So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

Birinchi liga. Mavsum kashfiyoti: Humoyun Murtazoev! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsum kashfiyoti: Humoyun Murtazoev!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan mavsum-2014 kashfiyoti bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra eng yuqori ballni “Mashal-2” hujumchisi Humoyun Murtazoev to'pladi.

22 yoshli futbolchi haqiqatdan ham bu yil muxlislar etiborini ko'proq o'ziga jalb etdi. Albatta u bunga o'z gollari va jamoasiga foyda keltirish bilan erishdi. Murtazoev mavsum chog'ida o'z hisobiga 9ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.  

Keyingi o'rinni Nuriddin Hasanov egalladi. 20 yoshli futbolchi birinchi bosqichda juda yaxshi harakat qildi. Natijada Sergey Lushan uni asosiy jamoaga olib o'tdi. Elitada debyut qilgan Hasanov uchun joriy mavsum ijobiy o'tdi desa bo'ladi.

“Istiqlol” azosi SHoxruz Norxonov o'zini ko'rsatishga erishdi. Toshkentliklarning haqiqiy kashfiyoti bo'ldi. Ko'pincha uning gollari uchrashuv taqdirini hal etdi.
Birinchi ligada debyutanti “G'ijduvon” garchi ikkinchi bosqichga chiqa olmagan bo'lsada, jamoa safida Mansur Otaqulov o'zini ko'rsatishga erishdi. Haqiqiy etakchilarga xos ravishda o'yin namoyish etgan futbolchining nima uchun ikkinchi bosqichda ham birinchi liga jamoalaridan biriga o'tmagani biz uchun mavhum. Extimol Otaqulov kelasi yil yana birinchi ligaga qaytar.

“UzDongJu” hujumchisi Ozod Komilov bu yil birinchi ligada debyut uchrashuvini o'tkazdi. Andijondagi “Ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati” bitiruvchisi bo'lgan Komilov Andijon futbolining kelajagidir. 17 yoshli futbolchi agarda yulduzlik kasaliga uchramasdan, o'z ustida ishlashni kanda qilmasa shubhasiz undan etuk saviyadagi hujumchi etishib chiqadi.   

Mavsum kashfiyoti:
Humoyun Murtazoev (“Mashal-2”) - 19
Nuriddin Hasanov (“Bunyodkor-2”) - 14
SHoxruz Norxonov (“Istiqlol”) - 12
Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) - 9
Ozod Komilov (“UzDongJu”) - 6
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика