So’nggi yangiliklar

19:46"Динамо" - "Нефтчи". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0

Birinchi liga. Bir yonib o'chgan “Xotira-79” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Bir yonib o'chgan “Xotira-79” haqida

Birinchi ligada bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayotgan “Xotira-79” birinchi bosqichda go'yoki bir yonib, o'chib qolgan alangaga o'xshab ketdi.
Boisi uychiliklar yil boshida oliy ligada o'ynab, uning havosidan bahramand bo'lgan bir qator o'yinchilarni o'z safiga qo'shib olibb, chempionatda juda ham omadli start oldi va hattoki turnir jadvalida peshqadamlik ham qilib yurdi. Biroq tanaffusga qadar tarkibda qandaydir o'zgarishlar bo'lib, jamoaning avvalgi shashti biroz pasaygandek tuyuldi nazarimizda.

Klub rahbariyati garchi jamoa oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'ymagan bo'lsada, tajribali o'yinchilarni tarkibga jalb etdi. Lochin Dolimov, Sanjar Asqaraliev, Bahrom Yuldashev, Maqsud Hayitov shular jumlasidandir. Endilikda etakchi o'yinchilarning aksariyati jamoa bilan xayrlashganini inobatga olsak, ikkinchi bosqichda “Xotira-79”ga oson bo'lmasligi turgan gap.  

Birinchi bosqichda jamoa safida to'purar Islombek Isoqjonov bo'ldi. 21 yoshli hujumchi davralar oralig'ida elita vakili “Olmaliq” bilan shartnoma imzoladi. SHuningdek “Xotira-79” o'z darvozasidan 32ta to'p o'tkazib yuborgan.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Islombek Isoqjonov

7

(2)

Abdulaziz Sultonov

5

Husan G'aniev

4

Abdulaziz Yusupov

2

Javlon Xolmirzaev

2

Sanjar Asqaraliev

2

Omil Mo'minov

2

(1)

G'ulomjon Otavaliev

1

Maqsud Hayitov

1

SHuhrat Ischanov

1

 
Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

27

Uyda

16 (59,26%)

Safarda

11 (40,74%)

O'tkazib yuborilgan gollar

32

Uyda

12 (37,5%)

Safarda

20 (62,5%)

O'rtacha urilgan gollar

1,23

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,45

Uydagi ochkolar

20/33 (60,61 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

10/33 (30,3 %)

Eng yirik g'alaba

3:1 – “Istiklol”

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 – “Ok-tepa”, “Paxtakor-2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

7 (31,82%)

Gol ura olmagan o'yinlar

5 (22,73%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

3

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

70 (3,18)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,09) - 2/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

36070/1640


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика