Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi. 1-tur statistikasi
06 apr 2014 13:14
Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi. 1-tur statistikasi
Xabaringiz bor, payshanba kuni mamlakatimizda birinchi liga o'yinlariga start berildi.
Bu yilgi mavsumda ham avvalgi yildagidek jamoalar ikki mintaqaga ajaratilgan xolda kurashga kirishdilar.
Quyida “sharq” mintaqasining 1-tur statistikasiga to'xtalib o'tamiz.
6 O'YIN
Payshanba kuni 1-turning 4ta o'yini bo'lib o'tdi. Ertasi kuni esa yana 2ta bahsga guvoh bo'ldik. Mazkur ortda qolgan tur o'yinlari muxlislarga bir nechta kutilmagan natijalarni taqdim etdi deyish mumkin. Xususan bu yil tarkibini taniqli nomlar bilan kuchaytirib olgan “NBU-Osiyo”ni ko'pchilik liga debyutanti “Obod” maydonidan g'alaba bilan qaytishini tahmin qilgandi. Ammo Xayrulla Abdiev jamoasi ham musobaqada shunchaki ishtirok etmasligini dastlabki turlardanoq isbotladi. Bundan oldin Kubok saralash bosqichida “Obod”ni yirik 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan “Bunyodkor-2”ning ham bu turda hamshahari “Oq-tepa”ga jiddiy qarshilik ko'rsatishi tahmin qilingandi.
O'tkazilgan jami oltita bahsning 4tasida mezbonlar g'alabaga erishgan bo'lsa, qolgan ikki o'yinda mehmonlarning qo'li baland kelgan. “Oq-tepa” va “Lokomotiv-BFK” mavsumni safarda boshlagan bo'lishlariga qaramay mehmonda o'z hisobiga uch ochko yozdirib qo'ya oldi. Etiborlisi bu turda durang kuzatilmadi.
GOLLAR
1-turning oltita o'yinida jami 21ta gol kuzatildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 3,5tadan gol demakdir. 14ta gol mezbonlar hisobiga yozilgan. Qolgan 7tasi esa mehmonlar foydasiga.
Turning eng tezkor goli – 9-daqiqaga to'g'ri keldi. “Xotira-79” futbolchisi Xusan G'aniev ushbu daqiqada “Istiqlol” darvozasiga to'p kiritdi.
Ortda qolgan turda eng ko'p golni “Kosonsoy” futbolchilari kiritdi. Bu jamoa “Paxtakor-2”ga qarshi o'yinda javobsiz naqd 4ta to'p kiritdi.
SHuningdek ular “Qo'qon-1912” kabi o'tkazilgan o'yinda o'z darvozalarini dahlsizligini saqlab qolgan.
Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar bu turda 2ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularni Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) va SHerzod Jalilov (“Obod”) aniq amalga oshirgan.
SHuningdek 1-turda to'satdan o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan o'yinchilar ham uchradi. Bu borada “O'zDongJu” futbolchilari jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Avvaliga Suhrob No'monov va keyinchalik Damir Jamoliddinov avtogol muallifiga aylandi. “CHust-Paxtakor” azosi G'iyosjon Tursunov ham “Qo'qon-1912”ga qarshi kechgan uchrashuvda o'z darvozasini ishg'ol etib yubordi.
Kiritilgan umumiy 21goldan 11tasi birinchi bo'limda kuzatilgan bo'lsa, qolgan 10tasi ikkinchi taymda yuz berdi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISHLAR
Bo'lib o'tgan uchrashuvlar chog'ida hakamlar qo'pollik ko'rsatgan o'yinchilarni ortiqcha ayab o'tirmadi. Qora kiyim sohiblari o'tkazilgan 6 bahsda jami 31ta sariq kartochka ko'rsatishga qaror qilgan. Bu har bir o'yinga 5,16 tadan sariq demakdir. Sariq kartochkalarning 11tasi mezbon futbolchilar manzili tomon ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 20ta sariq mehmonlar hisobiga yozilgan.
Sariq kartochkalarning 12tasi birinchi taymda kuzatildi. Qolgan 19tasi esa ikkinchi taymda ko'rsatilgan.
SHuningdek bu turda chetlatishlar ham bo'ldi. Unga ko'ra 2ta o'yinchiga qizil ko'rsatilgan. Bular – “NBU-Osiyo”ning tajribali himoyachisi Abdumajid Toirov va “Paxtakor-2” azosi Ulug'bek Boqievdir. Bu futbolchilar endi bugungi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.
TOMOSHABINLAR
1-turning 6ta o'yiniga hammasi bo'lib 12000 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 2000tadan muxlis demakdir.
PFL saytida chiqqan uchrashuvlar qaydnomasiga etibor qaratadigan bo'lsak, unda “Qo'qon-1912”ning muxlislar tashrifi borasida rekord o'rnatganini ko'rishimiz mumkin. Sababi Qo'qonda kechgan bahsga 71157 tomoshabin kirgani yozib o'tilgan. SHaxsan biz bungacha oliy va birinchi liga tizimidagi o'yinlarga shuncha miqdorda ishqiboz kirganini eslay olmaymiz. Balki bu uchrashuv nazoratchi hakami Andrey Tambovcevning yoki PFLning boshqa ishchi xodimlarining texnik xatosidir.
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Qo'qon-1912 – CHust-Paxtakor – 2:0 (0:0). 7157 tomoshabin.
O'z-Dong-Ju – Lokomotiv-BFK – 1:2 (0:1). 1013 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – Oq-tepa – 1:2 (0:2). 87 tomoshabin.
Obod – NBU-Osiyo – 3:2 (1:2). 103 tomoshabin.
Xotira-79 (Uychi) – Istiqlol (Toshkent) – 3:1. 2815 tomoshabin.
Kosonsoy (Kosonsoy) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 4:0. 825 tomoshabin.
Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Fikrlar