Birinchi liga. "Jomboy" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Stadionda tamirlash ishlari qizg'in davom etmoqda
12 fev 2021 13:56
Yangiliklar


Birinchi liga. "Jomboy" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Stadionda tamirlash ishlari qizg'in davom etmoqda
2020 yil dekabr oyida Birinchi ligaga o'tish o'yinlarida g'olib bo'lgan "Jomboy" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Ayni paytda klub Jomboy tumani hokimi boshchiligida Birinchi ligaga qatnashish uchun licenziyalash talablarini bajarish ustida ish olib bormoqda. Jumladan Jomboy tumanidagi "Markaziy" stadion o'rindiqlari yangilanmoqda, maydon holati yaxshilanmoqda, yuvinish va kiyim almashtirish xonalari esa tamirlanmoqda.
Bosh murabbiy Ivan Kostrikin va yordamchi murabbiy Olimjon Mamasoliev boshchiligidagi murabbiylar shtabi raqobatbardosh jamoa tuzish uchun mahalliy yoshlarni ko'rikdan o'tkazishmoqda.
Malumot uchun, "Jomboy" klubi 2-8 fevral kunlari bo'lib o'tgan "Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi"da ishtirok etdi va 10ta jamoa orasida faxrli uchinchi o'rinni egalladi.
"Jomboy" klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar