So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  9 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  11 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Eng kam gol urgan “Orol” Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Eng kam gol urgan “Orol”

Teglar :  Orol
Nukusliklar joriy mavsumni bir amallab har xolda ijobiy yakunlab oldi deyish mumkin.

Moliyaviy muammolar qalashib yotgan bo'lishiga qaramay, mahalliy futbolchilar fidoiylik ko'rsatib, jamoa shanini munosib himoya qildi. Safar uchrashuvlari haminqadar amalga oshirilsada, mehmonda bir marotaba bo'lsada zafar qucha oldi. SHuningdek “Orol” jamoasi Yozyovondagi bahsga moddiy qiyinchilik tufayli bora olmay muxlislarini ajablantirdi.

Bosh murabbiy Nematulla Qutiboev imkoniyatdan kelib chiqib, mahalliy yigitlardan kurashchan jamoa tuzishga intildi. Futbolchilarning ko'pchiligini boshqa qo'shimcha ishi bo'lgani bois “Orol” klubidan beriladigan pulga qarab qolgan emas. Har xolda buni o'yinchilarning o'zi bilan suhbatlashganimizda aytishgandi. Bu borada nukuslik futbolchilarga qoyil qolmasdan iloj yo'q.

Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

14

Umumiy gollar

14

Uyda

8 (57,14%)

Safarda

6 (42,86%)

O'tkazib yuborilgan gollar

27

Uyda

10 (37,04%)

Safarda

17 (62,96%)

Urilgan o'rtacha gollar

1

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

1,93

Uydagi ochkolar

7/21 (33,33 %)

Safardagi ochkolar

5/21 (23,81 %)

Eng yirik g'alaba

3:2 – “Xotira-79

Eng yirik mag'lubiyat

1:6 – “Cementchi”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

3 (21,43%)

Golsiz o'yinlar

5 (35,71%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

32 (2,29)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK

3 (0,21) - 2/1

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

10460/747

 

Nukusliklar ikkinchi bosqichda boshqalarga nisbatan eng kam gol urgan jamoa bo'ldi, 17ta. Har bir uchrashuvga o'rtacha 1tadan to'p demakdir. O'z darvozasidan o'tkazib yuborilgan gollar soni esa 30tani tashkil etdi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol deganidir.

“Orol”ning ikkinchi bosqichdagi to'purarlari Javlon Pirimbetov bilan Temur Turdiev bo'ldi. Mavsumdagi to'purari esa Navro'zbek Haipov bo'ldi. U birinchi bosqichning o'zida 5ta gol urgan. Bu esa “Orol”dagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.

Aytishlaricha Haipov yozda xarbiy xizmatga safarbar etilgan. SHu bois muxlislar ikkinchi bosqichda uning o'yinlaridan bahramand bo'lmadi.

Kim qancha gol urdi?


Futbolchi

Gol        

Pen.    

Javlon Pirimbetov    

3


Temur Turdiev

3


Murot Abdumurotov

2


Aybek Ro'zimov

1


Damir Nizanov

1


Jonibek Gaipov

1


Marat Auezniyozov

1


Nurlibek Talasboev

1


Ulug'bek Qutiboev

1


 

Islombek Rustambekov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика