So’nggi yangiliklar

17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  0 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  2 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  23

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi: Temur Tolipov! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi: Temur Tolipov!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan joriy mavsum birinchi liga o'yinlarida har tomonlama o'zini ko'rsata olgan “Eng yaxshi yosh o'yinchi” nominaciyasida Temur Tolipov g'olib chiqdi. Birinchi bosqichda “NBU-Osiyo” ro'yxatidan o'tgan 19 yoshli futbolchi ikkinchi bosqichda “Paxtakor-2”ga qaytdi. 5-turda “Paxtakor-2” - “G'allakor-Avtomobilchi”  o'yinini eslang-a? Tolipov mazkur uchrashuvda raqib darvozasiga naqd 6ta (!) to'p kiritib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otgani haligacha muxlislar yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.

Mavsum mobaynida jami 11ta gol kiritgan Temur ushbu nominaciyada 15 ball to'plab, qolgan 4 nafar o'yinchini ortda qoldirdi.  

Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi:
Temur Tolipov (“Paxtakor-2”) - 15
Jamshid Hoshimov (“SHo'rtan”) - 14
SHokir Yuldashev (“Mashal-2”) - 12
Doston Nurullaev (“Zomin”) - 11
Salohiddin Salohiddinov (“UzDongJu”) - 8
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика