So’nggi yangiliklar

13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  0 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  6 12:47"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетмоқчи  1 12:29Илёс Зейтуллаев — "Бунёдкор" бош мураббийи!  4 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  15 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  55 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  4 09:39Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг январь ойидаги йиғинига Катанец келмаслиги мумкин   33 09:33"Жон сақлаш учун курашмаймиз, "Қўқон-1912"нинг мақсади фақат юқорига интилиш" - Жасурбек Ёқубов  0 08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  3 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  1 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  3 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   2 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 10-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 10-tur statistikasi

Birinchi liganing “g'arb” mintaqasida ham 17-19 may kunlari navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda bir qator etiborga molik jihatlar yuz berdi.
“SHO'RTAN” YUTQAZMAYAPTI
“G'arb” mintaqasida bo'lib o'tgan oltita uchrashuvning 3tasi mezbonlar muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, bir uchrashuvda durang qayd eitldi. Qolgan 2ta o'yinda esa mehmonlar zafar quchgan.
Etiborlisi turnir peshqadami “SHo'rtan” bu safar ham g'alaba qozondi. Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi jamoa 28 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.
“Mashal-2” safarda o'ynashiga qaramay, “Spartak”ni mag'lub eta oldi.
“Xorazm” esa bu turda jiddiy qarshilikka duch keldi. Spartak Murtazoev boshchiligidagi “Zomin” o'z uyida osonlikcha ochko ulashmaydigan jamoa ekanligini amalda isbotladi va urganchliklarni mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi.

 
GOLLAR
* Bo'lib o'tgan oltita o'yinda muxlislar jami 26ta golga guvoh bo'ldi.
* Har bir o'yinga o'rtacha 4,33tadan gol demakdir.
* Umumiy kiritilgan gollardan 16tasi mezbon jamoalar hisobiga yozildi.
* Qolgan 10ta to'pni esa mehmonlar kiritishgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida tomoshabinlar 16ta gol ko'rishgan.
* Ikkinchi taymda esa yana 10ta gol qay etilgan.
* Turning eng tezkor goli muallifi Sevdiyor Hamroqulov bo'ldi. “Registon” o'yinchisi safarda “G'allakor-Avtomobilchi”ga qarshi o'yinning  9-daqiqasida raqib posbonini ranjitgan!  
* Aksincha ushbu turda eng so'nggi bo'lib gol urgan futbolchi Mirislom Hasanov bo'ldi. “Spartak” sardori “Mashal-2”ga qarshi bahsning 90+4-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ammo uning goli yakunda jamoasiga durang ham keltirmadi.
* 10-turda atiga bitta 1ta penalti belgilandi. “Alanga” o'yinchisi Javohir Ashurov undan unumli foydalanib, jamoasiga foyda keltira oldi.
* SHuningdek ushbu turda 3ta futbolchi dubl qayd etdi. SHamsiddin Sadullaev (“Mashal-2”), Suhrob Ismatov (“Alanga”) hamda Solijon Xayrullaev (“G'allakor-Avtomobilchi”) ikkitadan gol urishga muvaffaq bo'ldi!
* Kutilmaganda o'z darovzasiga to'p kiritib yuborgan futbolchi ham uchradi. “G'ijduvon”ning 17 yoshli o'yinchisi Ulug'bek Rahmonov jamoasining “Alanga”ga qarshi o'tkazgan bahsida avtogol muallifiga aylandi.   

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 10-turning jami 6ta bahsida 26 nafar o'yinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* SHundan 14tasi mezbon jamoa vakillari hisoblanishadi.
* Mehmonlardan esa 12ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* O'yinlarning birinchi bo'limida 8ta futbolchi sariq bilan “siylangan” bo'lsa, ikkinchi taymda yana 18 o'yinchi ogohlantirilgan!
* “Zomin” – “Xorazm” (2:1) va “G'allakor-Avtomobilchi” – “Registon” (2:2) bahsida boshqalarga nisbatan eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan. 6ta!
Kosonning “Alanga”si turning eng intizomli jamoasi bo'ldi.
* Ushbu turda bosh hakam tomonidan qizil kartochka loyiq ko'rilgan futbolchi birgina Ozod Tursunov bo'ldi. “SHerdor” futbolchisi “SHo'rtan”ga qarshi bahsning birinchi bo'limidaayoq bosh hakam Dauletboy Jalimov tomonidan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.

MUXLISLAR
* 10-turning 6ta o'yiniga hammasi bo'lib 8058ta muxlis tashrif buyurgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1343tadan tomoshabin demakdir.
* Eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin “G'allakor-Avtomobilchi” – “Registon” bahsi bo'ldi. 3811ta tomoshabin!
* Aksincha eng kam muxlis kirgan uchrashuv “Spartak” – “Mashal-2” bo'ldi. 83ta ishqiboz!  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Zomin – Xorazm – 2:1. 3355 tomoshabin.
Guliston – Orol – 4:0. 254 tomoshabin.
SHerdor – SHo'rtan – 0:1. 253 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Registon – 2:2. 3811 tomoshabin.
Alanga – G'ijduvon – 6:3. 302 tomoshabin.
Spartak – Mashal-2 – 2:3. 83 tomoshabin.


10-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

O

1

SHo'rtan

10

9

1

0

30 - 4

26

28

2

Xorazm

10

7

1

2

21 - 11

10

22

3

Zomin

10

6

1

3

13 - 9

4

19

4

Orol

10

5

1

4

15 - 13

2

16

5

Alanga

10

4

3

3

17 - 14

3

15

6

SHerdor

10

4

2

4

11 - 11

0

14

7

Mashal-2

10

4

1

5

8 - 14

-6

13

8

G'allakor Avtomobilchi

10

3

2

5

11 - 13

-2

11

9

Guliston

10

3

2

5

13 - 18

-5

11

10

Spartak

10

3

0

7

12 - 21

-9

9

11

Registon

10

2

2

6

8 - 20

-12

8

12

G'ijduvon

10

1

2

7

9 - 20

-11

5



To'purarlar:
Viktor Klishin (“SHo'rtan”) – 11ta.
Nizom Norov (“Xorazm”) – 7ta.
Solijon Xayrullaev (“G'allakor-Avtombilchi”) – 7ta.
Navro'zbek Xaipov (“Orol”) – 6ta.

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
11-tur. 22 may (payshanba)
“Registon” – “SHo'rtan”
23 may (juma)
“Orol” – “Xorazm”
“Alanga” – “Spartak”
“Zomin” – “Guliston”
“SHerdor” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Mashal-2” – “G'ijduvon”
 
Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика