So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  28 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Birinchi liga. “Eng yaxshi matbuot kotibi Furqatbek Nishonov! Yangiliklar

Birinchi liga. “Eng yaxshi matbuot kotibi Furqatbek Nishonov!

Sportda xususan millionlar o'yini bo'lmish futbolda ommaviy axborot vositalarining o'rni nihoyatda katta.
Buni yildan-yilga futbolchi murabbiylar teran tushunib bormoqda. Matbuot bu klubning yurgizayotgan ichki siyosatini ommaga etkazib berish demakdir. Lekin afsuski bugungi kunda jurnalistlarga bo'lgan moddiy etibor juda past. Vaholanki futbolimizda bo'layotgan ishlarni xalqqa etkazib berayotganlar aynan OAV vakillaridir.

CHalg'imaymiz. Mana ikki yildirki saytimiz ko'pchilikning yodidan chiqib borayotgan birinchi ligaga katta etibor qaratib, uning har biri turini onlayn tarzda yoritib bordi. Bu esa ayrim tuman jamoalarining ishqibozlari uchun ayni muddao bo'ldi. Sababi har bir tumanda o'ziga yarasha futbol muxlislari mavjud bo'lib, ular o'z qishlog'idagi jamoaga befarq bo'la olmaydi.

Tan olish kerak, birinchi liga o'yinlarini yoritib borishda, birgina “SA”ning o'z xodimlarini o'rni bo'lmadi. Tabiiyki bunda viloyatdagi hamkorlarimizning ham ko'magi katta bo'ldi. Yil yakunida ularni nazardan chetda qoldirib, minnatdorchilik bildirib qo'yishning o'zi kifoya qilmasligini tushunib etdik. SHu bois quyida ularga to'xtalib o'tamiz.

Bu borada dastlab birinchi liga peshqadami bo'lgan “SHo'rtan”dan boshlasak. Jamoa ilgari oliy ligada ham ishtirok etgani bois, rasmiy saytiga ega. Lekin rasmiy sayt joriy yil davomida avvalgidek faol ishlamadi. Lekin shu erda bir narsani aytib o'tish kerak. Rasmiy sayt xosting bilan bog'liq muammo tufayli ham malum muddat ishlamasdan turdi. Bu birgina matbuot kotibning aybi emasligini tushunish lozim. Ammo shunga qaramay, klub matbuot kotibi Tolibjon Qosimov OAV xodimlari bilan mustahkam aloqa o'rnatib, klub haqidagi barcha savollarga javob berib keldi. Saytimizda “SHo'rtan”ni o'yinlaridan tarkibni chiqib borishida shu insonni yordami katta bo'ldi.

Oliy ligaga ikkinchilardan bo'lib yo'l olgan “Qo'qon-1912”da bugungi kunda ikki nafar matbuot kotibi faoliyati yuritmoqda. Mahalliy Anvar Oxunov 60 yoshga kirgan bo'lishiga qaramay hamon yozuv-chizuv bilan mashg'ul. Bu inson bilan ko'p marotaba suhbatlashganimiz bois, u kishiga qoil qolamiz. Doim o'z ishiga jiddiy yondoshadi va uni puxta bajarishga intiladi. Ishonasizmi, Anvar aka “Qo'qon-1912”ning uy o'yinlari bo'lishidan bir hafta oldin, shahar bo'ylab, uchrashuv afishasini darahtlarga birma-bir yopishtirib chiqadi. Stadionda suxandonlik qiladi. Saytimizning Qo'qondagi hamkori. O'yinlardan 1 soat avval tarkib berishni o'ziga odat qilib olgan. Biz ham o'z navbatida u kishiga turning boshqa o'yinlaridagi natijalarni etkazib berib turamiz. Klubning yana bir matbuot xodim Oybek Kopadze sayt bo'yicha ishlaydi. Lekin hamkasbimizni ranjitmagan xolda shuni aytish mumkinki, sayt bu yil aytarli zo'r ishlamadi. Klub o'z rasmiy saytiga asosan “SA” va boshqa raqib jamoa saytlarida chiqqan xabar va malumotlarni qo'yish bilan cheklandi. Qolaversa yaqinda oliy ligaga chiqqanini munosib nishonlagan qo'qonliklarning bayram tadbiri haqida ham rasmiy saytda o'qimadik.

Toshkentning “Obod” jamoasi bu yil debyutant bo'lgani uchunmi yoki boshqa sababmi matbuot xizmatiga extiyoj sezmadi. Buning natijasida jamoaning hatto uy bahslaridagi o'yinlardan tarkiblarni olishga qiynaldik.



“Oq-tepa” oliy ligaga chiqish yo'lida barchasini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Ikki yildan buyon jamoada matbuot kotibi ishlamoqda. Unga kerakli sharoitlar yaratib berilgan.  Furqatbek Nishonovni birinchi liga bo'yicha “Eng yaxshi matbuot kotibi” nominaciyasida g'olib deb topdik. CHindan ham hamkasbimiz yil davomida klub rasmiy saytini yuqori saviyada ishlata oldi. Har bir bahsdan oldin kichik bir prevyu. Uchrashuvdan so'ng esa o'yin sharhi. Uy o'yinlaridan fotogalereya ham albatta bo'ldi. Qolaversa uy uchrashuvida jamoa tarkiblarini “SA”ga berib turishni ham kanda qilmadi.

“UzDongJu”da matbuot kotibi yo'q.
Birinchi liganing doimiy ishtirokchisi bo'lgan “NBU-Osiyo”da matbuot kotibi Fahriddin Yunusov ishlamoqda. Lekin jamoaning rasmiy sayti yo'q. “NBU-Osiyo”ning uy o'yinlaridan tarkiblarni “SA”ga doim etkazib berib turishga harakat qildi.

Farm-klub nomini olgan “Mashal-2”ni Humoyun Davurov imkon qadar  rasmiy saytida yoritib borishga harakat qildi. Bu borada unga etiroz bo'lishi mumkin emas.

2012 yil tashkil topilgan “Zomin”da matbuot kotibi Ilhom Yunusov ekanligini ko'pchilik bilmasa kerak. Uch yildan buyon matbuot xizmatida ishlab kelayotgan Ilhom aka bu yildan boshlab, “SA”ning hamkorlaridan bo'ldi. 50 yoshni qarshi olgan jurnalist hamkasbimiz Zomin va umuman Jizzax viloyatidagi futbol yangiliklarni bizga etkazib berib turadi.

Huddi “Mashal-2” kabi birinchi ligada farm-klub sifatida ishtirok etgan “Paxtakor-2” jamoaning rasmiy saytida aytarli yoritilmadi.

Toshkentningg yana bir jamoasi “Istiqlol” o'z rasmiy saytiga ega. Matbuot kotibi esa “SA” xodimi Tolibjon Qosimov. Lekin bilishimizcha matbuot kotib klub bilan xayrlashgan. Jamoaning rasmiy sayti ham bu yil aytarli ishlamadi.
Nukusning “Orol” jamoasida matbuot kotibi yo'q. Lekin u erda hamklorlarimiz bor. Stadion suxandoni Berdax Qallibekov uy o'yinlarida imkon qadar tarkiblarni berib turishga harakat qiladi. Qolaversa saytimizning ashaddiy yuzeri “Qazayaqli Adilbay” ham Nukusdan turib yordam qiladi.

Birinchi bosqichdan keyin faoliyatini to'xtatgan “Guliston”ning uy o'yinlaridan hamkorimiz Enver Gafarov tarkiblarni etkazib berib turdi. Lekin jamoaning matbuot kotibi yo'q. Klub oliy ligada ishtirok etganida sayt ochilgandi. Keyinchalik sayt ham ishlamay qoldi. CHunki uni ishlatadigan shaxs yo'q.

“Alanga”, “G'allakor”, “SHerdor”, “Registon”, “G'ijduvon” kabi jamoalarda ham matbuot kotibi yo'q. Aftidan yaqin yillar ichida bu klublar bu kabi ishlarni amalga oshira olmasa kerak. Yana kim biladi deysiz.


Birinchi liga. “Eng yaxshi tasvirchi” SHerzodbek Mamadaliev!

Birinchi ligada ko'p jamoalar video operatorga ehtiyoj sezmaydi. Keyin murabbiylar o'zicha fikr yuritib, hakamlar o'yinni “o'ldirganligi” haqida og'zini “go'pirtirib” gapiradi. Xayron qolasan kishi. Fakt qo'lida bo'lmasada, hakamlardan nolishga tushadi. SHunday paytda video tasvirchining o'rni nihoyatda katta. Buni tushungan tushundi. Etibor bermagani esa o'sha tasvirchiga beriladigan pulni ham boshqa keraksiz ishlarga sarf etib yuraveradi.

Video operatorlar orasida bu yil etiborimizni tortgani, SHerzodbek Mamadaliev bo'ldi.  



Yana avvalgi qaddini tiklayotgan Andijonning “UzDongJu” jamoasida bu yil matbuot kotibi ishlamadi. Lekin klub video operator bu borada ham “SA”ga katta yordam berdi. SHerzodbek Mamadaliev ayrim video operatorlari singari faqat o'yinni tasvirga tushirib, uyga ketishni o'ylaymaydi. U kishi hatto safar o'yinlariga ham borib, uchrashuvdan oldin tarkiblarni etkazib berib turdi. O'z ishining fidoiysi. Kelasi yil “SA” bilan hamkorlikni yo'lga qo'yib, vodiydan videolarni etkazib berishni rejalashtirmoqda. Klubda 7 yildan buyon faoliyat ko'rsatmoqda. Mamadaliev hatto bolalar futbolini ham har birini tasvirga tushiradi. Jamoa ikkinchi ligada ishtirok etgan kezlarda ham SHerzodbke Mamadaliev turli roliklarni ixtiro qilib, murabbiy va futbolchilarga taqdim etib kelardi. Haqiqiy professional! Bundan ko'rinib turibdiki, “UzDongJu”da video operatorga bo'lgan etibor va uning klubda tutgan o'rni yuqori saviyada. Birinchi liga bo'yicha “Eng yaxshi tasvirchi” nominaciyasida aynan Mamadalievni g'olib deb topdik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика