ilyos Xayrov (11. Oxunjon Razzoqov,85), 17. Omadjon Toyloqov, 18. Abror Husinov.

“Kosonsoy”: 79. Dilmurod Mamayusupov, 3. Nodirjon Adamxonov, 4. Mirjamol Jamolov, 5. Azizjon Qurbonov, 6. Islomjon Ismoilov, 7. Sardor Sotiboldiev, 8. Azizbek Mamazoitov, 9. Ibrohim Abdullaev, 10. Bobirjon Mamajonov (15. Abbosjon G'ulomov, 46), 18. Farruxbek Abdurahmonov (14. Ibrohimjon Ergashev, 14), 22. Doston Ubaydullaev (20. Dilmurod SHodiev, 78).


Ikrom  XUDOYBERGANOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика