So’nggi yangiliklar

21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  14 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Birinchi liga matbuot kotiblari qanday ishlashmoqda? Yangiliklar

Birinchi liga matbuot kotiblari qanday ishlashmoqda?

Professional bo'lgan har bir jamoaning matbuot kotibi bo'lishi kerak.

Matbuot kotiblari jamoalarga nima uchun kerak? Ularning vazifasi nimada? Ular to'g'risida savollar turlicha. Keling, biz oliy liga klublarining matbuot kotiblari haqida gapirmaylikda, professional bo'lgan birinchi liga jamoalarining matbuot kotiblari haqida so'z ochsak. Bizda birinchi liga bahslarini televideniya orqali namoyish etishmaydi. Hattoki o'sha televideniyada ham birinchi liga haqida hech qanday ko'rsatuvlar yo'q. Lekin birinchi liga bahslarining ayrim uchrashuvlariga oliy ligadan ko'ra ko'proq muxlislar tashrif buyurishadi. Birinchi liga tur uchrashuvlarining natijalarini ko'p sonli futbol muxlislari intizorlik bilan kutib o'tirishadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar bundan mustasno. 

Yaxshiyamki internet jurnalistikasi bizda ancha yaxshi rivojlangan. Agarda internet bo'lmaganida biz futbol uchrashuvlarining natijalaridan bexabar qolardik. Hozirgi kunda birinchi liganing ayrim klublarida matbuot kotiblari faoliyat olib borishmoqda. “Cementchi”dan Zuxriddin Abdullajonov, “Andijon”dan Islombek Rustambekov va SHuhratbek Jo'raev, “Mashal-2”dan Bunyodbek Andaev, “UzDongJu”dan SHerzod Mamadaliev va “Nasaf-2”dan Renat Ernazarov o'yin kuni stadiondan turib bizga bahs natijalarini, uchrashuv qaydnomasi haqida etarlicha malumotlar berib turishadi. 

Ushbu klublarning matbuot kotiblari haqida hech qanday gap so'z bo'lshi mumkin emas. Istalgan kishida savol tug'ilishi mumkin, birinchi liga jamoalarining 5 nafarida matbuot kotiblari faoliyat olib borishadimi? Birinchi liganing qolgan jamoalari professional emasmi? Yoki bo'lmasam ularning natijalari boshqalar uchun qiziq emas deb o'ylashadimi? Birinchi ligada deyarli barcha jamoalarning matbuot kotiblari bo'lishi mumkin, lekin o'sha matbuot kotibi uchrashuv kuni o'yin haqida hech qanday malumot bermaydi. Meni fikrimcha, birinchi liga jamoalarining har bir matbuot kotibi uchrashuv vaqtida to'liq malumot berib borishi shart.


Jahongir Sotvoldiev

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика