So’nggi yangiliklar

21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  0 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi himoyachisi: Temur Turdiev! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi himoyachisi: Temur Turdiev!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan mavsumning eng yaxshi himoyachisi  Temur Turdiev bo'ldi. Bu borada u eng ko'p ball to'pladi, 15ta! “Oq-tepa”ning tajribali o'yinchilaridan biri bo'lgan Turdiev ko'p uchrashuvlarda sardorlik vazifasini ham bajardi. To'p uchun kurashlarda raqibga yutqazmaslikni xush ko'radigan va buning uchun borini berib o'ynaydigan Temur “Eng yaxshi himoyachi” bo'lishga munosib.

Keyingi o'rinni SHavkat Nasibullaev egalladi. “SHo'rtan” himoyachisi ham deyarli barcha uchrashuvlarda to'liq harakat qildi. SHu bilan birga Nasibullaev sardor sifatida o'ynadi. Lekin u 2 ball kamroq to'pladi.

“Orol”ning iqtidorli futbolchilaridan biri Nurlibek Talasboev ham yosh bo'lishiga qaramay, jamoasining etakchilaridan biri bo'ldi. CHap qanot himoyasida o'z ishini puxta bajarish bilan birga hujumlarga ham tez-tez qo'shilib turishi uning katta yutuqlaridan biridir. Yaqin orada Talasboev oliy liga jamoalarida ko'rinish bersa ajablanmaymiz.

Oliy ligada o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Xurshid Uzoqboev og'ir jarohatdan keyin uzoq muddat maydon tashqarisida bo'ldi. U bu yil yana katta futbolga qaytdi. Katta tajribaga ega bo'lgan futbolchi “Qo'qon-1912”ning oliy ligaga chiqishida katta hissa qo'shdi.

40 yoshni urib qo'ygan Abdumajid Toirov hamon katta futbolda! Bu himoyachini ishqibozlarga ortiqcha tanishtir o'tishning xojati bo'lmasa kerak. Joriy mavsum “NBU-Osiyo” sharafini himoya qilgan Toirov aftidan hali beri futbol bilan xayrlashmoqchi emasdek ko'rinmoqda. Tajribali futbolchi qaysi jamoada bo'lmasin etakchilikni o'z qo'liga oladi. Bu yil ham shunday bo'ldi.   

Eng yaxshi himoyachi:
Temur Turdiev (“Oq-tepa”) - 15
SHavkat Nasibullaev (“SHo'rtan”) - 13
Nurlibek Talasboev (“Orol”) - 12
Xurshid Uzoqboev (“Qo'qon-1912”) - 11
Abdumajid Toirov (“NBU-Osiyo”) - 8
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика