So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 12-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 12-tur statistikasi

8 iyun, dushanba kuni birinchi liganing “sharq” mintaqasida 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi.
Odatga ko'ra, ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“CEMENTCHI”DAN YIRIK G'ALABA YOXUD PESHQADAMLAR OCHKO YO'QOTDI
* Ortda qolgan 12-turda peshqadamlar ochko yo'qotgani etiborga molik. Oliy ligaga chiqish uchun ushbu mintaqada asosiy davogarlardan biri sifatida etirof etilayotgan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi dushanba oqshomida CHustga safar uyushtirib, 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
* “Kosonsoy” esa “Yozyovon-lochinlari” bilan kuch sinashdi va 2 :0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
* Turning yana bir kutilmagan natijasi Andijonda yuz berib, “UzDongJu” o'z maydonida “Bunyodkor-2”ga taslim bo'ldi.
* Bundan oldingi turda aynan “Bunyodkor-2”dan mag'lubiyatga uchragan “Cementchi” esa bu safar “Xotira-79”ni qabul qildi va raqibini ortiqcha ayab o'tirmadi – 8:1.
* Toshkentda kechgan derbida esa “bankirlar” o'z maydonida “Paxtakor-2” bilan o'ynab, ikki ochko yo'qotdi. Agarda “NBU-Osiyo” sardori Leonid Koshelev penaltini aniq amlga oshira olganida, mezbonlar shu kuni 1 ochko emas balki, 3 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lardi.

“Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) – 2:0.
“NBU-Osiyo” (Toshkent) – “Paxtakor-2” (Toshkent) – 0:0.
“CHust-Paxtakor” (CHust) – “Oq-tepa” (Toshkent) – 2:1.
“Cementchi” (Quvasoy) – “Xotira-79” (Uychi) – 8:1.
“UzDongJu” (Andijon) – “Bunyodkor-2” (Toshkent) – 0:1.

GOLLAR
* Ortda qolgan turning 5ta o'yinida jami 15ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
* 12ta golni mezbon jamoa futbolchilari kiritgan.
* Qolgan 3ta to'p esa mehmonlar foydasiga yozildi.
* Birinchi bo'limda kiritilgan gollar soni 4ta bo'ldi.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada oshdi va 11ta gol kuzatildi.
* Turning eng tezkor goli 9-daqiqada kiritildi. Ushbu soniyada “Yozyovon-lochinlari” o'yinchisi Muhammad Mamashokirov “Kosonsoy” darvozasini ishg'ol etdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+5-daqiqada sodir bo'ldi. “CHust-Paxtakor” azosi SHahzod Karimov so'nggi soniyalarda “Oq-tepa” darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
* Ushbu turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Cementchi” bo'ldi – 8ta.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborish bo'yicha esa “Xotira-79” “favorit” bo'ldi.
* “Yozyovon-lochinlari”, “Paxtakor-2”, “NBU-Osiyo”, “Bunyodkor-2” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
* 1ta dubl! “Cementchi” futbolchisi Akmali Rahimzoda jamoasining “Xotira-79” klubiga qarshi kechgan bahsida 2ta to'p kiritdi.
* 2ta penalti! 12-turning 5ta o'yinida hakamlar tomonidan 2ta penalti belgilandi. “NBU-Osiyo” sardori Leonid Koshelev 11 metrlik nuqtadan aniq foydalana olmagan bo'lsa, “CHust-Paxtakor” etakchisi Jamol Abdujabborov bu borada adashmadi.
* 1ta avtogol! “Xotira-79” o'yinchisi Rahmon O'rinov “Cementchi”ga qarshi bahsda kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ortda qolgan turning 5ta o'yinida hakamlar jami 25ta o'yinchini sariq kartochka bilan jazoladi!
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 8 nafari sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* Mehmonlar esa bu borada “peshqadamlik” qilishdi va 17ta sariq kartochka ular tomon ko'rsatildi.
* Uchrashuvlarning birinchi taymida 10ta sariq kartochka ko'rsatildi.
* Qolgan 15ta ogohlantirish esa ikkinchi bo'limda yuz berdi.
* Eng ko'p sariq kartochka “NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2” o'yinidan ko'rsatilgan - 9ta! 4tasi mezbonlarga qolgan 5tasi esa mehmonlar o'yinchisiga.
* “Cementchi” futbolchilari ushbu turda birorta ham sariq kartochka olmadi va bu borada boshqalarga namuna ko'rsatdi.
* 2ta chetlatish! Ushbu turda ikkin nafar o'yinchi maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi. “Oq-tepa” yarim himoyachisi Izzatilla Abdullaev “CHust-Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yinning 88-daqiqasida hakam tomonidan qizil kartochka olib maydonni tar etdi. Endi ushbu futbolchi kamida bitta o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek “Bunyodkor-2” azosi Nurillo To'xtasinov ham “UzDongJu” bilan o'yinda ikkinchi sariq kartochkani ishlab oldi va maydondan chetlatildi. Ushbu futbolchi ham endi navbatdagi turda jamoasiga yordam bera olmaydi.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
To'xtasinov peshqadam Kopadze, Agishev va Gormashov esa aksincha
* Ortda qolgan turda tabiiyki 5 nafar bosh hakam ishladi.
* Ulardan eng yuqori ball olgani esa andijonlik Temur To'xtasinov bo'ldi. Quvasoyda kechgan “Cementchi” – “Xotira-79” (8:1) bahsini boshqargan referi nazoratchi Ro'zim Davletmurotov tomonidan 8,5 ball oldi.
* Ravshan Kopadze, Vadim Agishev va gor Gormashov esa bu borada aksincha ko'rsatkich qayd etdi. Ushbu referilarning ishi 7,8 ballga munosib deya baholandi.
* Ushbu turda cho'natagidan eng ko'p sariq kartochka chiqargan hakam Dmitriy Pislegin bo'ldi, 9ta!
* Temur To'xtasinov esa aksincha mehmonlardan bir nafar o'yinchini ogohlantirdi xolos.

“Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) – 2:0. 1323 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 7,8, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,0, S. Sirazov (Toshkent viloyati) – 8,1
Nazoratchi: I. Raximov (Andijon).

“NBU-Osiyo” (Toshkent) – “Paxtakor-2” (Toshkent) – 0:0. 63 tomoshabin.
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent) – 8,0, B. Bahromov (Toshkent) – 8,3, D. Akmalov (Toshkent) – 8,3, SH. Mirjalolov - 8
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

“CHust-Paxtakor” (CHust) – “Oq-tepa” (Toshkent) – 2:1. 1511 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent) – 7,8, A. Marajabov (Andijon) – 8,1, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,1, A. Jabborov – 8
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

“Cementchi” (Quvasoy) – “Xotira-79” (Uychi) – 8:1. 2712 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon) – 8,5, R. Nigmanov (Toshkent) – 8,1, S. Eremeev (Toshkent) – 8,1, J. Hakimov - 8
Nazoratchi: R. Davletmurotov (Toshkent).

“UzDongJu” (Andijon) – “Bunyodkor-2” (Toshkent) – 0:1. 76 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Kopadze (Farg'ona) – 7,8, E. Tursunov (Namangan) – 7,9, I. Nosirov (Namangan) – 7,7, B. Ro'zimatov - 8
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

MUXLISLAR
* Ushbu turning 5ta o'yiniga hammasi bo'lib 5685 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Albatta bu juda kam.
* Har bir o'yinga esa o'rtacha 1137ta muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz tashrifi “CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa” o'yinida kuzatildi – 1511ta tomoshabin.
* Bu borada aksincha xolat esa Toshkentdagi “NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2” bahsida qayd etildi.
Andijonning “UzDongJu” jamoasi o'yiniga ham muxlislar tashrifi turdan-turga keskin pasayib ketmoqda. Balki bu uchrashuvning soat 17:00da (bu paytda jazirama bo'lmoqda) boshlanayotgani bilan bog'liqdir. Maydonning suniy ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, tabiiyki futbolchilarga ham bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi turgan gap.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“UzDongJu” (Andijon) – “Bunyodkor-2” (Toshkent) – 0:1. 76 tomoshabin.
“Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) – 2:0. 1323 tomoshabin.
“NBU-Osiyo” (Toshkent) – “Paxtakor-2” (Toshkent) – 0:0. 63 tomoshabin.
“CHust-Paxtakor” (CHust) – “Oq-tepa” (Toshkent) – 2:1. 1511 tomoshabin.
“Cementchi” (Quvasoy) – “Xotira-79” (Uychi) – 8:1. 2712 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Oq-tepa 12 8 1 3 20 - 11 9 25
2 UzDongJu 12 7 1 4 16 - 9 7 22
3 Xotira-79 12 7 0 5 20 - 24 -4 21
4 NBU-Osiyo 12 6 2 4 11 - 9 2 20
5 Kosonsoy 12 6 1 5 20 - 18 2 19
6 Cementchi 12 4 3 5 23 - 14 9 15
7 CHust-Paxtakor 12 4 2 6 15 - 18 -3 14
8 Paxtakor-2 12 2 7 3 15 - 15 0 13
9 Yozyovon-Lochinlari 12 3 2 7 12 - 22 -10 11
10 Bunyodkor-2 12 3 1 8 12 - 24 -12 10


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
13-tur.  13 iyun (shanba)
“Bunyodkor-2” – “Yozyovon-lochinlari”
“Xotira-79” – “UzDongJu”
“Kosonsoy” – “NBU-Osiyo”

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика