So’nggi yangiliklar

16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  0 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  2 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  5 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  5 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  9 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  29 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  7 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5

Birinchi liga. Omadjonning goli “Xorazm”ga uch ochko keltirdi Yangiliklar

Birinchi liga. Omadjonning goli “Xorazm”ga uch ochko keltirdi

Teglar :  Xorazm
Oldingi turda “NBU-Osiyo” jamoasi o'z maydonida birinchilik peshqadami “Obod” jamoasini 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'ziga xos natijani qayd etgandi.

Poytaxtlik futbolchilar safarda musobaqaning yana bir etakchisi “Xorazm”ni ham mag'lubiyatga uchratishni maqsad qilishgani aniq edi. Biroq...

Haqiqatan, bu o'yin muxlislar kutganidek qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Uchrashuv maydon egalarning deyarli ustunligida kechgan bo'lsada, hisob oxirgi soniyalardagina ochildi.  Bunga mehmonlarning munosib qarshilik ko'rsatishganini aytish mumkin. Mubolag'a emas, birinchi bo'lim mobaynida urganchliklardan Temur Ismoilov, Abror Husinov, “NBU-Osiyo” jamoasidan esa Olim Navkarov  darvoza tomon xavfli zarbalarni amalga oshirishdi. Ayniqsa, shu o'rinda 18-daqiqada Abror tomonidan bajarilgan jarima zarbasidan keyin to'p mehmonlar darvozasining ustuniga tegib qaytganini takidlamay iloj yo'q.

Uchrashuvning ikkinchi qismi dastlabkisiga qaraganda ancha murosasiz davom etdi. 50-daqiqada mehmonlar sardori Muzaffar Umrzoqov mezbonlar darvozaboni Ravshan Jumaniyozovning sergakligini sinab ko'rdi. Ushbu vaziyatda urganchlik darvozabon  o'z mahoratini namoyish qilib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Oradan o'n ikki daqiqa o'tib, hisobni ochish imkoniyatiga “Xorazm”liklar ega bo'lishdi. Marks Quramboev juda yaqin masofadan, aniqrog'i uch  metrdan turib raqib darvozasini ishg'ol qila bilmadi. Uning tepgan to'piga himoyachilar g'ov bo'lishdi. Umuman, ushbu bo'lim davomida Vali Sultonovning shogirdlari tinimsiz ravishda qarshi hujumda ishtirok etishdi. Bu ularning g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va irodalaridan dalolat berdi. O'yinning asosiy vaqti tugab, qo'shimchasi boshlandi. Maydon egalari navbatdagi qarshi hujumga o'tishdi. To'p jarima maydonchasi ichiga uzatib berildi. Kutilmaganda, toshkentlik himoyachilardan biri to'pni qo'li bilan o'ynadi. U erga yaqin joylashgan va vaziyatni yaxshi ko'rgani bois hakam hech ikkilanmasdan o'n bir metrlik nuqtani ko'rsatdi. Albatta, bu haqli qaror edi. Penaltini “Xorazm”ning etakchi futbolchilaridan biri SHahzod Mannonov tepishga shaylandi. Afsuski, uning tepgan to'pi darvozaning chap tarafidagi ustunga tegib maydonga qaytdi. Sanoqli soniyalarda mezbonlar yana to'pga egalik qilishdi. To'p yana jarima maydonchasi tomon yo'naltirildi. Kerakli vaqtda, kerakli joyda hozir bo'lgan Omadjon Toyloqov to'pni chiroyli tarzda darvoza to'riga tushirdi, 1:0.

SHu zahoti urganchlik futbolchilar bir joyga to'planishib, zavqli harakatlar bilan golni nishonlashdi. Go'yoki, qo'llarida chaqaloqni tebratishdi. Bu bilan ular “NBU-Osiyo” jamoasi darvozasiga kiritilgan mazkur golni bir necha kun avval o'g'illik bo'lgan jamoadoshi Marks Quramboevning farzandiga tuhfa etishdi.

- Bugungi o'yin juda hayojonli kechdi, - deydi uchrashuvdan so'ng “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonov. – Uchrashuv mobaynida jamoamizda to'p kiritish uchun qulay imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Faqat, shogirdlarimga biroz aniqlik etishmadi. Baribir, omad biz tarafda bo'ldi. Omadjonning kiritgan to'pi “Xorazm”ga muhim uch ochkoni keltirdi. Bundan juda xursandmiz. G'alaba bilan muxlislarimizni ham

Ikkinchi bosqich.  8- tur. 20 sentyabr (yakshanba).
“Xorazm” (Urganch) – “NBU-Osiyo” (Toshkent) – 1:0 (0:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 1882 tomoshabin.
Hakamlar
: I. Ibragimov (Nukus) – 8,1, F. Usmonov (Qarshi) – 8,0, Z. Eliboev (Qarshi) - 8,0
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
Gol: O. Toyloqov (90+5).
90+4 - daqiqada SH. Mannonov (“Xorazm”) penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: J. Otajonov (88) – A. Ismatov (28).

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика