So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  3 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  5 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  6 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  82 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  134 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1052

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 3-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 3-tur statistikasi

11-12 aprel kunlari mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liganing 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muxlislar bir qator qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'lgan o'yinlarga guvoh bo'ldi. Odatdagidek tur yakunlari bo'yicha etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

“QO'QON-1912” YANA OCHKO YO'QOTDI YOXUD “OQ-TEPA” VA “O'Z-DONG-JU” SO'NGGI DAQIQALARDA G'ALABANI ILIB KETDI
Mazkur turda ham odatdagidek 6ta o'yin o'tkazildi. Oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri sifatida tilga olinayotgan “Qo'qon-1912” bu safargi turda ham durang qayd etib qimmatli ochkolarni boy berdi. Tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan “Bunyodkor-2” o'zidan birmuncha tajribali bo'lgan qo'qonliklarga jiddiy qarshilik ko'rsatib, safardan 1 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor-2” 1:1.

Andijonda liga debyutantlari o'rtasida kechgan uchrashuv hujumkor ruhda kechdi. Toshkentning “Obod” jamoasi shu kuni mazmunli o'yin ko'rsatib, chempionatda shunchaki ishtirok etmasligini amalda isbotladi. Tarkibi yoshlardan iborat “O'zDongJu”  ham o'z muxlislari qarshisida o'ynayotganini his etgan xolda g'alaba uchun to'p surdi. O'yinda birinchi bo'lib hisobni ochgan mehmonlar ikkinchi bo'limda o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yuborib alamli mag'lubiyatga uchradi. Ayniqsa uchrashuvning 90+4-daqiqasida penaltidan gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'lish har qanday jamoa uchun alamli bo'lsa kerak albatta. Aslida toshkentliklar shu kuni kamida durangga loyiq o'yin namoyish etgandi.
“O'zDongJu” – “Obod” 2:1.

Bu yil elitaga chiqishni ko'zlayotgan “Oq-tepa” bu turda o'z maydonida “Xotira-79”ni qabul qildi. Joriy mavsum tarkibini etakchi o'yinchilar bilan kuchaytirib olgan uychiliklar shu kuni mezbonlarga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Bu jamoa ham hisobni birinchi bo'lib ochib yakunda safardan quruq qo'l bilan qaytishga majbur bo'ldi. Boisi “Oq-tepa” futbolchilari so'nggi 5 daqiqa ichida ikkita gol urib irodali g'alabaga erishdi.
“Oq-tepa” – “Xotira-79” 2:1.

Tarkibiga oliy liganing etakchi o'yinchilarini qo'shib olgan “NBU-Osiyo” shunga qaramay mavsumni bir tekis o'tkaza olmayapti. “Bankirlar” bu galgi turda “Kosonsoy”ni qabul qilib raqibiga ochko ulashdi. Toshkentliklarning mag'lubiyati ko'pchilikni ajablantirdi.
“NBU-Osiyo” – “Kosonsoy” 0:2.

Vitaliy Legay boshqaruvidagi “CHust-Paxtakor” yana mag'lubiyatga uchradi. CHustda o'tgan yili yaxshi jamoa shakllantirilgandi. Lekin hozircha bu jamoaning ishi yurishmayapti. Balki bu joriy mavsum yangitdan tarkib tuzilgani bilan bog'liqdir. CHustliklar mazkur turda “Istiqlol”ni qabul qildi. Pskentliklar shu kuni katta ustunlikka erishib g'alaba qozonaganini ko'rish mumkin. Bu hisobda ham aks etib turibdi.
“CHust-Paxtakor” – “Istiqlol” 2:3.

Bu yil raqiblariga osonlikcha jon bermayotgan “Lokomotiv-BFK” har bir uchrashuvda ochko jamg'arib kelmoqda. Dastlabki ikki turda 4 ochko ishlagan jamoa bu safar o'z maydonida “Paxtakor-2”ni mag'lub eta olmadi. Dilshod Nuraliev shogirdlari ham anoyilardan emasligini amalda isbotladi. “Lokomotiv-BFK” – “Paxtakor-2” 1:1.

Umuman olganda 3-turda bo'lib o'tgan 6ta o'yinning 2tasida mezbonlar zafar quchgan. Ikkita bahsda durang qayd etilib yana qolgan ikki o'yinda mehmonlarning qo'li baland kelgan.  
 
GOLLAR

Ortda qolgan turda muxlislar hammasi bo'lib 17ta golga guvoh bo'ldi. SHundan 8tasi mezbon jamoalar foydasiga yozilgan bo'lsa, qolgan 9tasini mehmonlar kiritishgan. Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 6ta gol qayd etildi. Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada oshdi va tomoshabinlar yana 11ta gol ko'rishdi.

Turning eng tezkor goli 30-daqiqaga to'g'ri keldi. “Istiqlol” hujumchisi Isroil Tursunov ushbu daqiqada “CHust-Paxtakor” darvozasini ishg'ol etib uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
Aksincha turning eng so'nggi gol esa 90+4-daqiqada sodir bo'ldi. Etiborlisi ushbu daqiqada bira to'la ikkita futbolchi to'p kiritgan. Sergey Rekunning goli “Oq-tepa” “Xotira-79” ustidan g'alaba keltirgan bo'lsa, “O'zDongJu” azosi SHahboz Jumaboev hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada “Obod” darvozasini penaltidan ishg'ol etib jamoasining g'alabasini taminladi.

Mazkur turda “CHust-Paxtakor” – “Istiqlol” (2:3) bahsi gollarga boy tarzda kechgani bilan tarixda qoladigan bo'ldi.
Eng ko'p gol kiritgan jamoa esa Pskentning “Istiqlol” jamoasi bo'ldi, 3ta!

Safarda “NBU-Osiyo”ni mag'lubiyatga uchratib qaytgan “Kosonsoy” esa ushbu turda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan yagona jamoa bo'ldi!

3-turda ikkita penalti tepildi. Etiborlisi ularning barchasi gol bilan yakunlandi. SHahboz Jumaboev (“O'zDongJu”) bilan Jalil Kimsanov (“Qo'qon-1912”) bu borada belgilangan nuqtadan adashmadi.

SHuningdek bu turda dubl qayd etgan futbolchilar soni ham 2ta bo'ldi. Etiborlisi ularning ikkisi ham bitta o'yinda qayd etildi. Isroil Tursunovning dubli “Istiqlol”ga g'alaba keltirgan bo'lsa, “CHust-Paxtakor”ning 19 yoshli hujumchisi Muhriddin Mo'minovning dubli esa jamoasini faqat yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi xolos.   

OGOHLANTIRISHLAR
Ushbu turda uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar hammasi bo'lib 33ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi. Mezbonlardan 16 nafar futbolchi ogohlantirilgan bo'lsa, mehmonlarning 17ta o'yinchisiga sariq ko'rsatilgan.
Bahslarning birinchi bo'limida hakamlar cho'ntagidan 13 marotaba sariq kartochaka chiqarilgan bo'lsa, ikkinchi taymda yana 20 nafar futbolchi ogohlantirilgan.

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor-2” qarama-qarshiligi eng qo'pol o'yin bo'ldi. Mazkur uchrashuvni boshqarib borgan Temur To'xtasinov shu kuni 10ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatishga qaror qildi. Har bir jamoa azolariga 5tadan ogohlantirish.

“Istiqlol” bilan “Paxtakor-2” eng tartibli o'yin ko'rsatgan va shu bilan birga intizomli jamoalardan bo'ldi, 1tadan sariq kartochka
Ahamiyatlisi bu turda hakamlar hech bir futbolchiga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatmagan.

MUXLISLAR
3-tur o'yinlariga hammasi bo'lib 12565 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu har bir bahsga o'rtacha 2094 ta muxlis demakdir. Odatdagidek “Qo'qon-1912” uy o'yiniga bu safar ham eng ko'p tomoshabin kirdi. “Jar”da kechgan “NBU-Osiyo” – “Kosonsoy” bahsiga esa 307 nafar tomoshabin kirgani uchrashuv qaydnomasiga yozilgan. Tahminimizcha aslida bu bahsga tomoshabin kirmagan bo'lishi ham mumkin. CHunki mazkur uchrashuv 11 aprel kuni soat 12:00da boshlangan. Poytaxtda bunday vaqtda muxlsilarning futbol ko'rgani kirishi qiyin masala. SHu o'rinda ikki og'iz: PFLga bu yil ham qatiyatlik etishmayapti. CHunki to'la to'kis stadioniga ega bo'lmagan jamoalarga ham musobaqada ishtirok etishga ruhsat berayotgani kishini ajablantiradi. Farhod Magometov bu yil birinchi liganing ayrim klublarida taftish komissiyasi o'tkazilishini aytib o'tgandi. Bizningcha bu ketishda hech bir klub bu komissiya talablariga javob bermasa kerak.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Oqtepa – Xotira-79 – 2:1. 846 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Kosonsoy – 0:2. 307 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Bunyodkor-2 – 1:1. 7341 tomoshabin.
Uz-Dong-Ju – Obod – 2:1. 1114 tomoshabin.
CHust-Paxtakor – Istiqlol – 2:3. 1900 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – Paxtakor-2 – 1:1. 1057 tomoshabin.

3-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kosonsoy32018 - 356
2Xotira-7932016 - 426
3Oq-tepa32015 - 416
4UzDongJu32015 - 416
5Obod32016 - 516
6Istiqlol32017 - 706
7Qo'qon-191231203 - 125
8Lokomotiv BFK31203 - 215
9NBU-Osiyo31023 - 5-23
10Bunyodkor-230122 - 4-21
11Paxtakor-230122 - 7-51
12CHust-Paxtakor30033 - 7-40

TO'PURARLAR:
Isroil Tursunov (Istiqlol) – 5.
Abdurazzoq Jo'raev (Kosonsoy) – 4.
Islombek Isoqjonov (Xotira-79) – 3.

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Bugun va ertaga birinchi liganing navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
4-tur. 14 aprel (dushanba)
“Oq-tepa” – “Kosonsoy”
“NBU-Osiyo” – “Xotira-79”
“Qo'qon-1912” – “Obod”
“Uz-Dong-Ju” – “Bunyodkor-2”
15 aprel (seshanba)
“CHust-Paxtakor” – “Paxtakor-2”
“Lokomotiv-BFK” – “Istiqlol”

Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика