So’nggi yangiliklar

00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  12 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  4 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  8 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1

Birinchi liga. 16-tur yakunlari Yangiliklar

Birinchi liga. 16-tur yakunlari

Kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga 16-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida 16-tur statistikalari bilan tanishtirib o'tamiz.


16-turda qayd etilgan natijalar

NBU-Osiyo (Toshkent) – Surxon (Termiz) 0:3 

Yangier (Yangier) – Nasaf-2 (Qarshi) 2:1 

Zomin (Zomin) – Xorazm (Urganch) 2:0

G'allaorol (G'allaorod)  – Orol (Nukus) 1:2

Xotira-79 (Uychi) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) 3:5

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Norin (Xoqqulobod) 4:4 

Cementchi (Kuvasoy) – Mashal-2 (Muborak) 3:0 

Uz-Dong-Ju (Andijon) – Nurafshon (Buxoro) 5:1 

Istiqlol (Farg'ona) – Andijon (Andijon) 1:1 


Turning muhim voqealari

-  Ushbu turda darvozalarga jami 38ta to'p kiritildi: 17ta gol mehmonlar hisobiga yozilgan bo'lsa 21ta gol mezbonlar hisobiga yozib qo'yildi.

-  Ushbu turda eng ko'p gol Xotira-79 (Uychi) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) 3:5, Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Norin (Xoqqulobod)4:4 o'rtasidagi uchrashuvlarda kuzatildi.

-  Dubl qayd etgan futbolchilar: A. Abduraxmanov (4, 6), G. Jo'raev (3 penaltidan, 32),  B. Maxtiraliev (89, 90 + 2), R. Meliboev (26, 48 – ikkisi ham penaltidan), O. Komilov (60, 76 - ikkisi ham penaltidan).

-  Ushbu turda hech kim xet-trik qayd etmadi.

-  Bu turda eng ko'p sariq kartochka Istiqlol (Farg'ona) – Andijon (Andijon) – 1:1 o'rtasidagi uchrashuvda ko'rsatildi 7ta.

-  Qizil kartochka olib maydonni tark etgan futbolchilar: E. Otakulov(“Nasaf-2”), N. Sidabullaev (“Lokomotiv-BFK”), A. Maxmudov (“UzDongJu”). 

- PFLga taqdim etilgan qaydnoma bo'yicha eng ko'p muxlis Cementchi (Quvasoy) – Mashal-2 (Muborak) jamoalari o'rtasida kuzatildi 3521.

-  Eng kam muxlis Uz-Dong-Ju (Andijon) – Nurafshon (Buxoro) o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi 32ta.



  Qiziqarli malumotlar

- Oliy liga hakami Hasan Ro'ziev boshqargan uchrashuvda "Andijon" g'alaba qozona olmadi. Takidlash kerakki ushbu turda "Andijon"ni maydonga Usmon Toshev bosh murabbiy sifatida boshlab tushdi. Bundan avvalgi 15-turni “Andijon” jamoasi o'tkazib yuborgan edi. Bu turda andijonliklar safarda Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va safardan 1 ochko bilan ortga qaytdi. Bir necha turdan beri “Andijon” o'ziga o'xshamay harakat qilmoqda. Ushbu jamoadan muxlislar istagan natijani kutishmoqda. O'xshab qolsa g'alaba qozonadi ishlari yurishmay qolsa mag'lubiyatga uchraydi. Turnir peshqadamida borayotgan Quvasoyning “Cementchi” klubi avvalgi turda o'ziga xos sensaciya qayd etdi. Yani o'z uyida Buxoroning “Nurafshon” jamoasini yirik 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ishtaxa tanavvul paytida keladi deyishganidek quvasoyliklar bu turda ham raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi 3:0. Toshkentning “Lokomotiv-BFK” klubi o'z uyida Haqqulobodning “Norin” jamoasini qabul qildi va jamoalar murosa yo'lini tanlashdi 4:4. Ushbu bahsda “temiryo'lchilar” avvaliga hisobda oldinda borayotgan edi. Ammo “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi N. Sidabullaev hakam tomonidan chetladilganidan so'ng toshkentliklar raqib darvozasini 1 marotaba ishg'ol qildi va o'z darvozalaridan 3ta to'p o'tkazib yubordi. Toshkentning boshqa bir jamoasi “NBU-Osiyo” bundan avvalgi turda Qarshining “Nasaf-2” klubini o'z uylarida 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu safar esa Termizning “Surxon” klubiga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Buxoroning “Nurafshon” jamoasi o'tgan safar “Cementchi”ga yirik 0:10ga mag'lub bo'lgan bo'lsa bu turda Andijonning “UzDongJu” jamoasiga yirik 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi liga bahslarida muxlislar jamoalardan har qanday natija kutishmoqda.


Muxlislar tashrifi

“Cementchi” – 3521

“G'allaorol” – 802

“Yangier” – 502

“Xotira-79” - 315

“Lokomotiv-BFK” – 177

“Istiqlol” – 152

“Zomin” – 96

“NBU-Osiyo” – 53

“UzDongJu” – 32


16-turda gol urgan futbolchilar


“Surxon” - A. Abduraxmanov (2ta), S. Baratov.

“Yangier” - U. Bobonazarov, N. Davlyatov (2ta)

“Nasaf-2” - SH. Erkinov

“Zomin” - G. O'daev, D. Toshmatov.

“Orol” - G. Davletaliev, T. Turdiev.

“G'allaorol” - D. Ibadullaev

“Yozyovon-L” - D. Dadaboev, U. Xoshimov, I. Nazirov, B. Maxtiraliev (2ta).

“Xotira-79” - G. Jo'raev (2ta), F. SHokirov

“Lokomotiv-BFK” - D. Qodirov, O. Xakimov, S. Gulyamov, X. Sotvoldiev

“Norin” - Akbarov, S. Safarov, D. Ismailov, E. Ergashev.

“Cementchi” - R. Meliboev (2ta), S. Toshpo'latov

“UzDongJu” - A. Maxmudov, SH. Odiljonov, O. Komilov (2ta), D. Farxodov

“Istiqlol” - K. Xoliqov

“Andijon” – M. Abdumajidov


16-turda sariq kartochka olgan futbolchilar


“NBU-Osiyo” - S. Sindarov, R. To'xtanazarov

“Surxon” - S. Allaev, A. Muradov

“Yangier” - A. Tursunkulov, M. Toshev,

“Nasaf-2” - E. Otakulov, N. Izzatullaev, D. Berdiqulov

“Zomin” - U. Nabiev

“Xorazm” - T. Bekchanov, A. Toshpulatov, M. Raximberganov, T. Ismoilov, Z. Raupov.

“G'allaorol” - X. Davronov, K. Norkuziev, M. Xoshimov

“Orol” - O. SHamshetov

“Xotira-79” - S. Toshpo'latov, SH. Karimov  

“Yozyovon-L” - M. Qosimov, D. Saidov, U. Olimov

“Lokomotiv-BFK” - N. Sidabullaev, O. Xakimov, SH. Mo'minov, D. Baxromov, D. Qodirov

“Norin” -D. Iskandarov

“Cementchi” - S. Sotivoldiev, SH. Abbasov, O. Maxmudov

“Mashal-2” - X. Olimjanov, T. Abduraxmanov, SH. Ubaydullaev

“UzDongJu” - U. Ismonaliev, A. Maxmudov

“Nurafshon” - B. Jo'raev

“Istiqlol” - Boyqo'ziev, X. Xoliqov, A. Madaliev, M, Fozilov

“Andijon” - B. Qosimov, K. Muxamedjanov, F. SHotursunov


17-turda quyidagi jamoalar to'qnash kelishadi

“Istiqlol” – “NBU-Osiyo”

“Andijon” – “Yangier”

“Nasaf-2” – “Zomin”

“Surxon” – G'allaorol”

“Orol” – “Xotira-79”

“Xorazm” – “Lokomotiv-BFK”

“Norin” – “Cementchi”

“Yozyovon-L” – Uz-Dong-Ju

“Nurafshon” – “Mashal-2”


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика