So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Birinchi liga. "SHahrixonchi" endi o'z maydonida o'ynamaydi Yangiliklar

Birinchi liga. "SHahrixonchi" endi o'z maydonida o'ynamaydi

"SHahrixonchi" jamoasi 2022 yilgi mavsum Birinchi liga musobaqasida ishtirok etish uchun qator talablar ijrosini o'z zimmasiga olgan bo'lib, bugunga kelib ularni lozim darajada bajarmadi.

SHundan kelib chiqib, Liga "SHahrixonchi" jamoasi o'z stadionida futbol uchrashuvlarini tashkil etmasligi yuzasidan qaror chiqardi. Bunda futbol jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun boshqa stadiondan foydalanishi lozim edi. Garchi jamoa boshqa stadion bo'yicha taklif kiritish masalasini paysalga solgan hamda belgilangan talablarga o'z vaqtida rioya qilmagan bo'lsada, Liga tumanning ko'p sonli futbol ishqibozlarining iltimosidan kelib chiqib, Birinchi liga 5-turidan o'rin olgan "Jayxun"ga qarshi bellashuvni SHahrixondan uncha uzoq bo'lmagan Oltiariqda o'tkazishga ruxsat berdi.

Biroq "SHahrixonchi" jamoasi rahbariyati mazkur bellashuvga umuman tayyorgarlik ko'rmagani, uchrashuvni o'tkazish uchun zarur sharoit tashkil qilmagani uchrashuv komissari tomonidan qayd etildi. Mazkur sabablardan kelib chiqib, "SHahrixonchi" jamoasi Birinchi liganing qolgan uchrashuvlarini faqatgina raqib jamoa maydonida o'tkazadi. Stadion borasida Liga tomonidan jamoa oldiga qo'yilgan talablar to'la hal qilingan taqdirda mazkur qarorni o'zgartirish varianti ko'rib chiqiladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика