So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  2 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Birinchi liga qanday bo'lmog'i kerak? Muxtor Qurbonov: “Xuddi oliy liga kabi o'tkazish kerak” Yangiliklar

Birinchi liga qanday bo'lmog'i kerak? Muxtor Qurbonov: “Xuddi oliy liga kabi o'tkazish kerak”

Oxirgi yillarda birinchi liga tizimi ko'pchilikda etiroz keltirib chiqarmoqda.
Kimdir huddi oliy liga kabi o'tkazish kerak desa, yana boshqa turli xil fikrlarni ilgari surmoqda. Bugundan boshlab, har kuni birinchi liganing mutaxassislari bilan suhbatlashib, ularning bu boradagi musohabalarini berib boramiz. Ajab emaski, PFL xodimlari bunga etibor qaratib, bo'lajak chempionat tizimiga ayrim o'zgartirishlar kiritsa.

Demak, yangi loyixamizning dastlabki mehmoni “NBU-Osiyo”ning sobiq murabbiyiga aylanib ulgurgan Muxtor Qurbonovdir.

- Birinchi liga chempionatining tizimiga o'zgaritirish kiritish shart deb hisoblayman. Buning uchun huddi oliy liga kabi ikki davradan iborat bo'lishi kerak. O'tgan yili ikki bosqichli chempionatni o'tkazdik. Ochig'i, ikkinchi bosqichga yo'l olayotganimizda autsayderlardan olgan ochkolarimiz bekor qilindi. Bu ayrim klublarni chalg'itib ham qo'ydi. Tushunarsizroq bo'lgandek tuyuldi nazarimda.

- SHuning uchun soddaroq shaklda, ikki davradan iborat chempionat tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

- Ishtirokchi jamoalarni “SHarq” va “G'arb” mintaqasiga ajratishdan ko'zlangan maqsad moliyaviy imkoniyatni tejash edi. Agarda oliy liga kabi o'tkazilsa jamoalar moddiy jihatdan qiynalib qolishlari mumkin degan fikrga borilgan. Lekin ikki davradan iborat qilib, safar o'yiniga borganda, bira to'la ikkita uchrashuv o'tkazib, keyin o'z maydonida ikkita raqibni qabul qilsa ham bo'ladi. Adashmasam 1996- 1997 yillardagi oliy liga shu tartibda o'tkazilgandi. SHunday qilinsa chempionat qiziqroq o'tadi deb o'ylayman. Qolaversa birinchi liga jamoalari ham oliy liga tizimiga moslashib boradi.


Islombek Rustambekov yozib oldi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика