So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Birinchi liga. 4-tur o'yinlarida kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 4-tur o'yinlarida kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga4-tur
Bugun birinchi liganing navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi. Bo'lajak uchrashuvlar oldidan odatdagidek jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini ko'rib chiqamiz.

4-tur. 20 aprel (chorshanba)
“Kosonsoy” – “Cementchi”. Imkoniyatlar 45x55

Mazkur vodiy derbisi qiziqarli o'tishi shubhasiz. Har ikki jamoa ham g'alaba maqsadida chiqadi. Bu borada imkoniyat ko'proq quvasoyliklar tomonda deyish mumkin. CHunki ularning tarkibi bu yil yaxshi shakllangan. Lekin “Kosonsoy”ga ham uch ochko zarur. Boisi o'tgan turda ular o'z uyida “Yozyovon-Lochinlari” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Quvasoyliklar ham o'tgan turda ikki ochko yo'qotgan.  Eslatib o'tamiz o'tgan yili ushbu jamoalar o'rtasida Kosonsoyda kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

“Xotira-79” – “Yozyovon-Lochinlari”. Imkoniyatlar 55x45.
Uychida kechadigan bahsda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati biroz yuqoridek. CHunki o'tgan turda ular “Cementchi”ga ham mag'lub bo'lmadi. Bundan ko'rinib turibdiki, Rustam Do'rmonov “Xotira-79”ni kurashchan jamoa sifatida shakllantira olgan. SHu bois bugungi uchrashuvda ham mezbonlar g'alaba qozonsa kerak degan taxmin bor. “Yozyovon-Lochinlari”ga biroz tajriba etishmayapti. Ammo Islombek Ismoilov shogirdlari ortda qolgan uchta o'yinda ikki ochko jamg'ara oldi. “Dinamo” va “Kosonsoy”ga qarshi bahslarda qayd etilgan durang futbolchilarga qaysidir manoda bugungi uchrashuvda ham ruhiy ustunlik bag'ishlashi mumkin. Jamoalarning o'tgan yili Uychida o'tkazgan bahsida nursiz durang qayd etilgandi.

“Zomin” – “Norin”. Imkoniyatlar 60x40.
Ko'r hassasini bir marotaba yo'qotadi degan gap. Zominliklarga o'tgan tur o'ziga yarasha dars bo'ldi. Endi ular “Norin” bilan o'yinda g'alaba qozonish uchun astoydil har jihatdan tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi tabiiy. Ushbu jamoalar tarixda birinchi marotaba uchrashadi. Bo'lajak o'yinda mezbonlar g'alabaga yaqin. Ammo Ravshan Bozorov boshqaruvidagi “Norin” ham osonlikcha taslim bo'lmasligi turgan gap.

“Dinamo” – “UzDongJu”. Imkoniyatlar 55x45
Bu o'yinda ham imkoniyatni ko'proq “Dinamo”ga berdik. CHunki samarqandliklar baribir mezbon. Qolaversa tarkibida etakchi ijrochilar talaygina topiladi. Ilhom SHaripov shogirdlari har qanday vaziyatda ham o'z uyida yutqazmasa kerak. Yana kim biladi deysiz. “UzDongJu” ham imkon qadar ochko yo'qotmaslikka urinishi aniq. Ushbu jamoalar 2008 yili oliy ligada to'qnash kelgandi.  

“Mashal-2” – “Xorazm”. Imkoniyatlar 60x40.
Muborakliklar shubhasiz favorit. CHunki “Mashal-2” futbolchilari o'z uyida ilgari peshqadamlarni ham mag'lub eta olgan. O'z uyida osonlikcha taslim bo'lmaydi. “Xorazm”da bir qancha muammolar borligidan xabardormiz.  Bunday paytda ularning safarda g'alaba bilan qaytishiga ishonish qiyin. Lekin shuni aytish lozimki, o'tgan yili Muborakda kechgan bahsda urganchliklar Mirzo Quryozovning yagona goli evaziga uch ochko bilan qaytib ketgandi.  

“Nasaf-2” – “Orol”. Imkoniyatlar 50x50.
Qarshida kechadigan bahsda hozircha imkoniyatlar tengdek. To'g'ri, “Nasaf-2” o'tgan yili o'z uyida “Orol”ni 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ammo bu yil nukusliklar o'zgacha tayyorgarlik bilan kelishi mumkin. “Orol”futbolchilarini fidoiy deb atash mumkin. Garchi oylik maosh nima ekanligini bilishmasada, maydonga chiqqanida jon qoyitib o'ynashlariga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Ularda Qoraqalpog'istonga bo'lgan sadoqat kuchli.  

21 aprel (payshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “G'ijduvon”. Imkoniyatlar 55x45.
Har ikki jamoa ham o'tgan turda 3:0 hisobida mag'lub bo'lgandi. SHu bois ertangi bahsda jamoalar ochko yo'qotmaslikka urinishi aniq. Mezbonlarda g'alabaga bo'lgan imkoniyat nisbatan yuqori. Lekin g'ijuvonliklar ham qarab turmaydi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Toshkentda kechgan uchrashuvda “Lokomotiv-BFK” ertangi raqibi bo'lmish “G'ijduvon2ni 6:1 hisobida taslim etgandi.  

“Oq-tepa” – “Nurafshon”. Imkoniyatlar 50x50.
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvidir. Ushbu jamoalar tarixda birinchi bor to'qnash kelmoqda. Har ikkisi ham o'tgan tuda 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Ertangi o'yinda bu qaysi jamoaga qanday tasir qilishini vaqt ko'rsatadi.


Islombek Rustambekov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика