So’nggi yangiliklar

12:34Раульнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  2 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  14 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  0 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  4 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  12 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  28 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1 02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  11 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  4 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2

Birinchi liga. 3-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 3-tur statistikasi

25-26 avgust kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 3-tur o'yinlari o'tkazildi.
Bugun esa navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi. Odatimizga ko'ra, bo'lajak bahslar oldidan ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

O'YINLAR
* Mazkur turda rejaga ko'ra 8ta o'yin bo'lib o'tdi.
* 3ta o'yinda mezbonlar g'alaba qozongan.
* “SHo'rtan”, “SHerdor” va “Alanga” ushbu turda o'z hisobiga uch ochkodan yozdirib qo'yishdi.
* 3ta bahsda esa durang qayd etilgan.
* “Orol” – “NBU-Osiyo” (2:2), “G'allakor-Avtomobilchi” (2:2), “Zomin” – “UzDongJu” (0:0).
* 2ta o'yin mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlangan.
* “Qo'qon-1912” va “Oq-tepa” safarda muvaffaqiyat qozongan jamoalar bo'ldi.

GOLLAR
* Mazkur turda kiritilgan umumiy gollar soni 24tani tashkil etdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
* Kiritilgan gollarning 12tasi mezbonlarga tegishli.
* Tabiiyki qolgan 12ta to'p esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 10ta gol kiritildi.
* Ikkinchi taymda esa yana 14ta gol kuzatildi.
* 3-turda dublga erishgan futbolchilari soni 4tani tashkil etdi.
Farhod SHokirov (“Xotira-79”)
Otabek Haydarov (“Qo'qon-1912”)
Alisher Fayzullaev (“SHerdor”)
E.Rahmonqulov (“G'allakor-Avtomobilchi”)
* O'yinlarni boshqarib borgan hakamlar jami 4ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
E.Rahmonqulov (“G'allakor-Avtomobilchi”), Javohir Ashurov (“Alanga”), Islom Karimov (“Paxtakor-2”), Nurlibek Talasboev (“Orol”)
* O'z darvozasiga kutilmaganda gol kiritib yuborgan futbolchi “SHo'rtan” azosi Islom Karimov bo'ldi. “Obod”ga qarshi bahsda kutilmaganda Karimov o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan. Lekin shunga qaramay g'uzorliklar 3:2 hisobida g'alaba qozongan.  


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 3-turning jami 8ta o'yinida hakamlar 38 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siylagan”.
* Har bir bahsga o'rtacha, 4,75tadan ogohlantirish demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, mazkur tur haqiqiy janglar ostida o'tgan.
* 15ta sariq kartochka mezbon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan
* Qolgan 23ta ogohlantirish mehmon jamoa azolari tomon ko'rsatilgan
* SHuningdek maydonni barvaqt tark etgan o'yinchilar ham uchradi. Hakamlar jami 7ta qizil qartochka ko'rsatdi.
* Mezbon jamoalarning 3ta o'yinchisi bahsni muddatidan oldin tark etishga majbur bo'lgan.
* Mehmonlardan esa 4ta o'yinchi chetlatilgan.
* Eng qo'pol o'yin “Zomin” – “UzDongJu” (0:0) bo'ldi. Bosh hakam Igor Gormashov shu kuni jami 6 nafar o'yinchini sariq bilan “siylab”, 4ta o'yinchini maydondan chetlatgan.
* Turning eng intizomsiz jamoasi ham aynan Andijonning “UzDongJu” jamoasi bo'ldi. 4 sariq va 2ta qizil kartochka!
* Aksincha eng tartibli o'yin namoyish etgan “Mashal-2” futbolchilariga birorta ham kartochkacha ko'rsatilmagan.

MUXLISLAR
* Turning 8ata o'yiniga jami 13030 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.
* Har bir bahsga o'rtacha, 1628ta muxlis demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin kirgan o'yinlar “Zomin” – “UzDongJu” (0:0) va “Orol” – “NBU-Osiyo” (2:2) bo'ldi. Har ikkala bahsga ham bir xil, 3215ta ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Bu borada aksincha natija qayd etgan jamoa “Mashal-2” bo'ldi. Muborakda “Qo'qon-1912”ni qabul qilgan bu jamoaning o'yiniga atiga 78 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Zomin – Uz-Dong-Ju – 0:0. 3215 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Xotira-79 – 2:2. 2438 tomoshabin.
Xorazm – Oq-tepa – 0:1. 2005 tomoshabin.
Orol – NBU-Osiyo – 2:2. 3215 tomoshabin.
SHo'rtan – Obod – 3:2. 1812 tomoshabin.
Mashal-2  – Qo'qon-1912  – 0:3. 78 tomoshabin.
SHerdor – Istiqlol – 3:1. 135 tomoshabin.
Alanga – Paxtakor-2 – 2:1. 132 tomoshabin.

Ikkinchi bosqich, 3-turdan keyingi vaziyat

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Ochk

1

SHo'rtan

17

15

1

1

58 - 9

49

46

2

Qo'qon-1912

17

12

2

3

36 - 17

19

38

3

Oq-tepa

17

10

3

4

42 - 27

15

33

4

Obod

17

10

1

6

29 - 22

7

31

5

Zomin

17

8

4

5

27 - 18

9

28

6

NBU-Osiyo

17

8

3

6

34 - 27

7

27

7

UzDongJu

17

8

1

8

27 - 25

2

25

8

Mashal-2

17

7

3

7

14 - 24

-10

24

9

Xorazm

17

6

4

7

20 - 23

-3

22

10

Paxtakor-2

17

6

3

8

29 - 34

-5

21

11

Alanga

17

6

3

8

19 - 29

-10

21

12

Orol

17

5

4

8

14 - 20

-6

19

13

Xotira-79

17

5

3

9

20 - 29

-9

18

14

SHerdor

17

4

4

9

11 - 29

-18

16

15

Istiqlol

17

4

0

13

32 - 47

-15

12

16

G'allakor Avtomobilchi

17

1

3

13

15 - 47

-32

6


 4-TURDA UCHRASHADILAR
28 avgust (payshanba)
“Zomin” – “Xotira-79”
“Orol” – “Oq-tepa”
“Xorazm” – “NBU-Osiyo”
“Mashal-2” – “Obod”
“SHo'rtan” – “Qo'qon-1912”
29 avgust (juma)
“Alanga”– “Istiqlol”
“SHerdor” – “Paxtakor-2”

“G'allakor-Avtomobilchi” – “UzDongJu” uchrashuvi o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика