So’nggi yangiliklar

23:28Улуғбек Бакаев: “Арал” кучли иштиёқ эвазига ғалаба қозонди”  0 23:21Россия кубоги. Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКА "Краснодар" устидан ғалаба қозонди  1 23:06ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Интер". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 22:55ОЧЛ 2. "Насаф" Қувайтда нурсиз дуранг қайд этди, Абдувоҳид Неъматов қаҳрамон!  139 22:41Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар сабаб ротацияларга мажбур бўлаяпмиз”  0 22:28Матиас Роса: "2021 йил Ўзбекистонга келганимда, шаҳарда кўзга кўринарли маскан йўқ эди, ҳозир эса аксинча"  1 22:04Расман: "Рома" клубига янги бош мураббий тайинланди  3 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Аргентина Афғонистонни қийинчилик билан мағлуб этди, Испания эса Янги Зеландияни аяб ўтирмади  8 21:35Футзал бўйича ЖЧ 2-тур. "Бауырлар" ишончли хисобда ғалаба қозонишди, Бразилия 8 та, Таиланд 10 та гол урди  0 21:29ЕЧЛ. "Болонья" – "Шахтёр", "Спарта Прага" – "Ред Булл". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 21:17Футзал ЖЧ. Украина ва Ангола ўртасидаги шиддатли учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 21:05Ҳелбер: "Ҳар қандай футзалчи жаҳон чемпионатига келиб, гол уравермайди"  0 20:36Иҳор Корсун: "Голларимни мамлакатимизни ҳимоя қилаётган қуролли кучларимизга бағишлайман"  7 20:19Россия кубоги. ЦСКА – "Краснодар". Файзуллаев бошланғич таркибда  0 20:13Михайло Зварич: "Узоққа қарамаймиз, ҳар дақиқа, ҳар ўйин ҳақида бош қотирамиз"  0

Birinchi liga. 7-turda sensaciya ko'ramizmi? Yangiliklar

Birinchi liga. 7-turda sensaciya ko'ramizmi?

Bugun birinchi liganing 7-turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha turning dastlabki ikki o'yini bo'lib o'tgandi. “SHerdor” – “Oq-tepa” bahsida hisob ochilmagan bo'lsa, Kosonda kechgan “Alanga” – “NBU-Osiyo” uchrashuvida esa “bankirlar” 2:1 hisobida zafar quchgan.
Bugun esa turning qolgan 6 o'yini bo'lib o'tadi. Xo'sh, bugun sensaciya ko'ramizmi? Bo'lajak bahslar oldidan kimning imkoniyatini qanday ko'rasiz?
 
Xorazm – Istiqlol. 70x30
Hakamlar
: I. Garmashov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro), SH. Rahmatov (Buxoro).
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

Uchrashuv murosasiz ruhda kechishi aniq. “Xorazm”ga yaqinda Vali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlangan. Murabbiy shubhasiz birinchi o'yinida g'alaba qozonishni istaydi. SHunga monand Sultonov jamoasini “Istiqlol”ga qarshi puxta tayyorlagan bo'lishi aniq. Kamol Jo'nashev boshqaruvidagi Toshkent jamoasi safarda unchalik ishi yurishmayapti. Balki ular bunga 7-turda chek qo'yar.
 
Orol – Paxtakor-2. 80x20.
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi), A. Kalinin (Qarshi), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Nukusliklarning imkoniyatini yuqori baholaymiz. CHunki Nematulla Qutiboev jamoasining o'yini shaxsan o'zimizda iliq taassurot qoldirdi. Nukuslik futbolchilar har bir to'p uchun kurashda o'zini ayab o'tirmasligi va ulardagi g'alabaga bo'lgan tashnalik kishi quvontiradi. To'g'ri, “Paxtakor-2” ham safardan quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinishi aniq. Lekin “Orol”ni o'z maydonida o'ynashini ham unutmaslik kerak.

SHo'rtan – UzDongJu. 60x40.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), SH. Fayziev (Jizzax), SH. Qayumov (Jizzax).
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
 Turning markaziy uchrashuvi deb tahmin qilamiz. Nozim Mullaoxunov boshchiligidagi “UzDongJu” ikkinchi bosqichni juda yaxshi o'tkazmoqda. Xususan jamoa ortda qolgan 6ta o'yinda 1ta durang qayd etdi va qolgan barcha o'yinda o'z hisobiga uch ochkodan yozdirib qo'ydi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “SHo'rtan” esa hozircha ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Bugun mezbonlarga oson bo'lmasligi turgan gap. Lekin tarkib borasida raqibidan bir kalla ustun bo'lgan g'uzorliklar bugun o'z maydonida o'ynaydi.   

Mashal-2 – Xotira-79. 80x20.
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent), Q. Abduraimov (Jizzax), D. Akmalov (Toshkent).
Nazoratchi: T. Do'stov (Buxoro).
Mazkur uchrashuvda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori deyish mumkin. CHunki Dilshod Andaev boshqaruvidagi jamoa bu yil o'z maydonida har bir raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda. Qolaversa “Mashal-2” safar uchrashuvlarida ham kerakli natija qayd etib kelmoqda. Ularning bugungi raqibi “Xotira-79” esa aksincha ikkinchi bosqichda o'zgardi-qoldi. To'g'ri, davralar oralig'ida tarkibda jiddiy yo'qotishlar bo'ldi. Lekin hozirgi tarkib ham chakki emas. Balki uychiliklar bugun omadsizlikka chek qo'yar. Buni o'yin ko'rsatadi.

Zomin – Obod. 50x50.
Hakamlar
: A. Mo'minov (Toshkent vil.), B. Kannazarov (Nukus), D. Sarsenov (Nukus).
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvi. Garchi zominliklar moddiy jihatdan qiyinchiliklarni boshdan o'tkazayotgan bo'lsada, o'z maydonidagi o'yinlarda g'alaba qozonmoqda. Spartak Murtazoev Zominda kamtarona sharoitdan kelib chiqib, kurashchan jamoa shakllantirgan. Toshkentning “Obod” jamoasi ham bu yil debyutant bo'lishiga qaramay, iliq taassurot qoldirmoqda. Jamoa tarkibida birinchi liga toifasida tajribali bo'lgan o'yinchilar etarli. Aynan ushbu jihat ham jamoa natijalariga ijobiy tasir o'tkazmoqda. Bugungi o'yin oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini 50ga50 deya baholadik.

G'allakor-Avtomobilchi – Qo'qon-1912
Hakamlar
: M. Muhamedov (Toshkent vil.), S. Eremeev (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
Moliyaviy muammolarga duch kelayotgan g'allaorolliklarning oxirgi o'yinlarda qayd etayotgani natijalari juda ham hunik ko'rinish olmoqda. Xususan bu jamoa oxirgi ikki o'yinda o'z darvozasidan jami 14ta gol o'tkazib yubordi. Undan oldin “Oq-tepa”dan 10ta gol qabul qilib olgandi. Bunining sabablarini jamoa bosh murabbiyi Furqat O'rolov tarkib yoshartirilgani bilan izohladi. Bugun “G'allakor-Avtomobilchi” yana bir jiddiy raqib sinovidan o'tadi. Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Qo'qon-1912” raqibni hurmat qilgan xolda maydonga chiqsa maqsadiga etadi. Aks xolda birinchi ligada hamma narsa bo'lishi mumkin.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика