So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  1 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Birinchi liga. “Andijon” chempionatni durang bilan boshladi Yangiliklar

Birinchi liga. “Andijon” chempionatni durang bilan boshladi

SHanba oqshomida mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liga o'yinlariga start berildi.

CHempionat taqvimiga ko'ra, “Andijon” 1-turda safarda “G'allakor”ga qarshi o'tkazdi. O'yindan bir kun avval kuchli yomg'ir yog'ib o'tgani maydonning sifatiga salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. G'allaorol tumanidagi “Markaziy” stadionda kechgan o'yinning boshlanishi andijonliklar uchun biroz omadsiz kechdi. Aniqrog'i 3-daqiqada mezbonlar azosi Nurbek Safarov aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochishga erishdi – 1:0. SHundan so'ng vakillarimiz asosiy etiborlarini eng avvalo hisobni tenglashtirish va so'ngra g'alaba qozonishga qaratdi. Biroq mezbonlar ham shu kuni etarlicha qarshilik ko'rsata oldi. O'yinning 87-daqiqasiga kelib hisob tenglashtirildi. Iqtidorli hujumkor yarim himoyachi SHahboz Jumaboev “G'allakor” posbonini o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur qila oldi. 

Bahsning qolgan daqiqalarida boshqa gol kuzatilmadi. SHu tariqa “Andijon” chempionatni durang bilan boshladi. Endi Vitaliy Legay shogirdlari 4 aprel, seshanba kuni safarda “Zomin” bilan to'qnash keladi. Bo'lajak bahsda jamoamizga omad tilab qolamiz.  

01.04.2017 yil

Birinchi liga. 1-tur.

“G'allakor-Barsa” – “Andijon” 1:1 (1:0).

G'allaorol. “Markaziy” stadioni. 4325 tomoshabin.

Hakamlar: Nayim Qosimov (Qarshi) – 7,8. Xusan Xudoyberdiev (To'ytepa) –  8,1. Ibrohim Jo'raev (CHirchiq) –  8,4. Murodjon SHerbo'taev (G'allaorol) –  7.

Nazoratchi: Elbek Musaev (Samarqand).

Gollar: Nurbek Safarov, 3. SHahboz Jumaboev, 87.  

“G'allakor-Barsa”: 12. Bobur Rahimov, 5. Eldor Norboev, 8. Sediyor Hamroqulov, 9. Nurbek Safarov, 10. Asliddin Meliboev (94. Xolmo'min Davronov, 46), 11. Maqsud Normahmatov (6. Marat Hoshimov, 69), 13. Jasur Hasanov, 22. Jasur Akmalov, 31. Akmal Xolmatov, 33. Islom Meliboev, 77. Xayrullo Jakbarov (7. Islom Biyto'raev, 79).

Zaxira: 45. Qobil Norqo'ziev, 16. Javlon Ibodullaev, 17. Jahongir Meliboev, 19. O'rol O'rinov. 

“Andijon”: 1. Abdukarim Muxamedov, 7. SHahboz Jumaboev, 8. Farhod Bekmuratov, 10. Anvar Berdiev (17. Jahongir Maqsudov,76), 14. Akbar Xodjaev, 15. Abdurasul Komilov, 21. Muhammadyusuf Abdumajidov, 22. Maqsud Mahmudov (11. Farrux SHotursunov, 64), 23. Sanjar Asqaraliev (77. SHahzod Karimov, 44), 26. Qahramon Mahamadjonov, 70. Oybek Nurmatov.

Zaxira: Lochin Dolimov, 18. Abdulaziz Yoqubov, 27. Kemran Najafaliev, 29. Baxtiyor Qosimov.  

Ogohlantirishlar: Sanjar Asqaraliev, 28. Jasur Akmalov, 56. Farhod Bekmuratov, 68. Akbar Xodjaev, 80. 


“Andijon” matbuot xizmati. 


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика