So’nggi yangiliklar

20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  0 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  25 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  4 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2

Birinchi liga qaerga qarab ketmoqda yoxud “Yozyovon-Lochinlari” ham safarga 11 nafar futbolchi bilan jo'nab ketdi Yangiliklar

Birinchi liga qaerga qarab ketmoqda yoxud “Yozyovon-Lochinlari” ham safarga 11 nafar futbolchi bilan jo'nab ketdi

Kuni-kecha Nukusning “Orol” jamoasini safarga, yani Quvasoyga “Cementchi” bilan bahsga 11 nafar futbolchi bilan borganini yozib o'tgandik.

Bugun esa yana birinchi liganing boshqa bir jamoasidan shunday xabar keldi. Endi bu safar Farg'onaning “Yozyovon-Lochinlari”da muammo yuzaga kelgan. O'z nomini sir tutish taklifi bilan bizga malumotlarni etkazgan shaxsning aytishicha, jamoada moddiy muammolar yuzaga kelganiga ancha vaqt bo'lgan. Futbolchilar deyarli mavsum boshidan buyon nasiyaga o'ynab kelayotgan ekan. Yozyovonliklar ikkinchi bosqichning navbatdagi turini, 20 sentyabr kuni Nukusda “Orol”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bo'lajak bahsga futbolchilarning borishi so'roq ostida bo'lib, rahbariyat so'nggi pallada safarga borib kelishni imkon qadar taminlab bergan. SHunda ham 11 nafar futbolchi bilan jo'nab ketilgan. Ularni Nukusga olib borib kelish klub mamuri gardaniga yuklangan. Demak, “Orol”ga qarshi kimlarning o'ynashi aniq. Maboda biror-bir futbolchi jaroxatga yo'liqsa, bilmadik uning o'rnini kim to'ldirar ekan?!

SHuningdek safarga bosh murabbiysiz ketgan klubdan ijobiy natija kutish ham noo'rin bo'lsa kerak. Yana bilmadik.

CHetdan qaraganda, birinchi liga o'yinlari shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazilayotgandek taassurot qoldirmoqda. SHu kungacha biror-bir viloyatga PFL vakilining borib, o'yinlarni tashkil etish yoki u erdagi vaziyat bilan tanishganini uchratmadik. Ko'p guvoh bo'lamiz ayrim stadionlar talabga javob bermasada, uchrashuv o'tkazib kelinmoqda. U erda na tablo bor, na stadion suhandoni uchun karnaylar. Xattoki o'yindan oldin jamoalar maydonga chiqib kelayotganida PFL madhiyasi ham qo'yilmayapti. Jazirama yozning ayni chillasida suniy maydonda javlon urayotgan futbolchilarga achinasan kishi.

SHunday paytda o'ylanib qolasan kishi – birinchi liga qaerga qarab ketmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика