So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  16 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  74 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Birinchi liga. "Dinamo" safarda "Orol"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Birinchi liga. "Dinamo" safarda "Orol"ni mag'lub etdi

Birinchi Liga 6-turi doirasida Nukusda mahalliy Orol jamoasiga qarshi saf tortgan Dinamo jamoasi shiddatli kechgan bahsda safardan g'alaba bilan qaytdi.

O'yindan avval jamoa jamoa bosh menejeri Ilhom SHaripov aytganidek, Nukusdagi suniy qoplamali maydondagi o'yin Dinamo uchun jiddiy sinov bo'ldi. Quvonarlisi, vakillarimiz bu sinovdan muvaffaqiyatli o'tishdi.

O'yinning dastlabki o'n daqiqaligi maydonga moslashish uchun ketgan bo'lsa, so'ng har ikki jamoa ham hujumkor ruhda to'p surdi. Bu tablodagi hisobning ochilishiga sabab bo'ldi – yosh hujumchi Amirjon Safarov mavsumdagi uchinchi golini urib jamoasini oldinga olib chiqdi – 0:1.

Goldan so'ng mezbonlar ham vaziyatni o'nglash istagida bo'lishdi va natijada tanaffusga jamoalar 1:1 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim ham Dinamo hujumlari ostida boshlandi. Yarimhimoyachi Omadjon Tayloqovning kuchli zarbasidan so'ng hisob o'zgardi – 1:2.

Dinamochilar yana hisobda oldinga chiqib olishgach, ushbu natijani saqlashga urinishdi va buning evaziga jazolanishdi – qoraqalpog'istonliklar bu safar ham muvozanatni tiklashdi – 2:2.

Bu paytda uchrashuv yakunlanishiga oz vaqt qolgan, stadiondagi muxlislar esa bahs jangovar durang natijasi bilan tugashini kutishayotgandi. Ammo bu natija Samarqand jamoasini qoniqtirmasligi aniq edi. SHu bois Ko'hna shaharliklar o'yinning so'nggi daqiqasiga qadar hujumkorlikdan to'xtashmadi.

Intilganga tole yor deganlaridek, Dinamo futbolchilarining bu intilishlari zoya ketmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi 90+4-daqiqada samarqandlik yosh himoyachi Bunyod Isroilovning mavsumdagi ilk goli Dinamoga safardan muhim g'alaba bilan qaytishini taminladi, 2:3.

Etiborlisi, mavsumning ikkita turini ochko yo'qotish bilan boshlagan dinamochilar, ketma-ket 4 ta turni g'alaba bilan yakunlashdi.

Navbatdagi uchrashuvda Dinamo 5 may kuni Paxtakor-2 jamoasini qabul qiladi.

Birinchi Liga. 6-tur.

29 aprel (juma)

Orol – Dinamo - 2:3

Hakamlar:
K. Rasulov (Qarshi), N. Boltaev (Navoiy), S. Sattarov (Qarshi)

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

Gollar: I.Seytnazarov 40, R.Musaev 80 - Amirjon Safarov 14, Omadjon Tayloqov 65, Bunyod Isroilov 90+4.

Orol: SHaropat Bekimbetov, SHariyor Karimboev, Navruz Xaipov, Samat Polvonov, Temur Turdiev, Pulat Urazboev, Rasul Musaev, Maksud Kalnazarov, Rinat SHulmanov, Islom Seytnazarov, Kayrat Jazizov.

Zaxira: Jaksiboy Allamberganov, Salamat Otamurotov, Farrux Niyozimbetov, Oybek Ruzimov, Albert Siddikov, Kurdiyor Eraliev, Islom Usmaddinov.

Dinamo: Mixail Naumov, Akmal Bozorov, Bunyod Isroilov, Aleksey Nikolaev, Firdavs Abdusalimov, Omad Tayloqov, Jasur Azimov, Saidjamol Davlatjonov, Doston Ibragimov, Alisher Xoliqov, Amirjon Safarov.

Zaxira: SHuxrat Murodov, Mirkomil Lokaev, Laziz Nuriddinov, Islom SHaripov, Temur SHaripov, Jonibek Ko'chimov, Viktor Klishin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика